2-Ma’ruza. Avtomatlashgan elektr yuritmalarni komplektlashning blokli modulli prinsiplari. Maruza rejasi


O’zgaruvchan to’k elektr yuritmalari komplektlashning blok- modullarining vazifalari



Yüklə 22,06 Kb.
səhifə2/4
tarix21.06.2023
ölçüsü22,06 Kb.
#133503
1   2   3   4
2. Avtomatlashgan elektr yuritmalarni komplektlashning blokli modulli prinsiplari.

3. O’zgaruvchan to’k elektr yuritmalari komplektlashning blok- modullarining vazifalari.
Tizim o’zgarmas to’k umumiy iste’mol shinasili modulli konstruksiyaga ega.
Bazaviy konfiguratsiyaga quyidagi modullar kiradi.
Kirish moduli. Bu modul orqali tizimga uch fazali istemol kuchlanishi tortiladi. Modulga 525 kvt quvvatga ega diodli yoki tiristorli to’g’rilagich ulanadi. Quvvat bo’yicha talabga binoan modulga kontaktor yoki xavo ulab-uzgichi o’rnatiladi. Modulning bazaviy konfiguratsiyasini bosh ulab-uzgich, eruvchan saqlagichlar, kontaktor yoki xavo ulab uzgichi tashkil qiladi.
Diodli uch fazali to’grilagich moduli. Bu modul EP norekuperativ tizimlarida uch fazali kuchlanishni o’zgarmasga aylantirish uchun qo’llanadi. Modulning bazaviy konfiguratsiaysi o’zgarmas to’kli silliqlovchi reaktorli olti pulsli ko’prik diodli, bitta olti pulsli diodli ko’prikni boshqarish uchun controller platalaridan iborat.
Shinali tuzilma. O’zgarmas to’k umumiy shinasidan istemol olish motordan motorgacha tormoz invertori yoki rekuperativ modulni qollagan xolda to’rmozlashni amalga oshirishga imkon beradi. Standart alyuminiy shinalar qollaniladi.
Yuritmalar modullari. Xar bir konvertor yuritmani boshqaruvchi modulga ega, u kontroller kirish xamda chiqish standart platasiga ega. Invertorlar o’zgarmas to’k istemol shinasining kuchlanishini silliqlash uchun qurilmali kondensatorlarga ega. O’zgarmas to’k istemol istemol shinasi bilan elektr bog’lanish eruvchan saqlagichlar bilan ximoyalangan. Bazaviy konfiguratsiya modulli invertor, motor kontrolleri va yordamchi kontroller, kirish va chiqish, chiqish filtri modullaridan iborat.
Yordamchi boshqaruv modulli. Bu modul yordamchi asbob-uskunaga kuchlanish uzatadi, masalan: asbob- uskuna shkaflari shamol oarraklari, yuritma seksiyalaridagi kontaktlar va rele xamda boshqalar, unda yana kerakli asbolar (ampermetrlar, voltmetrlar) va nosozliklar signalizatsiyasi apparaturasi joylashtirish mumkin. Bazaviy konfiguratsiya tordamchi istemol transfarmator (shaxsiy extiyojlar trnsfarmatori) o’zgarmas to’k 24v kuchlanish manbaidan iborat.

Yüklə 22,06 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin