2-Ma’ruza. Borliq- falsafaning fundamental kategoriyasi. Olamning universal aloqalari va rivojlanish. Falsafaning qonunlari va kategoriyalari Bilish nazariyasi asosiy muammolari va yo’nalishlari (1)
Badiiy bilimborliqni tushunib etish refleksiyaning o’ziga xos shakli bo’lib, u san’at borlig’ining barcha bosqichlarida – asar g’oyasidan boshlab uning odamlar tomonidan qabul qilinishigacha – o’ziga xos tarzda ro’yobga chiqadi. Badiiy ijodni ijodkorning fikrlari va kechinmalarini anglab etish ob’ekti – butun dunyoga uzviy bog’lagan holda san’at tilida moddiylashtirish deb ta’riflash mumkin. SHaklan badiiy faoliyat ob’ektga qarab mo’ljal oladi, mazmunan esa, u shaxs o’zligining ifodasi, inson ma’naviy hayotining intim tomoni, ijodkor ideallari va didining majmui hisoblanadi.