2. Mantiqiy masalalarni yechishning asosiy usullari


Javob:Mumkin emas. Matnli masalalarni yechishning arifmetik usuli



Yüklə 176,98 Kb.
səhifə9/41
tarix26.12.2023
ölçüsü176,98 Kb.
#197336
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   41
2.Mantiqiy masalalarni yechishning asosiy usullari. - копия (16 files merged)(1)

Javob:Mumkin emas.
Matnli masalalarni yechishning arifmetik usuli.
Matnli masalalarni yechishning arifmetik, algebraik, geometrik, mantiqiy, amaliy, jadval, kombinasiyalashgan va boshqa turli usullari mavjud. Arifmetik usulda masalaning shartiga ko‘ra miqdorlar orasidagi bog’liqliklardan foydalanib arifmetik amallar yordamida yechim topiladi. Quyida matnli masalalarni arifmetik usulda yechishlar keltirilgan.

J+J=J;

J-J=J;

J∙J=J;

T+T=J;

T-T=J;

T∙T=T;

J+T=T;

J-T=T;

T-J=T;

J∙T=J;

1-masala. Ikkita vazada 75 dona gul bor edi. Birinchi vazadan 6 ta gul, ikkinchi vazadan 9 ta gul olinsa, vazadagi gullar soni tenglashadi. Har bir vazada nechtadan gul bor?
Yechish:
jami olinadigan gullar soni: 6+9=15; jami qoladigan gullar soni: 75-15=60;
har bir vazadagi qoladigan gullar soni: 60:2=30;
birinchi vazadagi dastlabki gullar soni: 30+6=36; ikkinchi vazadagi dastlabki gullar soni: 30+9=39;
Javob: birinchi vazada 36 ta, ikkinchi vazada 39 ta gul bor.
  • masala. It tulkini quvyapti. It sekundiga 8 m, tulki yesa 6 m tezlik bilan chopmoqda. Ular orasidagi masofa 360 m. Tulkining о‘z uyasiga yetib olishi uchun 1 km qolgan. Tulki о‘z uyasiga yeta oladimi?

  • Yechish: Tulki о‘z uyasiga 1000:6=166,(6) sekundda, it tulkininng uyasiga (360+1000):8=170 sekundda yetib boradi. Demak, tulki oldinroq yetib boradi. Javob: Yeta oladi.
  • masala. Sinovda 60 ta savol berildi, har bir tо‘g‘ri javob 5 ballga baholandi. 4 ta notо‘g‘ri javob uchun jarima sifatida bitta tо‘g‘ri javob bekor qilindi. Bu sinovda hamma savollarni belgilagan bir о‘quvchi 225 ball olgan bо‘lsa, u nechta tо‘g‘ri javob bergan?

  • Yechish: O‘quvchi 225 ball olishi uchun 225:5=45 ta savolga to‘g’ri javob belgilagan, ammo qolgan 60-45=15 ta savollargachi? Har 4 ta noto‘g’ri va 1 ta
    to‘g’ri javobga berilgan ball 0 ga teng. Qolgan savollar soni 15 ni 4 va 1 ga mutanosib bo‘laklarga bo‘lsak 12 va 3 ga teng. Demak, 15 ta savoldan 12 tasiga
    noto‘g’ri, 3 tasiga to‘g’ri javob bergan. Jami 45+3=48 savolga to‘g’ri javob bergan.

    Yüklə 176,98 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   41




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin