81 ta tanganining bittasi qalbaki. Uning massasi boshqa tangalar massasidan yengil. Toshsiz, pallali tarozida to`rt marta tortish orqali qalbaki tangani qanday aniqlash mumkin?
8 ta tanganing bittasi qalbaki. Uning massasi boshqa tangalar masssasidan og`ir. Toshsiz, pallali tarozida ikki marta tortish orqali qalbaki tangani qanday aniqlash mumkin?
Uchta tangadan bittasi qalbaki va u boshqalardan massasi bilan farqlanadi. Ikki marta toshsiz, pallali tarozida tortish orqali qalbaki tangani qanday aniqlash mumkin?
27 ta tennis to'pi bor. 26 tasi vazni bir xil va 27chisi biroz og'irroq. Pallali tarozida og'ir to'pni topishni kafolatlaydigan minimal tortishlar soni qancha?
To'qqizta qop bor: sakkiztasida qum, bittasida oltin. Oltin qop biroz og'irroq.
Qanday qilib pallali tarozida ikki marta tortish orqali oltin solingan qopni topish mumkin?
O‘yinlar. Quyidagi masalalarda ikkita uyinchi ishtirok etadi. Ular navbat bilan yurish qiladilar. O’yinda yutish yoki yutqazish shartlari ko’rsatilgan. O’yinda boshlagan o’yinchi yutadimi, yoki ikkinchisi-mi? Shuni aniklash talab qilinadi.
1-masala.Ikki o’yinchi navbat bilan 3×3 shaxmat taxtasiga shohlarni
bir-birini urmaydigan qilib qo’yishmoqda. Kim yurish o’yinchi yutqazadi. Kim yutadi?
2-masala. Birinchi uyumda 5 ta tosh, ikkinchisida 7 ta tosh bor. Ikkita o’yinchi navbat bilan tosh olishadi. Bitta uyumdan bitta yoki har bitta uyumdan bittadan tosh olish mumkin. Oxirgi toshni kim olsa, shu o’yinchi yutadi. O’yinda
kim yutadi?
Mustaqil yechish uchun masalalar. 1) Toshlarning uchta uyumi bo’lib, 1-uyumda 5 ta, 2-uyumda 6 ta, 3-sida esa 7 ta tosh bor. Har bir yurishda ixtiyoriy bitta uyumni birdan ko’p toshga ega bo’lgan 2 ta uyumga ajratish mumkin. Kim yurish qila olmasa, shu o’yinchi yutqazadi. Kim yutadi?
qila olmasa, shu
2) Ikki o’yinchi navbat bilan 4×4 shaxmat taxtasiga shohlarni bir-birini urmaydigan qilib qo’yishmoqda. Kim yurish qila olmasa, shu o’yinchi yutqazadi. Kim yutadi?
3) Ikki o’yinchi navbat bilan 5×5 shaxmat taxtasiga shohlarni bir-birini
urmaydigan qilib qo’yishmoqda. Kim yurish o’yinchi yutqazadi. Kim yutadi?
Ikki o’yinchi navbat bilan shaxmat taxtasiga fillarni qo’yishmoqda. Navbatdagi yurishda hech bo’lmaganda bitta “erkin” turgan (hujum ostida qolmagan) katakni egallash lozim. Kim yurish qila olmasa shu o’yinchi yutqazadi. O’yinda kim yutadi?
Aylanada 10 ta nuqta olingan. Har bir yurishda bu nuqtalardan ikkitasini kesma bilan tutashtirish kerak. Bunda o’tkazilgan kesmalar kesishmasligi lozim. Kim yurish qila olmasa, shu o’yinchi yutqazadi. Bu o’yinda kim yutqazadi?