1. Laboratoriya ishini bajarishga tayyorgarlik.
1.1. YaD – n va p- turli o’tkazuvchanlikka ega bo’lgan ikkita yarim o’tkazgichlar kontaktidan iborat bo’lgan hamda bir tomonlama o’tkazuvchanlikka ega bo’lgan elektron asbob. YaD VAXsi 2.1-rasmda keltirilgan. Bu erda 1- nazariy xarakteristika, 2- real abob xarakteristikasi (bu xarakteristika YaDning yarim o’tkazgich strukturasidagi hajmiy qarshilikni va tashqi kontaktlar qarshiligini, YaDdan tok oqib o’tganda undan ajralib chiqayotgan qo’shimcha issiqlikni va x.z.larni hisobga oladi).
1.2. Real yarimo’tkazgichli diod VAXsi 2.1- rasmda keltirilgan. Punktir chiziq bilan quyidagi tenglamaga mos keluvchi ideal VAX ko’rsatilgan:
(2.1)
T=300 Kda UT=26 mV.
2.1-rasm
Xarakteristikalar yarimo’tkazgichli diod asosiy xossalarini namoyon etadi. Ochiq holatda yarim o’tkazgichli dioddan ma'lum miqdorda to’g’ri tok ( ) oqib o’tadi; bu holat yarim o’tkazgichli diodga to’g’ri kuchlanish berish natijasida ta'minlanadi:
Berk holatda yarim O’tkazgichli dioddan juda kichik teskari tok ( ) oqib o’tadi. Bu tokning qiymati germaniyli diodlarda 10-5 – 10-6A, kremniyli diodlarda esa 10-9 – 10-12A tartibga ega. Yarimo’tkazgichli diodning berk holati unga teskari kuchlanish berish natitijasida amalga oshiriladi:
2.1-rasmdan ko’rinib turibdiki, real yarimo’tkazgichli diod VAXsining to’g’ri shohobchasi nazariy xarakteristikaga nisbatan bo’sag’aviy kuchlanish qiymati bilan ifodalanadigan sezilarli to’g’ri tok yuzaga keladigan ancha yuqori to’g’ri kuchlanish sohasiga siljigan. Germaniyli diodlarda V, kremniyli diodlarda - V. bo’lganda VAX to’g’ri shohobchasining egilishi diod baza sohasining qarshiligi bilan aniqlanadi.
Yarimo’tkazgichli diod VAXsiga tashqi muhit temperaturasining ta'siri 2.2-rasm bilan tushuntiriladi. Temperatura ortganda to’g’ri va teskari tok ortadi.
2.2- rasm
Yarimo’tkazgichli diodga temperatura ta'sirini hisobga oladigan asosiy parametrlar bo’lib quyidagilar hisoblanadi:
Kuchlanishning temperaturaviy koeffitsinti t
(2.2)
va teskari tokni e martaga o’zgarishiga mos keluvchi temperatura t* :
(2.3)
1.1. Yarimo’tkazgich stabilitronning VAXsi 2.3 a-rasmda, uning elektr sxemalarda shartli belgilanishi esa 2.3 b-rasmda ko’rsatilgan.
a) b)
2.3-rasm
Stabilitron VAXsi teskari shahobchasining Ust.min-Ust.max kuchlanish qiymatlari oralig’i elektr teshilishga (odatda ko’chkisimon) tegishli. Teshilish rejimida teskari kuchlanishning juda oz miqdorda o’zgarishi teskari tokni kuchli o’zgarishiga olib keladi.
Stabilitronning bu hususiyatidan sxemotexnikada kuchlanishni barqarorlashda keng qo’llaniladi.
1.2. Kuchlanishni barqarorlash rejimida stabilitron VAXsi chiziqli funktsiya bilan approksimatsiyalanadi:
(3.1)
bu erda RD - parametri kuchlanishni barqarorlash rejimidagi diodning differentsial qarshiligini, UB - parametri esa, kuchlanishning bo’sag’aviy qiymatini ko’rsatadi.
1.3. Keng ko’llaniladigan stabilitronlarning ba'zi elektr parametrlarining ro’yxati:
δUst - barqarorlash kuchlanishi;
Ust - barqarorlash kuchlanishning vaqt bo’yicha nost
Dostları ilə paylaş: |