2-ma’ruza. Axborot texnologiyasining asosiy tushunchalari va ularning industrial biznes jarayonidagi vazifasi Reja



Yüklə 128,9 Kb.
səhifə1/8
tarix11.12.2022
ölçüsü128,9 Kb.
#73806
  1   2   3   4   5   6   7   8
2-mavzu


2-ma’ruza. Axborot texnologiyasining asosiy tushunchalari va ularning industrial biznes jarayonidagi vazifasi


Reja:

  1. Axborot texnologiyasining asosiy tushunchalari.

  2. Axborot texnologiyalarining qo’llanish sohalari.

  3. O’zbekistonda axborot kommunikatsiya texnologiyalarining rivojlanish bosqichlari.



Tayanch iboralar: axborot, texnologiya, biznes, tizim, jarayon, ob’yekt, korxona, idora, firma, uyushma, daraja, operativ, boshqarish tizimi, axborot itexnologiyalari, ichki omillar, tashqi omillar, ishlab chiqarish, biznes reja, bank, marketing, tibbiyot sohasi, kommunikatsiya intellektuallik, axborot makoni.



    1. Axborot texnologiyasining asosiy tushunchalari



Iqtisodiy ob’yektni boshqaruv – bu moddiy va moliya resurslarga ega bo’lgan ishlab chiqarish kollektivni boshqarishdir. Boshqarish tizimi ushbu ob’yektni faoliyat maqsadini aniqlaydi va ijrosini nazorat qiladi.
Boshqarish tizimning asosiy funksiyalari: rejalashtirish, analiz, hisobot, nazorat va tartibga solish.
Boshqarish tizimda uchta daraja mavjud:

  • yuqori daraja (strategik, raxbariyat darajasi),

  • funksional daraja (dapartament va bashqarma darajasi),

  • operativ daraja (ofis, bo’lim darajasi).

Yuqori, strategik darajada uzoq muddatga mo’ljallangan rejalar ishlab chiqaradi.
Funksional darajada o’rtacha muddatga mo’ljallangan kalendar rejalar ishlab chiqaradi va ularning bajarilishi nazorat qilinadi.
Operativ darajada ob’yekt to’g’risidagi dastlabki ma’lumot yig’iladi, analiz qilinadi va rejalarni bajarish uchun kerakli qarorlar qabul qilinadi.
Axborot jarayoni – bu ro’yxatga kiritish (registrasiya), saqlash, to’plash qayta ishlash va uzatish jarayoni. Bu jarayon boshqarish tizimning eng zarur qismlardan hisoblanadi.

Yüklə 128,9 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin