2.Mantiqiy masalalarni yechishning asosiy usullari. - копия (16 files merged)(1)
Tortishlar. Bu turdagi masalalarni yechish asosida u yoki bu faktni o`rnatish (haqiqiy tangalar ichidan qalbaki tangani aniqlash, massasiga ko`ra yuklarni tartiblash va boshqalar) toshsiz, pallali tarozida amalga oshiriladi.
Ko`p hollarda masala shartida tortilayotgan ob’ektlar sifatida tangalar ishlatilib, talab etilayotgan faktni ko`rsatilgan miqdorda tortishlar bajarib aniqlash, yoki talab etilayotgan faktni o`rnatish uchun eng kam tortishlar sonini aniqlash talab etiladi.
Tangalardan qalbakisini topishga doir masalalar shartida qalbaki tanga massasi boshqa tangalar massasidan yengil yoki og`ir ekanligi ko`rsatilgan
bo`lsa, uni yechishda tortishlar soni kamayadi.
masala. Uchta tanganing bittasi qalbaki. Uning massasi boshqa tangalar massasidan yengil. Toshsiz, pallali tarozida bir marta tortish orqali qalbaki tangani qanday aniqlash mumkin?
Yechish. Tarozining har bir pallasiga bittadan tanga qo`yamiz. Quyidagi ikki hol bo`lishi mumkin:
1– hol. Tarozining har bir pallasiga qo`yilgan tangalar bir xil massaga ega. Bu
holda ularning ikkalasi haqiqiy bo`lib, chetga olib qo`yilgan tanga qalbaki bo`ladi.
2– hol.Tarozining qaysi bir pallasiga qo`yilgan tanganing massasiy engil bo`lsa, u qalbaki bo`ladi.
masala. 9 ta tanganing bittasi qalbaki. Uning massasi boshqa tangalar massasidan yengil. Toshsiz pallali tarozida ikki marta tortish orqali qalbaki
tangani qanday aniqlash mumkin?
Yechish: 9 ta tangani 3 tadan qilib, 3 guruhga ajratamiz. Birinchi tortishda 1- va 2- guruhlardagi 3 tadan tangalarni tarozining har bir pallasiga qo`yamiz. Bunda quyidagi ikki hol bo`lishi mumkin :
1– hol: Tarozi pallasiga qo`yilgan tangalar bir xil massaga ega. Bu holda ikkala guruhdagi tangalar haqiqiy bo`lib, qalbaki tanga 3 – guruhda bo`ladi.
2–hol: Agar ular bir xil massaga ega bo`lmasa, u holda qaysi guruhdagi tangalar
massasi yengil bo`lsa, qalbaki tanga o`sha guruhga tegishli bo`ladi. Ikkala holda ham ikkinchi tortishda qalbaki tangani aniqlash yuqoridagi 1-masala yechimiga keltiriladi.