2-Ma’ruza. Borliq- falsafaning fundamental kategoriyasi. Olamning universal aloqalari va rivojlanish. Falsafaning qonunlari va kategoriyalari Bilish nazariyasi: asosiy muammolari va yo’nalishlari Reja



Yüklə 101,18 Kb.
səhifə56/57
tarix02.01.2022
ölçüsü101,18 Kb.
#41019
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   57
2-Ma’ruza. Borliq- falsafaning fundamental kategoriyasi. Olamning universal aloqalari va rivojlanish. Falsafaning qonunlari va kategoriyalari Bilish nazariyasi asosiy muammolari va yo’nalishlari (1)

Umumilmiy tadqiqot metodlari falsafa bilan maxsus fanlarning fundamental nazariy-metodologik qoidalari o’rtasida o’ziga xos «oraliq metodologiya» bo’lib xizmat qiladi. Umumilmiy tushunchalar qatoriga ko’pincha «axborot», «model», «tuzilma», «funksiya», «tizim», «element», «oqilonalik», «ehtimollik» singari tushunchalar kiritiladi.

Birinchidan, bir qancha xususiy fanlar hamda falsafiy kategoriyalarning alohida xossa, belgi va tushunchalari umumilmiy tushunchalarning mazmuniga «singdirib» yuborilganligi, ikkinchidan, (falsafiy kategoriyalardan farqli o’laroq) matematik nazariya va simvolik mantiq vositalari bilan ularni formallashtirish, ularga aniqlik kiritish mumkinligi umumilmiy tushunchalarning o’ziga xos jihatlaridir.



Agar falsafiy kategoriyalar umumiylikning mumkin bo’lgan eng yuqori darajasi – muayyan umumiy darajani o’zida mujassamlashtirgan bo’lsa, umumilmiy tushunchalarga ko’proq umumiy mavxum (bir xil) daraja xoski, bu ularni mavxum-formal vositalar yordamida ifoda etish imkonini beradi. Falsafaning asosiy masalasini (to’la hajmda) echishda «ishtirok etish» sharti muayyan «tafakkur shaklini yaratish»ning «falsafiyligi», «dialektikligi» darajasini aniqlashning muhim mezonidir.

Umumilmiy tushuncha va konsepsiyalar asosida bilishning tegishli metodlari, tamoyillari ta’riflanadi, ular esa, o’z navbatida, falsafaning maxsus ilmiy bilim va uning metodlari bilan oqilona o’zaro aloqasini ta’minlaydi. Umumilmiy metodlar qatoriga tizimli va strukturaviy-funksional, kibernetik, ehtimoliy yondashuvlar, modellashtirish, formalizatsiya hamda boshqalar kiradi.



Umumilmiy tushunchalarning muhim roli shundan iboratki, ular o’zining «oraliq xususiyati» bilan falsafiy va alohida ilmiy bilimning (shuningdek tegishli metodlarning) o’zaro o’tishini ta’minlaydi. Gap shundaki, birinchi bilim ikkinchi bilimga sof yuzaki tarzda, bevosita o’tmaydi. SHuning uchun ham maxsus ilmiy mazmunni darhol falsafiy tushunchalar tilida ifodalashga urinishlar, qoida tariqasida, nokonstruktiv va samarasiz bo’ladi.


Yüklə 101,18 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   57




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin