2-Ma’ruza. Avtomatlashgan elektr yuritmalarni komplektlashning blokli modulli prinsiplari. Maruza rejasi


O’zgarmas to’k elktryuritmalari tuzilishi



Yüklə 22,06 Kb.
səhifə4/4
tarix21.06.2023
ölçüsü22,06 Kb.
#133503
1   2   3   4
2. Avtomatlashgan elektr yuritmalarni komplektlashning blokli modulli prinsiplari.

2. O’zgarmas to’k elktryuritmalari tuzilishi
Elektryuritgichga, ketma-ket tuzilgan interfeys orqali shaxsiy kompyuter ulanishi mumkin; u quyidagi funksiyalarni bajaradi: elektr yuritgich parametrlariga kirish, parametrlarni yozish va saqlash; amaldagi parametrlarni boshqa o’zgartirgichlarga nusxasini ko’chirish; parametrlarni qog’ozga chiqarish; buyruqlarni berish va ustavkalarni kiritish; amaldagi kattaliklarnng holatini nazorat qilish va hisoblash; nosozliklar signallarini va avariyalar indikatsiyasi sistemalarining signallarini o’qish.
Dvigetelda integratsiyalashgan datchiklar, dvigetel haroratini nazorat qilish, ventilyator orqali o’tuvchi havo oqimini, podshipniklar holatini nazorat qilishga imkon beradi.
Agar tanlangan o’zgartirgichga katta quvvatga ega bo’lgan elektrodvigetelni ulash zarur bo’lsa, kuch sxemasiga qoshimcha tiristor modullari ulanadi.
KEP funksiyalari oshirish uchun boshqaruv tizimiga turli texnologik masalalarni yechish uchun mexanizmlarni boshqarishni taminlaydigan intellektual modullarni ulash mumkin.
Sanoatning asosiy soxalarida (metalurgiya , mashinizlik va boshqalar) amaldagi qurilmalar asosan o’zgarmas to’kning boshqariladigan elektr yuritguchlari bilan taminlanadi.
Shu bilan birga, yuritgichlarni boshqarish tizimlari talablarga javob bermaydigan, eskirgan, va bundan tashqari, texnologik jarayonda tezlikni chuqur boshqarishda ularda katta energiya sarfini kuzatish mumkin. Shuning uchun bugungi kunda amaldagi qurilmalarni yengilash masalasi juda aktual, (muhim) vazifadir.
3.O’zgarmas to’kli komplekt elektr yuritmalarining qurilmalarini modernizatsiyalash.
O’zgarmas to’kning komplekt avtomatik elektryuritgichlari sohasida amaldagi qurilmalarni modernizatsiyalash proektlari quyidagi uch asosiy variantda bajariladi.

  1. Analogik va rele-kontakt boshqaruv tizimlarini sanoat kompyuterlari, texnologik kontroller, logik (mantiqiy) kontrollerlar va quyi hamda o’rta avtomatizatsiya darajasiga mos keladigan raqamli sistemalar bilan almashtirish.

  2. Variant 1 ni o’zgarmas to’kning komplekt avtomatik elektr yuritgichlar kuch bloklari bilan to’ldirish. Elektr dvigetellar va elektr manbai tarmoqlari o’zgarmasdan qoladi.

  3. Avtomatik elektr yuritgichlarni to’la modernizatsiyalash. O’zgarmas to’k elektr yuritgichlarini o’zgaruvchan to’k elektr yuritgichlariga almshtirish.

O’zgarmas to’kning komplekt avtomatik komplekt kuch bloklarining sxemalari kam o’zgaradi. O’zgaruvchan to’k elektr yuritgichlariga o’xshash, asosi dasturlashgan kontroller bo’lgan boshqaruv bloklari kuchli o’zgaradi. Elektryuritgichlarning barcha funksiyalarini boshqarish analogik tarzda amalga oshiriladi.
Yüklə 22,06 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin