2. Mantiqiy masalalarni yechishning asosiy usullari


Javob: 48 ta tо‘g’ri javob bergan. Arifmetik masalalarni “oxiridan boshlab” usuli bilan yechish. masala



Yüklə 176,98 Kb.
səhifə7/41
tarix26.12.2023
ölçüsü176,98 Kb.
#197336
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   41
2.Mantiqiy masalalarni yechishning asosiy usullari. - копия (16 files merged)(1)

Javob: 48 ta tо‘g’ri javob bergan.
Arifmetik masalalarni “oxiridan boshlab” usuli bilan yechish.
  • masala. Karim har bir keyingi kesmani oldingisiga nisbatan 2 sm uzun qilib 4 ta kesma yasadi. Agar to‘rtinchi kesmaning uzunligi 12 smga teng bo‘lsa, birinchi kesma uzunligini toping.

  • Yechish: Masalani yordamchi modelini kesmalardan foydalanib quramiz.
    Modeldan ko`rinib turibdiki, to`rtinchi kesmasining uzunligini bilgan holda 3- kesma uzunligini, so`ngra 2-kesma va nihoyat 1-kesma uzunligini topish mumkin. Amallar bo`yicha yechimni quyidagicha yozish mumkin:
  • 12-2=10 (sm) III kesma uzunligi;
  • 10-2=8 (sm) II kesma uzunligi;
  • 8-2=6 (sm) I kesma uzunligi.

  • Javob: birinchi kesma uzunligi 6 sm.
    Mustaqil yechish uchun masalalar.
    • Avtomobil g’ildiragi 13 smlidan 14 smliga almashtirildi. Spidometri 60 km/soatni ko‘rsatayotgan avtomobilning haqiqiy tezligini toping.
    • Birinchi kitob javonida ikkinchisiga qaraganda uch marta koʻp kitob bor. Agar

    • birinchi javondan 8 ta kitob olinib, ikkinchisiga 32 ta kitob qoʻyilsa, javonlardagi kitoblar soni tenglashadi. Dastlab har bir kitob javonida nechtadan kitob boʻlgan?
    • Uzunligi 100 m boʻlgan yugurish yoʻlakchasidan 2 ta bola bir biriga qarab

    • yugurib boryapti. Ular 10 s dan soʻng uchrashdi. Birinchi bola 4 m/s yugurgan
      boʻlsa, ikkinchi bola qanday tezlik bilan yugurgan?
    • Chumchuq 2 soatda 14 km uchdi, burgut esa 3 soatda 210 km uchdi. Burgutning tezligi necha marta koʻp?
    • Uchta ikki bilan, hech qanday amal ishlatmay mumkin bo‘lgan eng katta sonni

    • yozing.
    • Binokorlikda ishlatiladigan g’ishtning og’irligi 4 kg. O‘sha materialdan quyilgan, lekin o‘lchovlari 4 baravar kichik bo‘lgan o‘yinchoq g’ishtchaning og’irligi qancha?
    • 18-masala. Bo‘yi 175 sm bo‘lgan odam Yer sharini ekvator bo‘ylab aylanib chiqa olsa, boshining tepasi tovonlarining har bir nuqtasidan ko‘ra ancha uzun yo‘l chizgan bo‘lardi. Shu farqning kattaligi qanday?
    • 7 ga bo‘lganda 4 qoldiq qoladigan barcha 2 xonali sonlarning yig’indisini

    • toping.
    • Uzunligi 400 m bo‘lgan poyezd balandligi 40 m bo‘lgan ustun yonidan 40 soniyada o‘tib ketgan bo‘lsa poyezdning tezligi necha m/s.
    • Hovuzga 2 jo‘mrak ulangan. Bu jo‘mrakdan birinchisi bo‘sh hovuzga 6 satda, ikkinchisi 12 soatda to‘ldiradi. Agar bir jumrak ochilib, hovuzning yarmi to‘lgandan keyin 2-jumrak ochilsa, hovuz jami necha soatda to‘ladi.
    • Uchta bolaning har birida bir qancha olma bor. Birinchi bola ikkita boshqa o‘rtog’iga ularda nechta olma bo‘lsa, shuncha olma berdi. So‘ngra ikkinchi bola ikkita boshqa o‘rtog’iga ularda nechta olma bo‘lsa, shuncha olma berdi. O‘z navbatida uchinchi bola, ikkita boshqa o‘rtog’iga ularda nechta olma bo‘lsa, shuncha olma berdi. Shundan so‘ng bolalarning har birida 8 tadan olma bo‘ldi. Dastlab bolalarning har birida nechtadan olma bo‘lgan?
    • Dunyo bo’ylab sayohatdan qaytib kelgan Nasriddin afandi «Dashtiston” deb

    • atalmish mamlakat chegarasini 13 marta kesib o‘tganligini gapirib berdi. Siz unga ishonasizmi?
    • Juda katta maydonida uchta to‘p bor. Jasur ulardan bittasini shunday tepadiki, natijada u qolgan ikkitasining orasidan o‘tadi. U shu qoida bo‘yicha 2007 marta to‘plarni tepdi. Shundan keyin to‘plar dastlabki holatida joylashib qolishi mumkinmi?
    • 8 tup olma daraxti bir qatorda joylashgan. Yonma-yon joylashgan daraxtlardagi mevalar soni 1 taga farq qiladi. Barcha tuplardagi olma mevalari soni 2007 ta bo‘lishi mumkin-mi?
    • O’qituvchi varaqqa 20 sonini yozdi va uni sinfdagi o‘quvchilarga berdi. Har bir o‘quvchi varaqdagi songa 1 ni qo‘shadi yoki ayiradi. Sinfda 33 ta

    o‘quvchi bo‘lsa, oxirida varaqda a) 10; mumkinmi?
    b) 21 soni hosil bo‘lishi

    Yüklə 176,98 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   41




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

    gir | qeydiyyatdan keç
        Ana səhifə


    yükləyin