15-shakl XAY koordinat sistemasida aylantirilgan harakatni Si sharnir markazi holatini aniqlovchi vektorlar yig‘indisining uchta holatida tasvirlaymiz.
Birinchi holat uchun vektorni x koordinatasida joylashtiramiz. Bu vektorni oxiridan vektor yo‘nalishida burchak ostida vektorni joylashtirib C1 nuqtani holatini aniqlaymiz.
Ikkinchi holat uchun vektorni yo‘nalishida burchakka buramiz. D nuqtadan vektorga burchak ostida vektorni joylashtirib C2 nuqtaning holatini topib olamiz.
Uchinchi holat uchun ham yuqoridagidek va burchak koordinatalari bo‘yicha vektorlar kesishgan C3 nuqta holatini aniqlaymiz. B sharnir 1 va 2 bo‘g‘inlarni birikishidan hosil bo‘lgan nuqta bo‘lib u harakatni xayolan teskarisiga aylantirishda qo‘zg‘almas bo‘lib qoladi. C sharnir bo‘g‘in 2 orqali B sharnir bilan bog‘langanligi sababli Ci nuqta markazi B nuqta bo‘lgan radiusli aylanada yotadi. Ci nuqtaning uch holati orqali o‘tadigan aylananing markazi B nuqtani aniqlash uchun topilgan C1, C2 va C3nuqtalardan foydalanib C1C2 va C2C3 to‘g‘ri chiziqlarni chizib olib ularni o‘rtasidan o‘tkazilgan perpendikulyarlar kesishgan nuqta biz izlayotgan B nuqta bo‘ladi. Bu chizmani qurish natural ( ) o‘lchamda amalga oshiriladi. Chizmadagi kesmalar bo‘g‘inlari quyidagi o‘lchamga mos keladi
burchak esa – bo‘g‘in 1 ning boshlang‘ich burchak koordinatasi.
Krivoship-polzunli mexanizmni loyihalashda ham chizmani qurish xuddi shunday (16-shakl) amalga oshiriladi. Bunda Ci nuqtaning uchta holati uchun ham vektorlar orasidagi burchak 90o ga teng vektorlar yig‘indisi orqali aniqlanadi.
16-shakl
Grafik usulning asosiy ustunligi uning soddaligi va ko‘zga yaqqol tashlanishidir. Kamchiligi esa uning aniqligining pastligidir, perpendikulyarlar orasidagi burchakning kichikligi usulni aniqligini yana ham kamaytiradi.