2. Mantiqiy masalalarni yechishning asosiy usullari



Yüklə 176,98 Kb.
səhifə13/41
tarix26.12.2023
ölçüsü176,98 Kb.
#197336
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   41
2.Mantiqiy masalalarni yechishning asosiy usullari. - копия (16 files merged)(1)

Tortishlar.
Bu turdagi masalalarni yechish asosida u yoki bu faktni o`rnatish (haqiqiy tangalar ichidan qalbaki tangani aniqlash, massasiga ko`ra yuklarni tartiblash va boshqalar) toshsiz, pallali tarozida amalga oshiriladi.
Ko`p hollarda masala shartida tortilayotgan ob’ektlar sifatida tangalar ishlatilib, talab etilayotgan faktni ko`rsatilgan miqdorda tortishlar bajarib aniqlash, yoki talab etilayotgan faktni o`rnatish uchun eng kam tortishlar sonini aniqlash talab etiladi.
Tangalardan qalbakisini topishga doir masalalar shartida qalbaki tanga massasi boshqa tangalar massasidan yengil yoki og`ir ekanligi ko`rsatilgan
bo`lsa, uni yechishda tortishlar soni kamayadi.
  • masala. Uchta tanganing bittasi qalbaki. Uning massasi boshqa tangalar massasidan yengil. Toshsiz, pallali tarozida bir marta tortish orqali qalbaki tangani qanday aniqlash mumkin?

  • Yechish. Tarozining har bir pallasiga bittadan tanga qo`yamiz. Quyidagi ikki hol bo`lishi mumkin:
    1– hol. Tarozining har bir pallasiga qo`yilgan tangalar bir xil massaga ega. Bu
    holda ularning ikkalasi haqiqiy bo`lib, chetga olib qo`yilgan tanga qalbaki bo`ladi.
    2– hol.Tarozining qaysi bir pallasiga qo`yilgan tanganing massasiy engil bo`lsa, u qalbaki bo`ladi.
  • masala. 9 ta tanganing bittasi qalbaki. Uning massasi boshqa tangalar massasidan yengil. Toshsiz pallali tarozida ikki marta tortish orqali qalbaki

  • tangani qanday aniqlash mumkin?
    Yechish: 9 ta tangani 3 tadan qilib, 3 guruhga ajratamiz. Birinchi tortishda 1- va 2- guruhlardagi 3 tadan tangalarni tarozining har bir pallasiga qo`yamiz. Bunda quyidagi ikki hol bo`lishi mumkin :
    1– hol: Tarozi pallasiga qo`yilgan tangalar bir xil massaga ega. Bu holda ikkala guruhdagi tangalar haqiqiy bo`lib, qalbaki tanga 3 – guruhda bo`ladi.
    2–hol: Agar ular bir xil massaga ega bo`lmasa, u holda qaysi guruhdagi tangalar
    massasi yengil bo`lsa, qalbaki tanga o`sha guruhga tegishli bo`ladi. Ikkala holda ham ikkinchi tortishda qalbaki tangani aniqlash yuqoridagi 1-masala yechimiga keltiriladi.

    Yüklə 176,98 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
    1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   41




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

    gir | qeydiyyatdan keç
        Ana səhifə


    yükləyin