2-Ma’ruza. Borliq- falsafaning fundamental kategoriyasi. Olamning universal aloqalari va rivojlanish. Falsafaning qonunlari va kategoriyalari Bilish nazariyasi: asosiy muammolari va yo’nalishlari Reja



Yüklə 101,18 Kb.
səhifə47/57
tarix02.01.2022
ölçüsü101,18 Kb.
#41019
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   57
2-Ma’ruza. Borliq- falsafaning fundamental kategoriyasi. Olamning universal aloqalari va rivojlanish. Falsafaning qonunlari va kategoriyalari Bilish nazariyasi asosiy muammolari va yo’nalishlari (1)

4. Bilishinson qo’lga kiritadigan axborotning eng oliy darajasi. Bu axborotni u bilish muammolari va vazifalarini qo’yish va echish yo’li bilan, izchil anglab etadi. Axborot miyaning mvhumlashtiruvchi faoliyati yordamida belgi shaklini (2  2  4) kasb etadiki, bu unga ishlov berish, saqlash va keyinchalik undan foydalanish uchun qulaydir.

Bilish inson izchil va ijodiy faoliyatining ijtimoiy jarayoni bo’lib, unda tashqi dunyoning ideal obrazlari yuzaga keladi va bilish maqsadi bo’lgan bilim shakllanadi.

Bilish jarayoni tarix falsafasida muayyan vaqt mobaynida (masalan, XVIII asr falsafiy materializmida) insonning sezgi a’zolariga tabiatning mexanik ta’siri sifatida qaralgan. Inson passiv mavjudot va tabiat uni o’z maqomiga yo’rg’alatadi, deb hisoblangan. «Biz qo’g’irchoqlarmiz va taqdir bizni iplarimizdan tortib o’ynatadi», deb yozgan edi V.Gyugo. Biroq amalda bilish doim ancha faol xususiyatga ega bo’lgan va shunday bo’lib qoladi. Bu odamlarning ehtiyojlari va manfaatlari, ularning umumiy maqsadlarga erishish yo’lidagi hamkorligi va boshqa omillar bilan belgilanadi. Boshqacha aytganda, bilish ijtimoiy tabiat, jihat va xususiyatlarga ega. Bunga, jumladan, nemis klassik falsafasida sub’ektning faolligi konsepsiyasida (I.Fixte va boshqalar) alohida e’tibor qaratilgan.



Bilishning ijtimoiy tabiati, agar bu haqda atroflicha so’z yuritadigan bo’lsak, yana quyidagilarni ham anglatadi. Bilish doim ijtimoiy munosabatlar va madaniy dunyosining faol ta’siri ostida yuz beradi. Biz faqat o’zimiz yashayotgan davr shart-sharoitlarida va bu shart-sharoitlar beradigan imkoniyat darajasida bilishimiz mumkin. Bu shart-sharoitlar jamiyatning muhim ehtiyojlari ko’rinishida ijtimoiy buyurtmani yuzaga keltiradi. Ular sub’ektni shakllantiradi va bilish jarayoniga muayyan darajada ta’sir ko’rsatadi – uni jadallashtiradi yoki sekinlashtiradi. Masalan, o’rta asrlarda dunyo va insonni bilishga din va cherkov katta ta’sir ko’rsatgan. XX asrda esa bilishga boshqa omillar, chunonchi: kosmosni keng miqyosda o’zlashtirish, ekologiya, oziq-ovqat muammolarini echish va hokazolar kuchli ta’sir ko’rsatmoqda.

Yüklə 101,18 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   57




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin