1-masala. 7 litrli va 3 litrli idishlardan foydalanib, hovuzdan 5 litr suvni qanday quyib olish mumkin?
Yechish: Bu masalani yechish uchun 7 va 3 lardan qanday qilib arifmetik amallar yordamida 5 ni hosil qilish mumkinligiga e’tibor beramiz.
7-2=5
3-1=2
7-3-3=1
Shu amallardan foydalanib masalani yechish algoritmini tuzamiz, lekin amallarni bajarishni oxiridan boshiga qarab bajaramiz:
Yechish algoritmi:
qadam: 7 litrliidishnisuvga to’ldiramiz.
qadam: 7 litrli idishdan 3 litrini olib tashlaymiz 3-qadam: 7 litrli idishdan 3 litrini olib tashlaymiz.
4-qadam: 7 litrli idishda qolgan 1 litrni 3 litrli idishga quyamiz. 5-qadam: 7 litrli idishni suvga to’ldiramiz.
6-qadam: 7 litrli idishdagi suvdan 3 litrli idishni to’ldiramiz. 3 litrli idishda 1 litr suv borligi uchun u 2 litr bilan to’ladi.
Natija: 7 litrli idishda 5 litr suv qoldi. 2–masala. 5 litrli va 3 litrli idishlardan foydalanib, hovuzdan 1 litr suvni qanday qilib quyib olish mumkin?
Yechish: 5-3=2 3-2=1 ekanligidan foydalanamiz.
Yechish algoritmi:
qadam: 3 litrli idishni suvga to’ldiramiz va uni 5 litrli idishga quyamiz.
qadam: 3 litrli idishni suvga to’ldiramiz va undan 5 litrli idishni to’lgunicha quyamiz.
Natijada 3 litrli idishda 1 litr suv qoladi.
Mustaqil yechish uchun masalalar.
3 litrli va 5 litrli idishlar yordamida 1 litr sutni 8 litrli idishdan qanday quyib olish mumkin?
5 litrli va 2 litrli bo`sh idishlar yordamida ichimlik suvi jo`mragidan 1 litr
suvni qanday quyib olish mumkin?
5 litrli va 4 litrli bo`sh idishlar yordamida ichimlik suvi jo`mragidan 2 litr suvni qanday quyib olish mumkin?
4 litrli va 3 litrli bo`sh ididshlar yordamida ichimlik suvi jo`mragidan 2
litr suvni qanday quyib olish mumkin?
8 litrli va 5 litrli bo`sh ididshlar yordamida ichimlik suvi jo`mragidan 7 litr suvni qanday quyib olish mumkin?
7 litrli va 12 litrli bo`sh ididshlar yordamida ichimlik suvi jo`mragidan 4 litr suvni qanday quyib olish mumkin?
17 litrli va 5 litrli bo`sh ididshlar yordamida ichimlik suvi jo`mragidan 4
litr suvni qanday quyib olish mumkin?
12 litrli idishda to`la sut bo`lib, 8 litrli va 5 litrli bo`sh idishlar yordamida 6 litr sutni qanday quyib olish mumkin?
16 litrli idishda to`la yog` bo`lib, 6 litrli va 11 litrli bo`sh idishlar yordamida 8 litr yog`ni qanday quyib olish mumkin?