Krivoship-polzunli mexanizm moduli (18-shakl) ikkita stoyka o‘rnatilgan asosdan tuzilgan bo‘lib, chap stoykada joylashgan A sharnirda bo‘g‘in 1, o‘ngida esa plastinka 5 o‘rnatilgan. Vint 4 ni aylantirib plastinka 5 ni vertikal bo‘yicha harakatlantirib ekssentrisitet e ni berilgan qiymatda to‘xtatish va mahkamlash mumkin. Ekssentrisitet kattaligini o‘ng stoykada o‘rnatilgan mm li shkala yordamida o‘lchanadi. 1 va 2 bo‘g‘inlarni uzunliklarini mos ravishda va gacha, ekssentrisitet e ni esa gacha oraliqda o‘zgartirishi mumkin. Krivoshipning burchakli koordinatasi burchak graduslari ko‘rsatilgan shkala 7 orqali o‘lchanadi. Polzun 3ni C nuqtasining ko‘chishi plastinka 4da o‘rnatilgan mm larga bo`lingan shkala yordamida o‘lchanadi.
18- shakl
3.8. Berilgan funksional bog‘lanish aniqligini tajriba usuli bilan baholash Mexanizmning berilgan HF ni tajriba yo‘li bilan aniqligini baholash deganda uni aproksimatsiyalash aniqligini baholash emas, balki HF ga modelning bo‘g‘inlar o‘lchamlarining xatoliklari va kinematik juftlardagi zazor (tirqish) larning talab etilgandan ortiqchaligi ta’sirini baholash tushuniladi.
Shu sababli berilgan HF ning qanchalik to‘g‘ri ifodalanganligini aniqlash uchun kirish bo‘g‘inining uchta boshlang‘ich holatlari uchun HF ni qanchalik aniqligini tekshiramiz. Modelning bo‘g‘inlari o‘lchamlarini berilgan va hisoblangan bo‘g‘inlar o‘lchamlari bilan almashtiramiz. Mexanizm modeli harakatlanganda uni chiqish bo‘g‘inining – haqiqiy burchak koordinatasi uning shkalasiga to‘g‘ri keladi deb hisoblab (indekslar j =1, 2, 3– qayta o‘lchashga, k =1, 2, 3 – kirish bo‘g‘inining yangi holatlarini bildiradi) mexanizm modelining kirish bo‘g‘iniga chiqish bo‘g‘inining berilgan holati ga mos keluvchi burilish burchak koordinatani o‘rnatamiz. Har bir o‘lchashni boshlashdan oldin model bo‘g‘inlarining o‘lchamlarini yangidan sozlash maqsadga muvofiq bo‘ladi. Ketma-ket o‘tkazilgan o‘lchashlardan aniqlangan tasodifiy sonlar jadvali tajriba jurnalining mos keluvchi jadvalining hisoblash ustunida raqamlar bilan ko‘rsatilgan. Chiqish bo‘g‘inining mos berilgan va o‘lchangan holatlari mexanizm modelining berilgan HF ga mos kelish aniqligini baholab beradi. Buning uchun berilgan va o‘lchanganlar orasidagi - matematik farqni, – o‘rtacha kvadrat og‘ishni va – ulrning o‘rtacha farqini hisoblash kerak bo‘ladi.