2-laboratoriya mashg’ulotlari Boshqaruvchi dasturning strukturasi



Yüklə 469,68 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/4
tarix12.10.2023
ölçüsü469,68 Kb.
#154670
  1   2   3   4
2-laboratoriya mashgulotlar



199 
2-laboratoriya mashg’ulotlari 
Boshqaruvchi 
dasturning 
strukturasi.
Boshqaruvchi dastur ISO-7 bit kodida shunday 
tuziladiki, bunda ketma-ket joylashgan kadrlarda faqat 
bundan oldingi kadrdagiga nisbatan o‘zgaradigan 
geometrik, texnologik va yordamchi axborot yoziladi. 
Natijada mazkur kadrga yozilgan komandalar navbatdagi 
kadrlarda takrorlanmaydi. Ular shu guruhdagi boshqa 
komanda yoki maxsus bekor qilish komandasi bilan 
bekor qilinadi. Bu boshqaruvchi dasturni uzunligi 
o‘zgaruchan kadrga yozishga imkon beradi.
Dastur 
tashigichning 
strukturasi 
12-rasmda 
ko‘rsatilgan.
3-rasm. Dastur tashigichning strukturasi:
1 va 
19- rakkord: 2 va 12 kommentariy; 3 – yozuv 
o‘chirgichlar; 4 – dastur boshi; 5 – boshqaruvchi dastur 
nomeri; 6, 13 va 16 – kadr oxiri; 7 – asosiy kadr; 8 – 
qo‘shimcha kadr; 9- asosiy kadrni chiqarib tashlash; 10 – 
qo‘shimcha kadrni chiqarib tashlash; 11 – yordamchi 
dastur (podprogramma)ga murojaat qilish; 14 – kadrlar 
o‘rtasidagi oraliq; 15 – dastur oxiri; 17 – boshqaruvchi 
dasturlar o‘rtasidagi oraliq; 18 – dastur tashigich oxiri. 
Boshqaruvchi dastur % – «Dastur boshi» simvoli bilan boshlanadi. Keyin PS 
(LF) – «kadr oxiri» simvoli kelishi kerak. % simvolli kadr raqamlanmaydi. 
Raqamlash keyingi kadrdan boshlanadi. Boshqaruvchi dastur, agar zarur 
bo‘lsa,bevosita % («Dastur boshi») simvolidan keyin PS («Kadr oxiri») simvolidan 
oldin belgilanadi. Masalan, % 12 PS boshqaruvchi dasturning raqami 12 ekanligini 
bildiradi. Agar simvollar guruhi stanokda ishlanmaydigan bo‘lsa, bu guruh yumaloq 
qavs ichiga olinishi kerak. Qavslar ichida % va: («Asosiy kadr») simvollari 


200 
bo‘lmasligi kerak.Boshqaruvchi dastur M02 – «Dastur oxiri» yoki «Axborot oxiri» 
simvoli bilan tugallanishi lozim. Perfotasma boshida va oxirida, shuningdek, 
boshqaruvchi dasturlar o‘rtasida perfotasmani o‘qish qurilmasiga kiritilish uchun 
rakkordlar (PUS simvollari) qoldiriladi. 
PUS simvolidan keyin % simvoligacha tavsiflar yozish mumkin. Tavsif matnida 
chizmaning raqami, detalning nomi, RDB stanok modeli, texnolog-dasturchining 
familiyasi, sana va h.k lar ko‘rsatiladi. 

Yüklə 469,68 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin