Axborot texnologiyalarining qo’llanish sohalari
Axborot texnologiyalari faqat fan va texnika hodisasi bo’lmasdan, iqtisodiy rivojlanishning muhim omiliga aylanmoqda. Axborot bilan qamrab olinmagan biror muhim xo’jalik sektorini (ishlab chiqarish, transport, kredit-moliya sohasi, savdo) misol keltirish qiyin. Ayni paytda kompyuterlar va aloqa vositalari asosida axborotni to’plash, saqlash va taqdim etishning zamonaviy usullari, yangi axborot texnologiyalari va xizmatlarni sotish (tarqatish) maqsadlarida ishlab chiqarish mustaqil tarmoq sifatida shakllandi va ajralib chiqdi. Shunday qilib, xalq xo’jaligini axborotlashtirish kelgusiga yorib o’tish demakdir.
Axborot texnologiyalari, shu jumladan, kompyuterlar keng qo’llanilib kelayotgan ayrim sohalarni ko’rib chiqamiz.
Biznes sohasi
Axborot texnologiyalari yangi korxona yoki firmaning muvaffaqiyat bilan faoliyat ko’rsatishida katta rol o’ynashi mumkin.
Masalan:
- biznes reja tuzishda va kutilayotgan daromad va chiqimlarni hisoblashda;
- kompaniya yoki firmaning emblemasini va tegishli hujjatlarini tartibga keltirishda;
- kompaniya yoki firmaning taqdimot marosimini o’tkazishda;
- reklamalarning loyihasini tuzish va reklama materiallarini tayinlash, hisobotlar, shartnomalarni tayyorlashda;
- mijozlar haqidagi ma’lumotlar ro’yxatini saqlash va u bilan ishlashda;
- boshqa firmalar, potentsial ta’minotchi, ulgurji haridorlar bilan bog’lanishda;
- mijozlar va ta’minotchilar bilan muzokara olib borish va hokazolarda.
Bank sohasi
Bank tizimi o’zining ish faoliyatida axborot texnologiyalaridan keng foydalanish imkoniyatiga ega. Masalan:
- yil davomida sutkasiga 24 soat mijozlarga aloqa uchun va tegishli ma’lumotlarni olish, balansni tekshirish, hisobni to’lash imkoniyatini yaratish;
- mijozlarga xizmat ko’rsatish madaniyatini oshirish;
- kredit kartochkalari yordamida telefon yoki Internet orqali xizmatni yo’lga qo’yish va boshqalar.
Dostları ilə paylaş: |