2-Laboratoriya ishi
Mavzu: Relyatsion MBni loyihalash.
Ishdan maqsad: Ma`lumotlar bazasini relyatsion modeli uchun jadvallar tizimini ishlab chiqishni o`rganish va ob`yektlarni bog`lanish munosabatlarini tahlil qilish.
Masalani qo`yilishi: Berilgan predmet soha ma`lumotlar bazasidagi barcha ob`yektlarni relyatsion modelini ishlab chiqish.
Uslubiy ko`rsatmalar: Ma`lumotlar bazasini relyatsion modelini qurishda bog`lanish munosabatlari muhim ahamiyatga ega. Aslida ma`lumotlar bazasi munosabatlarga qarab ob`yektlari bog`laydi. Asosan ma`lumotlar bazasida quydagi munosabatlar mavjud:
Birga – bir (1:1)munosabat. A va V ob’ektlar to‘plami orasida 1:1 munosabat o‘rnatilgan deyiladi, agarda A ob’ektning har bir nusxasiga V ob’ektning bitta nusxasi mos kelsa, va aksincha, V ob’ektning har bir nusxasiga A ob’ektning bitta nusxasi mos kelsa.
Birga – ko‘p (1:n) munosabat. A va V ob’ektlar to‘plamida A ob’ektning har bir nusxasiga V ob’ektning bir nechta nusxasi mos kelsa, shu bilan birga V ob’ektning har bir nusxasiga A ob’ektning bittadan ko‘p bo‘lmagan nusxasi mos kelsa shunday munosabat hosil bo‘ladi.
Ko‘pga – bir (n:1) munosabat A va V ob’ektlar to‘plami orasida o‘rnatilsa, unda A ob’ektning har bir nusxasiga V ob’ektning ko‘pi bilan bitta nusxasi mos keladi. V ob’ektning nushalari orasida shundaylari mavjudki, ularga A ob’ektning bir nechta nusxasi mos keladi.
Ko‘pga – ko‘p (m: n) munosabat. A va V ob’ektlar orasida shunday munosabat o‘rnatilgan deyiladi, agarda A ob’ektning har bir nusxasiga V ob’ektni bir nechta nusxasi mos kelsa va aksincha.
Yuqoridagilarga tayangan holda obyektlarni yaratib olamiz (PS bo`yicha).
“IMTIXON” predmet sohasining jadvallari
№
|
Ob`yektlar
|
1
|
Abiturent
|
2
|
Imtihonlar
|
3
|
Ballar
|
jadval.
Abiturent jadvali.
Bu ob`yektda boshqa bir ob`yekt bilan bog`lanishi uchun Raqam ustuni mavjud. Ob`yektlarni raqamlar orqali bog`lash maqsadga muvofiqdir.
jadval.
Imtihonlar jadvali.
Bu ob`yekt “Imtihon_ID” atributi orqali Ballar ob`yektiga bog`lanadi
2.3 Jadval.
Ballar jadvali.
Bu ob`yekt “Abiturent_ID” atributi orqali Abiturent ob`yektiga bog`lanadi
Topshiriq: Har bir talaba o’ziga berilgan predmet soha bo’yicha ma’lumotlarning relyatsion modelini yaratishi kerak.
Dostları ilə paylaş: |