2.3-jadval 2010-2015 yillarda import qilingan tovar maxsulotlarining hajmi(ming tonna hisobida)
Yillar
2010
2011
2012
2013
2014
2015
Improt miqdori, ming t.
1728
1622
1505
1732
1656
1623
Yillar
1
2
3
4
5
6
Improt miqdori, ming t.
1,73
1,62
1,51
1,73
1,66
1,62
Mln. т. Yillar
Tovarlarni import qilish dinamikasi Chiziqli diagrammada bir nechta hodisa dinamikasini ham tasvirlash mumkin. Bunday holda siniq chiziqlar har xil ranglar bilan yoki bir-biridan ajralib turadigan ko’rinishda chizilishi kerak.
Foizlar Yillar
Oziq-ovqat va nooziq-ovqat maxsulotlarining tovaroborot dinamikasi Savdo shaxobchasida bir kunda sotilgan tovarlar quyidagicha taqsimlangan
Oraliq variatsion qatorlar uchun tuzilgan diagramma taqsimlanish gistogrammasi deb yuritiladi.
Tovarlar soni (dona) Tovarlar bahosi (so’m)
Sotilgan tovarlar bahosi va soni bo’yicha taqsimlanish poligoni Tovarlar soni (dona)
Tovarlar bahosi (so’m)
Sotilgan tovarlar bahosi va soni bo’yicha taqsimlanish gistogrammasi.
Ustun (yoki lenta) shaklli diagramma statistik ma’lumotlarni ko’rsatmali qilib tasvirlashning eng oddiy usulidir.
Tovar maxsulotlarining hajmi
Yillar
Jami maxsulotlar soni (ming tonna)
Shu jumladan
Jamiga nisbatan % hisobida
Oziq-ovqat maxsulotlari
Nooziq-ovqat mahsulotlari
Oziq-ovqat maxsulotlari
Nooziq-ovqat mahsulotlari
2000
2010
11799
20322
4322
8282
7477
12040
36,6
40,8
63,4
59,2
Mln. tonna Yillar
Tovar almashuvining miqdori 2.2. Iqtisodiyotda omillar va ularning turlari Iqtisodiy jarayonlarni o’rganish maqsadida statistik kuzatishlar natijasida olingan ma’lumotlar jarayonning ma’lum bir tomonini (qirrasini) ifodalovchi belgilar bo’lib, ular jarayonlarning o’zgarishida natijaviy va ta’sir etuvchi omillarga bo’linadi. Bir belgining o’zgarishi natijasida ikkinchi belgi ham o’zgarsa, birinchi belgi omil belgi, ikkinchi belgi esa natijaviy belgi deyiladi va bu omillarning o’zaro bog’liqligini ko’rsatadi va quyidagicha ifodalanadi:
Bu erda u natijaviy belgi, xi lar esa omil belgilardan iborat.
O’zgaruvchilar o’zaro bog’liq va bog’liq bo’lmagan o’zgaruvchilarga bo’linadi. Ularning o’zaro bog’liq yoki bog’liq emasligi korrelyatsion tahlil natijalari asosida aniqlaniladi.
Omillar o’zlarining sifat va miqdoriy jihatlariga ega. Son bilan ifodalanadigan belgilar miqdoriy belgilar deyiladi, Son bilan ifodalanmaydigan, ya’ni so’z bilan ifodalanadigan omil va natijaviy belgilarni sifat tomonini ifodalovchi belgilar -atributiv belgilar deyiladi. Omillar miqdoriy jihatdan o’lchalanadigan bo’lishi kerak. Agar omillar miqdoriy jihatdan o’lchash imkoniyati bo’lmagan sifat ko’rsatkichlaridan iborat bo’lsa, ularni miqdor jihatdan aniqlashtirish zarur (masalan, natijaviy belgi -hosildorlikka ta’sir etuvchi tuproqning sifati –omil belgi, bal ko’rinishida emas balki qiymat ko’rinishiga aylantirilishi kerak).
Iqtisodiy jarayonlarni tadqiq qilishda o’rganiluvchi omillar endogen va ekzogen omillarga bo’linadi. Tenglamalar tizimi bilan ifodalangan iqtisodiy jarayonlarda natijaviy belgilar ui lar, ya’ni bog’liq o’zgaruvchilar endogen omillar deyiladi. Ekzogen o’zgaruvchilar avvaldan aniqlangan, endogen o’zgaruvchilarga ta’sir etuvchi, lekin ularga bog’liq bo’lmagan o’zgaruvchilardir, ular odatda x sifatida belgilanadi.
Davriy qatorlar Ekonometrik modellarni ikki turdagi ma’lumotlar asosida qurish mumkin:
turli ob’ektlar to’plamini ma’lum bir vaqtdagi holatini tavsiflovchi ma’lumotlar;
bitta ob’ektning holatini qator ketma-ket kelgan vaqtda tavsiflovchi ma’lumotlar.
Birinchi turdagi ma’lumotlar asosida tuzilgan modellar fazoviy modellar deb, ikkinchi turdagi ma’lumotlar asosida tuzilgan modellar esa davriy qatorlar modellari deb ataladi.
Davriy qator –bu ma’lum bir ko’rsatkichning bir qancha ketma-ket kelgan momentlar yoki davrlardagi qiymatlari yig’indisidir. Davriy qatorlarning har bir darajasi bir qancha omillarning ta’siri natijasida yuzaga keladi va bu omillarni shartli ravishda uchta guruhga bo’lish mumkin:
qatorning tendentsiyasini shakllntiruvchi omillar;
O’rganilayotgan xodisa va jarayonlarda omillar turli ko’rinishlarda namoyon bo’lganda qator darajalarining vaqtga bog’liqligi turli shakllarda bo’lishi mumkin.
Birinchidan, ko’pchilik iqtisodiy ko’rsatkichlar davriy qatorlari omillar to’plami o’rganilayotgan ko’rsatkichlar dinamikasiga uzoq muddat ta’sir etishini tavsiflovchi tendentsiyaga ega bo’ladi. Haqiqatda, alohida olingan omillar o’rganilayotgan ko’rsatkichga turli yo’nalishlarda ta’sir etishi mumkin. Ammo, ular birgalikda o’suvchi yoki kamayuvchi tendentsiyalarni tashkil etadi. 2.1a)-rasmda o’suvchi tendentsiyaga ega bo’lgan gipotetik davriy qatorlar ko’rsatilgan.
2.1-rasm. Davriy qatorning asosiy komponentalari
a – o’suvchi tendentsiya; b – mavsumiy komponenta; v – tasodifiy komponenta
Ikkinchidan, o’rganilayotgan ko’rsatkich tsiklik tebranishga ega bo’lishi mumkin. Bu tebranishlar mavsumiy xarakterga ega bo’ladi, chunki ko’pchilik iqtisodiy tarmoqlarning iqtisodiyoti yilning davrlariga bog’liq (masalan, yozgi davrda qishloq xo’jaligi mahsulotining bahosi qishki davrdagiga nisbatan arzonroq bo’ladi, kurort shaharlarida qish faslida ishsizlik darajasi yozgi faslga nisbatan yuqori bo’ladi). Uzoq vaqt oralig’i uchun ma’lumotlarning katta massivi mavjud bo’lganda bozor kon’yukturasining umumiy dinamikasi hamda mamlakat iqtisodiy holati bilan bog’liq bo’lgan tsiklik tebranishlarni aniqlash mumkin. 2.1b)-rasmda faqat mavsumiy komponentaga ega bo’lgan gipotetik davriy qatorlar keltirilgan.
Ayrim davriy qatorlar hech qanday tendentsiyaga va davriy komponentalarga ega bo’lmaydi, ularning har bir keyingi darajasi qatorning o’rtacha darajalari yig’indisi va ayrim (manfiy yoki musbat) tasodifiy komponentalardan tashkil topadi. 2.1v)-rasmda faqat tasodifiy komponentalarga ega bo’lgan qator keltirilgan. Albatta, yuqorida keltirilgan modellarning hech biridan to’lig’icha haqiqiy ma’lumotlar kelib chiqmaydi. Asosan, modellar uchchala komponentalarni o’z ichiga oladi. Qatorning har bir darajasi tendentsiya, davriy tebranishlar va tasodifiy komponentalar ta’sirida shakllanadi.
Ko’p holatlarda davriy qatorlarning haqiqiy darajasini trend, tsiklik va tasodifiy komponentalarning yig’indisi yoki ko’paytmasi shaklida tasavvur qilish mumkin. Uchchala komponentalarning yig’indisidan tuzilgan model davriy qatorning additiv modeli deyiladi. Uchala komponentalarning ko’paytmasidan tuzilgan model davriy qatorning multiplikativ modeli deyiladi.
Alohida davriy qatorlarni ekonometrik tadqiq qilish – yuqorida olingan ma’lumotlarni qatorning kelajakdagi qiymatlarini bashoratlash uchun yoki ikki va undan ko’p davriy qatorlarning o’zaro bog’langan modellarini tuzishda qo’llash uchun komponentalarning har biriga miqdoriy ifodalarni (qiymatlarni) aniqlash va berishdan iborat.
Foydalanilgan adabiyotlar
Asosiy adabiyotlar:
1.Christopher Dougherty. Introduction to Econometrics. Oxford University Press, 2011. – 573 p.
2.Gujarati D.N. Basic Econometrics. McGraw-Hill, 5th edition, 2009. – 922 p.
3.Абдуллаев О.М., Ходиев Б.Ю., Ишназаров А.И. Эконометрика. Учебник. –Т.: Fan va texnologiya. 2007. – 612 с.
4.Шодиев Т.Ш. ва бошқалар. Эконометрика. –Т.: ТДИУ, 2007. – 270 б.
5.Абдуллаев О.М., Жамалов М.С. Эконометрическое моделирование. Учебник. –Т.: Fan va texnologiya. 2010. – 612 с.
Айвазян С.А. Прикладная статистика и основы эконометрики. Учебник. – М. ЮНИТИ, 2007. – 345 с.
Елисеева. И.И., Курышева С.В. и др. Эконометрика: Учебник. - М.: Финансы и статистика, 2007. – 260 с.
Habibullayev I. Iqtisodiy matematik usullar va modellar: o‘quv qo‘llanma / O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi. -Toshkent: “Tafakkur-Bo’stoni”, 2012. 112 b.
Internet resurslar:
www.mf.uz – O’zbеkiston Rеspublikasi Moliya vazirligi sayti.
www.lex.uz – O’zbеkiston Rеspublikasi qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasi.
www.ifmr.uz – O’zbеkiston Rеspublikasi Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti sayti.
www.mineconomu.uz – O’zbеkiston Rеspublikasi Iqtisodiyot vazirligi sayti.
www.stat.uz – O’zbеkiston Rеspublikasi davlat statistika qo’mitasi rasmiy sayti.