2-Ma’ruza. Borliq- falsafaning fundamental kategoriyasi. Olamning universal aloqalari va rivojlanish. Falsafaning qonunlari va kategoriyalari Bilish nazariyasi: asosiy muammolari va yo’nalishlari Reja


Hissiy darajadagi bilimning shakllari



Yüklə 101,18 Kb.
səhifə48/57
tarix02.01.2022
ölçüsü101,18 Kb.
#41019
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   57
2-Ma’ruza. Borliq- falsafaning fundamental kategoriyasi. Olamning universal aloqalari va rivojlanish. Falsafaning qonunlari va kategoriyalari Bilish nazariyasi asosiy muammolari va yo’nalishlari (1)

Hissiy darajadagi bilimning shakllari. Sezgi a’zolari orqali olingan bilim – hissiy bilimlardir. Narsalarning xossalarini sezgi a’zolari sezish va idrok etish natijasida olingan bilim hissiy bilimdir. Masalan, inson uchayotgan samolyotni ko’radi va buning nimaligini biladi.

Sezgi. Bilish faoliyatida sezgi – narsalar ayrim xossalarining sezgi a’zolari orqali his qilingan oddiy obrazi, in’ikosi, nusxasi yoki o’ziga xos surati dastlabki sezgi obrazi hisoblanadi. Masalan, aplesinda biz to’q sariq rang, o’ziga xos hid, ta’mni sezamiz. CHunki, sezgilar insondan tashqaridagi muhitda yuz berayotgan va uning sezgi a’zolariga ta’sir ko’rsatayotgan jarayonlarda yuzaga keladi. Ovoz va yorug’lik to’lqinlari, mexanik bosim, kimyoviy ta’sir va hokazolar tashqi ta’sirlantiruvchilar hisoblanadi.

Idrok. Sezgi a’zolariga bevosita ta’sir ko’rsatuvchi predmetlar, ularning xossalari va munosabatlarini aks ettiruvchi yaxlit obrazni idrok etish deb ataladi. Insonning idrok etishi narsalar, ularning xossalari va munosabatlarini tushunish va anglab etishni o’z ichiga oladi. Bunda inson o’zining har bir yangi taassurotini mavjud bilimlar tizimiga kiritadi. Sezish va idrok etish inson tashqi dunyoga amaliy ta’sir ko’rsatishi jarayonida, mehnatda, sezgi a’zolari faol ishlashi natijasida amalga oshadi va rivojlanadi; masalan, harakatsiz ko’z narsalar rangini farqlashga qodir emas.

Xotira o’tmish va hozirgi zamonni birlashtiradi, ularning bir-biriga o’tishini ta’minlaydi. “Tovushlar va so’zlar soni ko’paygandan keyin, odamga uning xotirasi yordamga keladi... YOzuv ham xotira bilan birga inson imkoniyatlarini oshiradi”5. Agar obrazlar miyada unga predmet ta’sir ko’rsatgan paytda paydo bo’lib, bu ta’sir to’xtaganidan keyin darhol g’oyib bo’lganida, inson narsalarni har safar mutlaqo notanish narsalar sifatida qabul qilgan, u mazkur narsalarni tanimagan, demak, ularni anglamagan bo’lar edi. Biror narsani anglash uchun aqlning ishlashi – hozirgi holatni oldingi holat bilan taqqoslashi talab etiladi. Tashqi ta’sirlarning idrok etilishi va ularning vaqtda saqlanishi natijasida xotirada tasavvurlar uyg’onadi.

Tasavvurlar bu bir paytlar insonning sezgi a’zolariga ta’sir ko’rsatgan va keyinchalik miyada saqlanib qolgan aloqalar bo’yicha gavdalanadigan narsalarning obrazlaridir.

Sezish va idrok etish ong, fikr shakllanishining boshlanishi hisoblanadi. Xotira olingan axborotni qayd etadi va saqlaydi. Tasavvurda esa ong ilk bor o’zining bevosita manbaidan ajraladi va nisbatan mustaqil sub’ektiv hodisa sifatida mavjud bo’la boshlaydi. Inson nisbatan yangi obrazlarni erkin yaratishga qodir. Tasavvur – bu idrok etish va nazariy tafakkur o’rtasidagi bog’lovchi bo’g’in.



Xayol insonning muhim xossasi. Xayol kuchi tajribada (ongda) mavjud obrazlarni nafaqat qayta chaqiradi, balki ularni bir-biri bilan bog’laydi va shu tariqa ularni umumiy tasavvurlar darajasiga ko’taradi Xayol tafakkur oqimida etishmayotgan ko’rgazmalilik o’rnini to’ldiradi.. Obrazlarni qayta gavdalantirish xayol kuchi bilan erkin va bevosita kuzatish yordamisiz amalga oshiriladi. Tasavvurlar paydo bo’lishining bu shakli bunday erkin faoliyat ko’rsatish qobiliyatiga ega bo’lmagan, biroq amalda kuzatishga muhtoj bo’lgan va obrazlar beixtiyor paydo bo’lishiga yo’l qo’yadigan oddiy eslashdan shu bilan farq qiladi.


Yüklə 101,18 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   57




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin