2. Mantiqiy masalalarni yechishning asosiy usullari



Yüklə 176,98 Kb.
səhifə1/41
tarix26.12.2023
ölçüsü176,98 Kb.
#197336
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   41
2.Mantiqiy masalalarni yechishning asosiy usullari. - копия (16 files merged)(1)

    Bu səhifədəki naviqasiya:
  • Javob

2.Mantiqiy masalalarni yechishning asosiy usullari.
Masalalar harakatga, ishga, aralashmaga, konsentrasiyaga, foizga, qismga, vaqtga, savdo-sotiqqa doir va boshqa ko‘rinishlarda bo‘lishi mumkin.
Matnli masalalarni yechishning arifmetik, algebraik, geometrik, mantiqiy, amaliy, jadval, kombinasiyalashgan va boshqa turli usullari mavjud.
Masalani mantiqiy usulda yechishda masala yechimini hisoblashlarni bajarmay mantiqiy mulohazalar yordamida yechish tushuniladi. Umuman olganda har qanday masala ham qaysidir ma’noda mantiqiy fikrlashni talab qiladi. Shunday masalalar borki, ularning yechimini arifmetik amallar yordamida topish qiyin.
Mantiqiy masalalarni yechishda jadvallar, turli xil sxemalar, graflar va boshqa ko’rinishdagi modellashtirishlardan foydalanish mumkin. Quyida ba’zi masalalarni
yechishni ko‘ramiz.
1-masala. Matematikadan o’tkazilgan imtihonda o‘quvchilarning 12%i birorta ham masalani yecha olmadi. 204 ta o‘quvchi masalalarni yechishda xatolikka yo‘l qo‘yishdi. Agar barcha masalalarni to‘liq yechgan o‘quvchilarning masalalarni umuman yecha olmagan o‘quvchilarga nisbati 7:3 kabi bo‘lsa, qancha o‘quvchi imtihon topshirgan?
Yechish: Imtihon topshirgan o‘quvchilarni uch guruhga ajratish mumkin: 1-guruh: birorta ham masalani yecha olmagan o‘quvchilar(-);
2-guruh: masalalarni yechishda xatolikka yo‘l qo‘ygan o‘quvchilar(±); 3-guruh: masalalarni to‘liq yechgan o‘quvchilar(+).
Jadvalda berilganlarni tasvirlaymiz va keying hisoblashlarni bajaramiz.
Nihoyat, 68% i 204 ga teng sonni topamiz: (204:68)∙100=300.
Javob: 300 ta.
2-masala. Sehrli orolda faqat bo‘rilar va quyonlar yashaydi. Ular sehrli xislatlarga ega. Bo‘rilar haftaning seshanba, chorshanba va payshanba kunlari faqat rost gapiradilar, qolgan kunlari esa faqat yolg’on gapiradilar. Quyonlar esa haftaning payshanba, juma va shanba kunlari faqat yolg’on, qolgan kunlari esa faqat rost gapiradilar. Bir kuni Afandi oroldagi daraxt soyasida dam olayotgan bo‘ri va quyonga duch keldi. Ular quyidagi gaplarni aytdilar:
Bo‘ri: kechadan oldingi kun men yolg’on gapirgan edim.
Quyon: shu kuni men ham yolg’on gapirgan edim. Bugun haftaning qaysi kuni?

Yüklə 176,98 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   41




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin