2-laboratoriya mashg’ulotlari Boshqaruvchi dasturning strukturasi


Boshqaruvchi dastur kadrlarida so‘zlarni yozish



Yüklə 469,68 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/4
tarix12.10.2023
ölçüsü469,68 Kb.
#154670
1   2   3   4
2-laboratoriya mashgulotlar

Boshqaruvchi dastur kadrlarida so‘zlarni yozish.
Boshqaruvchi dastur 
kadridagi har bir so‘zda manzil simvoli, zaurur bo‘lganda «Plyus» va «Minus» 
matematik ishoralar, raqamlar tartib-navbati bo‘lishi lozim. raqamlar o‘nli 
ishoradan foydalanmasdan yoki foydalanib yozilishi mumkin. Keyingi holda 
ishoradan oldin va (yoki) keyin turgan ahamiyatsiz nollar tushiriib qoldirilishi 
mumkin, masalan: X o‘qi bo‘ylab 0,75 mm va 348,0 mm o‘lchamlarni X+75 va 
X+348 (butun sonlarda o‘nli ishora qo‘yilmaydi) kabi yozish mumkin. 
Raqamlarni o‘nli ishoradan foydalanmasdan yozganda (uning borligi faraz 
etiladi) axborot sonini qisqartirish maqsadida birinchi ahamiyatli raqam oldida 
turgan nollarni (etakchi nollarni) yoki oxirgi nollarni tushirib qoldirish mumkin. 
Masalan, X o‘qi bo‘ylab 349,4 mm o‘lchamni raqamning butun sonli qismi besh 
xonali, kasr qismi uch xonali bo‘lganda quyidagicha yozish mumkin: X+00349400 
(to‘liq yozish), X+349400 (etakchi nollarni yozmasdan) va X+003494 (oxirgi 
nollarni yozmasdan) ko‘rsatish mumkin. Ikkinchi va uchinchi hollarda raqamli 
xonalari kichik va katta xonalardan boshlab aniqlanadi.
YUqorida qayd etib o‘tilganidek, o‘lchamli siljishlar mutlaq qiymatlarda yoki 
ortirmalar bilan yozilishi mumkin. Boshqaruvchi dasturdagi tayyorlanish 
funksiyalariga qarab aniqlanadi: G90 funksiyasi o‘lchamni mutlaq qiymatlarda
G91 funksiyasi esa o‘lchamning ortirmalarida berilganini bildiradi. Masalan, X o‘qi 
bo‘ylab 102,3 mm ga va Y o‘qi bo‘ylab 94,8 mm ga tez siljishni (G00) mutlaq 


202 
o‘lchamlarda: G90G00X+102,3Y+94,8 kabi yozish mumkin. «O‘lchamli siljishlar» 
so‘zidagi «Plyus» ishorasini ba’zi RDB qurilmalarida tushirib qoldirish ruxsat 
etiladi. 
Burchakli o‘lchamlar boshqaruvchi dasturlarda radian yoki graduslarda 
ifodalanadi. Burish stollari uchun burchakli o‘lchamlar aylananing o‘ndan bir 
ulushlarida yoziladi. 
Surish funksiyalari (F va E simvollari) surish tezligini aniqlaydi. Surish tezligi 
von bilan kodlanadi. Bu sondagi xonalar miqdori konkret RDB qurilmasining 
shakltida ko‘rsatiladi. Surish turi tayyorlanish funksiyalari: G93- G95 «Har 
aylanaga surish» funksiyalarini topshirish yo‘li bilan belgilanadi. Masalan, keskich 
bilan Z koordinata bo‘ylab 83,4 mm mutlaq o‘lchamgacha 0,45 mm/ayl tezlikda 
surib ishlov berishni quydagicha: G90G01G95Z+83,4F.45 yozish mumkin. 
Asosiy harakat funksiyasi (S simvoli) asosiy harakat tezligini aniqlaydi. Bu 
funksiya surish tezligi kabi son bilan kodlangan. Bu sondagi xonaldar miqdori 
konkret RDB qurilmasi shakltida ko‘rsatiladi. Mazkur funksiya quydagi 
tayyorlanish funksiyalarini: G96-«O‘zgarmas kesish tezligi» va G97-«Minutiga 
aylanadi» ni aniqlab beradi. 
Asbob funksiyasi (T simvoli) asbobni tanlashda qo‘llaniladi. Ba’zi RDB 
qurilmalarida mazkur funksiyadan asbobni to‘g‘rilash (yoki eyilish o‘rnini qoplash) 
uchun ham foydalaniladi. Bu holda u ikki guruh raqamlardan tuziladi. 
Raqamlarning birinchi guruhidan asbobni tanlashda, ikkinchi guruhidan esa, uni 
to‘g‘rilashda foydalaniladi. Boshqa RDB qurilmalarida asbobni to‘g‘rilash (yoki 
eyilishni qoplash) funksiyalarini yozishuchun D yoki H simvollardan foydalanish 
tavsiya etiladi. 
T, D va N simvollaridan keyin keladigan raqamlar soni konkret RDB 
qurilmasining shakltidako‘rsatiladi. 
SHunday qilib, so‘zlarning kadrda joylashish tartibi va har qaysi so‘zning 
strukturasi ayrim holda kadr shaklti bilan aniqlanadi. Kadr shaklti esa RDB 
qurilmasining turiga bog‘liq. Misol uchun quyida shaklt yozuvini keltirish mumkin: 
%: /DSN03G2X + 053Y + 053Z + 053F031S04T05M2LF. 


