2-Ma’ruza. Borliq- falsafaning fundamental kategoriyasi. Olamning universal aloqalari va rivojlanish. Falsafaning qonunlari va kategoriyalari Bilish nazariyasi: asosiy muammolari va yo’nalishlari Reja



Yüklə 101,18 Kb.
səhifə49/57
tarix02.01.2022
ölçüsü101,18 Kb.
#41019
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   57
2-Ma’ruza. Borliq- falsafaning fundamental kategoriyasi. Olamning universal aloqalari va rivojlanish. Falsafaning qonunlari va kategoriyalari Bilish nazariyasi asosiy muammolari va yo’nalishlari (1)

Empirik bilim va uning shakllari. Empirik bilim mavjud narsaning bevosita emas, balki bilvosita in’ikosi. Masalan, olim o’zi ko’rmayotgan tegishli ob’ektning holati haqida unga axborot berayotgan asbob ko’rsatkichi yoki elektrokardiogrammaning elektr chizig’ini ko’radi. Boshqacha aytganda, bilishning empirik darajasi har xil asboblardan foydalanish bilan bog’liq; u kuzatish, kuzatilayotgan narsa yoki hodisani tavsiflash, bayonnomalar yuritish, hujjatlardan foydalanishni nazarda tutadi, masalan, tarixchi arxivlar va boshqa manbalar bilan ishlaydi. Xullas, bu oddiy sezgi darajasida bilishga qaraganda bilishning yuqoriroq darajasidir.

Empirik bilimlar nazariy bilim negizini tashkil etuvchi ilmiy dalillar majmuidir. Empirik bilim kuzatish va eksperiment, tavsiflash, taqqoslash, o’lchash va dalillar kabi metodlar yordamida shakllanadi.

Kuzatishbilish ob’ektining muhim xossalari va munosabatlarini aniqlash maqsadida ataylab amalga oshiriladigan izchil idrok etishdir. Kuzatish maqsadini belgilash, uning usullarini aniqlash, o’rganilayotgan ob’ekt xulq-atvorini nazorat qilishning rejasini tuzish, asboblardan foydalanish kabilar kuzatishning muhim xususiyatlaridir. Kuzatishlarning natijalari bizga borliq haqida ilmiy dalillar ko’rinishida dastlabki axborot beradi.

Kuzatish bevosita yoki bilvosita, masalan, mikroskop yordamida bo’lishi mumkin. Hozirda elektron mikroskop yordamida molekulalarni vizual kuzatish mumkin. Kuzatish – bu faoliyatning muayyan ob’ektlarga qaratilgan maqsadlar va vazifalarni ta’riflashni nazarda tutadigan faoliyat shakli. Biron-bir narsani bilishni xohlagan har qanday odam o’z ko’zlarini kuzatuvchanlikka o’rgatishi lozim.



Tavsif. Kuzatish va eksperiment o’tkazish jarayonining natijasi tavsiflash yoki bayon etish yo’li bilan ifodalanadi. U umumiy qabul qilingan atamalar yordamida tuzilgan, grafiklar, rasmlar, foto va kinotasvirlar ilova qilingan, matematik, kimyoviy formulalar kiritilgan hisobot ko’rinishida ifodalanishi ham mumkin. Tavsifga qo’yiladigan asosiy ilmiy talab – kuzatish va eksperiment ma’lumotlarini to’g’ri va aniq aks ettirishdir. Tavsif to’liq yoki noto’liq bo’lishi mumkin, biroq u doim materialni ma’lum darajada tizimga solishni, ya’ni uni guruhlash va umumlashtirishni nazarda tutadi: sof tavsif ilmiy ijod doirasidagina qoladi.

Taqqoslash. Bilish empirik metodlarining muhim unsuri – taqqoslash, ya’ni o’rganilayotgan ob’ektlarning kuzatish yoki eksperimentda aniqlanayotgan xossalari o’rtasidagi o’xshashlik va farqlarni aniqlashdir.

O’lchash taqqoslashning ayrim ko’rinishi, ob’ekt xossalarining rivojlanish darajasini tavsiflovchi kattalikni aniqlash jarayoni. Kuzatish va eksperiment natijalari o’lchash yo’li bilan ifodalangan taqdirdagina ilmiy ahamiyatga ega bo’ladi.. U o’lchash birligi sifatida qabul qilingan boshqa kattalik bilan taqqoslash shaklida amalga oshiriladi.


Yüklə 101,18 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   57




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin