2-Ma’ruza. Borliq- falsafaning fundamental kategoriyasi. Olamning universal aloqalari va rivojlanish. Falsafaning qonunlari va kategoriyalari Bilish nazariyasi asosiy muammolari va yo’nalishlari (1)
Mifologik bilim insoniyat tarixining dastlabki bosqichida muhim rol o’ynagan. Mifologik bilimning o’ziga xos xususiyati shundan iboratki, u borliqning fantastik in’ikosi hisoblanadi.Mifologiya doirasida tabiat, koinot va odamlar, ular mavjudligining shart-sharoitlari, aloqa shakllari va hokazolar haqidagi muayyan bilimlar shakllangan. So’nggi vaqtda (ayniqsa strukturalizm falsafasida) mifologik tafakkur – bu shunchaki fantaziyaning tiyiqsiz o’yini emas, balki ajdodlar tajribasini qayd etish va keyingi avlodlarga berish uchun imkoniyat yaratadigan dunyoni o’ziga xos tarzda modellashtirish ekanligi aniqlandi.