203 
Ko‘rsatilgan shakltli RDB qurilmasi % («Dasturning boshlanish»), : («Asosiy 
kadr»), / «Kadrni o‘tkazib yuborish» va DS (ochiq o‘nli vergul) simvollarini qabul 
qiladi. G va M manzilli so‘zlardan boshqa barcha so‘zlarda etakchi nollarni tushirib 
qoldirish mumkin (buni xonalar miqdori oldidagi 0 raqamining borligiga qarab 
bilish mumkin, masalan, N03, X + 053, F031 va h.k.). 
Mazkur shakltda N03 kadr nomeriga uch xona ajratilgan, etakchi nollarni 
tushirib qoldirish mumkin ekanligini, ya’ni boshqaruvchi dasturdan №1 dan №999 
gacha kadrlar bo‘lishi mumkin ekanligini bildiradi. 
Navbatdagi G2 yozuvchi tayyorlanish funksiyasining nomeriga ikki xona 
ajratilgan va etakchi nollarni tushirib qoldirish mumkin emas, ya’ni tayyorlanish 
funksiyalari G00 dan G99 gacha bo‘lishi mumkin ekanligini ko‘rsatadi (9.3-
jadvalga qarang). 
SHakltdagi X+053, Y+053 va Z+053 yozuvlar mos holda X, Y, Z o‘qlari 
bo‘ylab «Plyus» va «Minus» ishorali siljishlarni bildiradi. SHunda «Plyus» 
ishoralarini va etakchi nollarni tushirib qoldirish mumkin. Agar bu yozuvlar X±53, 
Y±53 va Z±53 kabi yozilganda edi, u holda «plyus» ishorasini va etakchi nollarni 
tushirib qoldirish mumkin emas edi. Ko‘rsatilgan yozuvlarda birinchi raqam siljish 
qiymatining butun qismiga ajratilgan xonalar soni (besh xona) ni ifodalaydi, 
ikkinchi raqam esa, siljish qiymatining kasrli qismiga ajratilgan xonalar miqdorini 
bildiradi (misolda uch xona ajratilgan). Butun sonni va kasrni ajratish uchun o‘nli 
ishora (nuqta belgisi) dan foydalaniladi. Buni shakltdagi DS simvolidan bilish 
mumkin. Masalan, X o‘qi bo‘ylab musbat yo‘nalishda 1349,27 mm, na Z o‘qi 
bo‘ylab manfiy yo‘nalishda 356,35 mm ga siljish quyidagi ko‘rinishda yoziladi: X 
1349.27 va Z-356.35. Har qaysi o‘q bo‘ylab eng katta siljish 99999, 999 mm ga 
teng.
Navbatdagi F031 yozuvi surish funksiyasi bo‘ladi. Bu erda surish tezligini 
ko‘rsatuvchi qiymatning butun qismiga uch xona, kasr qismiga esa bir xona 
ajratiladi. SHunda etakchi nollarni tushirib qoldirish mumkin. Agar shakltda F3 
yozuvi bo‘lganda edi, bu etakchi nollarni tushirib qoldirish mumkin emasligini, 


204 
surish tezligining qiymati esa uch xonali butun sondan iborat bo‘lishi lozimligini 
bildirgan bo‘lar edi.
SHakltdagi yozuvlar mos holda asosiy harakatning to‘rt xonali funksiyasini 
(S04) asbobning besh xonali funksiyasini (T05), M00 dan M99 gacha bo‘lgan 
yordamchi funksiyalarni va kadr oxiri (LF yoki PS) ni ifodalaydi. 
SNC 
toifasidagi 
RDB 
qurilmasini 
tavsiflovchi 
N3G2X±33Y±33Z±42B32F2S2T2M2LF shaklti uchun kadr misoli 9.4-rasmda 
keltirilgan. Kadr quyidagicha yoziladi: 
N019G50G65X+270534F18S40T27M03LF.
Bu kadr nomeri 19 (N019); freza radiusini X o‘qi 
bo‘ylab (G50) «plyus» ishora bilan hisobga olinsin; 
topshirilgan koordinataga aniq keltirib ishlov berilsin 
(G65); X+270534 koordinataga kesish tezligi S40 bo‘lgani 
holda surish F18 bilan chiqilsin; asbob tayyorlansin (T27); 
shpindel soat milining yo‘nalishi bo‘ylab ishga tushirilsin 
(M03); kadr oxiri (LF) degan ma’nolarni ifodalaydi. 

Yüklə 469,68 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin