Korxonalarning ishlab chiqarish quvvati. Korxonaning ishlab chiqarish quvvati belgilangan muddat ichida tayyorlanishi mumkin bо‘lgan mahsulot birligi yoki hajmini bildiradi. Korxonaning zarur quvvatlarini aniqlash quyidagilarni hisobga olgan holda amalga oshiriladi:
muayyan mahsulot uchun bozor talabining mavjudligi;
talab qilinuvchi resurslarning mavjudligi;
ishlab chiqarish turi (donalab, seriyali va xokazo);
ishlabchiqarish bosqichlarida xomaki mahsulotlar bilan taminlanganligi.
chiqarilayotgan mahsulot yoki kо‘rsatilayotgan xizmat turi;
qо‘llanayotgan texnologiya;
mazkur ishlab chiqarishning rentabelligi.
Korxonaning ishlab chiqarish quvvatini belgilab beruvchi asosiy elementlar quyidagilardan iborat:
asbob-uskunalarning tarkibi va turlari bо‘yicha soni;
asbob-uskuna va mashinalardan foydalanish meyorlari;
asbob-uskunalarning ishlash vaqti;
ishchilar soni;
chiqarilayotgan mahsulot nomenklaturasi va assortimenti.
Ishlab chiqarish rejasini resurslar bilan ta’minlanishi.
Resurslarga bо‘lgan talabni, extiyojlarni hisoblash quyidagicha amalga oshiriladi:
aylanma mablag‘larga talab, extiyoj;
asosiy ishlab chikarish fondlari talab, ehtiyoj;
ish xaki tо‘lovlari uchun mablag‘larga talab.
Resurslarga ehtiyojni aniqlash uchun meyoriy, statistik va tajriba kabi turli usullar qо‘llanishi mumkin. Meyoriy usul bilan mahsulot chiqarish uchun resurslarga bо‘lgan ehtiyojni aniqlash maksadga muvofiq. Empirik va boshqa usullardan ta’mirlash-ekspluatatsiya ishlariga materiallar ehtiyojlarini hisoblashda foydalanish mumkin. Moddiy zahiralar asosan ishlab chiqarish jarayonini noma’lum xarakterli xaridlarga bog‘liqligini kamaytirish, texnologik ishlov berish bо‘yicha kelgusi operatsiyalarni ishlab chiqarish bosqichidagi avvalgi xatolardan mustaqil bо‘lishi, shuningdek, xaridorlar talabi barqaror bо‘lmagan hollarda tayyor mahsulotning barqaror taklifini ta’minlash uchun mо‘ljallanadi.
Moddiy zahiralarni rejalashtirishda ularning optimal hajmiga rioya qilish kerak, chunki zahiralarning kamayib ketishi mahsulot ishlab chiqarish va sotishda uzilishlarga sabab bо‘lishi, ortiqcha zahiralarning tо‘planib qolishi esa aylanma vositalarning bog‘lanib qolishi, kreditorlik qarzlarining kо‘payishi, materiallarni olib kelish va saqlash uchun xarajatlarning ortishiga olib kelishi mumkin. Bu esa korxonaning moliyaviy holatini yomonlashtiradi.
Ushbu vazifani hal qilish uchun korxona zahiralarning belgilangan meyori moddiy resurslar minimal hajmiga amal qilishi lozim bо‘lib, bu resurslar korxonaning tо‘xtovsiz sur’atlarda ishlashini ta’minlashi lozim bо‘ladi.
Zahiralar hajmini uchta asosiy omil belgilab beradi:
kundalik material iste’moli hajmi;
materiallar sarflanishi xarakteri (iste’molning bir xillik darajasi);
ikki marta material olib kelish о‘rtasidagi vaqt.
Agar ishlab chiqarish zahiralari normativlardan past bо‘lsa, ishlab chiqarish jarayonining izdan chiqishi, ishchi kuchi va uskunalarning bekor turib qolishi, korxonaning ishlab chiqarish va iqtisodiy kо‘rsatkichlari pasayishiga olib kelishi mumkin. Shu bilan bir paytda, ishlab chiqarish zahiralarining belgilangan norma va normativlardan oshib ketishiga ham yо‘l qо‘ymaslik kerak, chunki bu mablag‘larning "muzlab" qolishiga va natijada korxonaning zarar kо‘rishiga olib keladi.
Resurslardan foydalanishni baholash. Biznes-rejani ishlab chiqishda korxonaning resurslardan foydalanishini yoritib berish zarur. Rejadagi kо‘rsatkichlarning amaldagi kо‘rsatkichlardan ortib ketishi korxonaning resurslardan foydalanish siyosatida ijobiy о‘zgarishlar rо‘y berganligidan darak beradi.
Nazorat savollari: Maxsulot ishlab chiqarish rejasi qanday kо‘rsatkichlardan iborat?
Ishlab chiqarish rejasi qanday vazifalarni bajarilishini kо‘zda tutadi?
Ishlab chiqarish kooperatsiyasi nimani anglatadi?
Korxonalarning ishlab chiqarish quvvati qanday kо‘rsatkichlar bilan belgilanadi?
Ishlab chiqarish rejasini resurslar bilan ta’minlash nimani anglatadi?