2-ma’ruza. Axborot texnologiyasining asosiy tushunchalari va ularning industrial biznes jarayonidagi vazifasi Reja


O’zbekistonda axborot kommunikatsiya texnologiyalarining rivojlanish bosqichlari



Yüklə 128,9 Kb.
səhifə5/8
tarix11.12.2022
ölçüsü128,9 Kb.
#73806
1   2   3   4   5   6   7   8
2-mavzu

3. O’zbekistonda axborot kommunikatsiya texnologiyalarining rivojlanish bosqichlari

Hozirgi kunga kelib axborot resurslarini yig’ish, qayta ishlash, uzatish va iste’molchilarning shaxsiy talablaridan kelib chiqqan holda ushbu resurslarni tayyorlash bilan shug’ullanadigan turli xildagi axborot kommunikatsiyalar biznesi vujudga kelgan bo’lib, ular ushbu bozor negizidir. 1990-yilning asosiy xususiyatlaridan biri - axborot kommunikatsiyalar biznesida turli va yangi ishtirokchilarining paydo bo’lishidir. Ularning qatorida ma’lumotlar bazasini ishlab chiquvchilar, turli interaktiv xizmatlar, axborot vositachilarini sanab o’tish mumkin.


Axborot kommunikatsiyalar biznesi ishtirokchilari o’rtasida bozor munosabatlarining shakillanishi, raqobatchilikning o’ziga xos usullari ishlab chiqilishi hamda potensial istemolchilarning vujudga kelishi – bular barchasi xalqaro va milliy interaktiv xizmatlarning shakillanib borayotganligidan darak beradi. Quyidagi 1- rasmda ushbu bozor ishtirokchilarining o’zaro tashkiliy - funksional aloqalarining chizmasi berilgan. Undan ko’rinib turibdiki, axborot kommunikatsiyalar bozorining segmentlari, ob’yekt va subyektlari hamda ishtirokchilari bir butun tizimni tashkil qilmoqda. Shuni ta’kidlab o’tish joizki, axborot kommunikatsiyalar bozorini respublikamizda shakillantirish va rivojlantirishda davlatni tutgan o’rni kattadir.
Jahon axborot kommunikatsiyalar texnologiyalari yutuqlarining tahlili axborot kommunikatsiyalar biznesining funkional modelini ishlab chiqishga imkon berdi.
Berilgan mazkur modeldan ko’rinib turibdiki, axborot kommunikatsiyalar biznesi uchta asosiy omil bilan tariflanadi: muhit, bozor va vazifalar. Bu omillarning majmuasi interaktiv xizmatlarni shakillantirish bo’yicha yagona moliyaviy-iqtisodiy siyosatni yuritishga yordam beradi.

2.1 - rasm. Axborot kommunikatsiyalar bozori ishtirokchilari tashkiliy
funksional aloqalari

Dasturiy mahsulot, ma’lumotlar bazasi va ekspert xizmatlari turidagi axborot mahsulotlari hisoblash quvvati, xotira va o’tqazish imkoniyati kabi xususiyatlariga ko’ra strategik ahamiyatga ega bo’lib borayapti. Tahlillarimiz axborot kommunikatsiyalar biznesi tovarlaridan keng ko’lamda foydalanmasdan turib davlat miqyosidaga quyidagi asosiy masalalarni hal etish mumkin emasligini ko’rsatadi:


1. Davlat xavfsizligi. Xozirgi kunda intellektual dasturiy tizimlar bizga ma’lum va ma’lum bo’lmagan turli qurollardan ko’ra davlatni himoya qilishning eng takomillashgan vositalaridan hisoblanadi va uning xavfsizligini ta’minlaydi;
2. Iqtisodiy isloxotlarni rivojlantirish. Bozor iqtisodi munosabatlarini judayam samarali va takomillashgan darajaga olib chiqishda zamonaviy kompyuter
texnologiyalarini keng ko’lamda qo’llamasdan bo’lmaydi;
3. Jahon iqtisodiy hamjamiyati tarkibiga kirish. Iqtisodiy o’sishning asosiy muammolaridan biri - investitsiya faoliyatini jadallashtirish va sanoatga mablag’ jalb etishni kengaytirishdan iborat, chunki chet el kapitalini jalb etish milliy iqtisodni rivojlantirishning strategik masalalaridan;
4. Zamonaviy dasturiy mahsulotlar bozorini shakllantirish va mamlakatimizda ishlab chiqarilayotgan turlarini davlat tomonidan qo’llab-quvvatlash dasturiy mahsulotlarni shlab chiqarish shunday soxalarga taalluqliki, u rivojlanish yo’lida yuksalib bormoqda.

2.2 - rasm. Axborot kommunikatsiyalar biznesining funksional modeli.

Axborot kommunikatsiya texnologiyalarning ulkan potensialidan to’liq hajmda foydalanish biznes, alohida shaxslar va butun jamiyatni qamrab olgan har tomonlama iqtisodiy islohotni amalga oshirishning ustuvor yo’nalishlarini belgilab beradi, chunki AKT alohida fuqarolarning hayoti va faoliyatiga, umuman mamlakatimiz infrastrukturasiga faol kirib bormoqda. Bu yo’nalishlar quyidagilardir:


- davlat va siyosiy boshqaruv;
- ta’lim va ilm-fan;
- sog`liqni saqlash va tibbiyot;
- telekommunikatsiyalar va ommaviy axborot vositalari;
- biznes va savdo;
- madaniyat va san’at;
- ishlab chiqarish.
AKTning davlat boshqaruviga joriy etilishi iqtisodiyot rivojlanishini tezlashtirish, davlat sektoriga sarflarni qisqartirish yo’li bilan mehnat unumdorligini va davlat boshqaruvi samaradorligini oshirish imkonini beradi, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining fuqarolar va xo’jalik yurituvchi sub’ektlar bilan o’zaro aloqasini takomillashtiradi.
AKTlar kichik biznes va shaxsiy tadbirkorlikka ham mehnat unumdorligini, huquqiy savodxonlikni oshirish uchun noyob imkoniyat yaratadi. Biznes bilan yoki iste’mol mollarini sotib olish bilan shug`ullanayotgan fuqarolarning AKT orqali bozor narxlari va tovarlarning sifatlari to’g`risidagi axbrotga keng kirib borish imkoniyatlariga ega ekanliklari ularga ratsional tijoriy qarorlar qabul qilish va samarali iste’molchilik tanlovini amalga oshirishga yordam beradi. Biznes bilash shug`ullanuvchilar uchun yangi kompyuter modellarining maxsus yaratilishi va rivojlantirilishi Internet vositasida olib boriladigan savdoning misli ko’rilmagan ekspansiyasiga sabab bo’lmoqda. An’anaviy chegaralarni buzib o’tgan misli ko’rilmagan darajada ko’p biznes turlarining rivojlanishi tufayli pul va xizmatlarni tez va arzon taklif etish imkoni tug`ildi. Shuni ta’kidlash lozimki, AKTdan foydalanish biznes sohasida bitimlar samaradorligining takomillashuviga katta hissa qo’shdi. Masalan, Yaponiyada shunday katta va qulay magazinlar tarmoqlari faoliyat ko’rsatadiki, ularda tovarlarga bevosita uydan yoki ofisdan turib, nafaqat telefon orqali, balki Internet orqali ham buyurtma berish mumkin.



Yüklə 128,9 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin