1-§. Yogʻ va yogʻ mahsulotlarining oziqaviylik qiymati
Moylarning oziqa qiymati ularning energetik qiymati va fiziologik taʻsiri orqali aniqlanadi. Margarin kishi organizmiga singishi jihatidan sut yogʻidan past emas va energetik qiymati jihatidan esa undan yuqori turadi. Buni quyidagi 4.1-jadvaldan koʻrish mumkin.
2.1-jadval
Yogʻlarni energetik qiymatlari
Yogʻlar
|
Oʻrtacha energetik qiymati, kJ
|
Kishi organizmiga singishi, %
|
Sut yogʻi
|
38,64
|
93-98
|
Paxta moyi
|
39,48
|
95-98
|
Kungaboqar moyi
|
39,23
|
95-98
|
Qoʻy yogʻi
|
38,84
|
74-84
|
Mol yogʻi
|
38,84
|
75-83
|
Sariyogʻ
|
32,51
|
93-98
|
Margarin
|
32,61
|
93-98
|
2.1-jadvaldan koʻrinib turibdiki, margarin organizmga singishi boʻyicha sariyogʻdan qolishmaydi, energetik qiymati boʻyicha esa undan ustun turadi.
Maʻlumki, mayda zarrachali emulsiya holatidagi yogʻlar kishi organizmiga yaxshi singadi. Bunga yogʻlarning suyuqlanish harorati, mazasi va hidi ham taʻsir etadi. SHu sababli, margarin uchun ishlatiladigan yogʻlar aralashmasi shunday tanlab olinadiki, tayyor mahsulotning erish harorati 31-340 C dan yuqori boʻlmasligi kerak.
Margarinda mavjud boʻlgan essensial (toʻyinmagan) yogʻ kislotalari uning fiziologik qiymatini oshiradi.
Yogʻlar va ulardan olingan mahsulotlarni oziqaviy qiymati, yogʻlarni yogʻ kislota va gliserid tarkibiga, ularda fosfatidlar, yogʻda eruvchi vitaminlar, sterollar, karotinoidlar va boshqa fiziologik faol moddalarni borligiga bogʻliq boʻladi.
Koʻp yillik biologik tadqiqotlar natijasida modda almashinishi buzilgan va ateroskleroz bilan kasallangan kishilarga moʻljallangan dietik oziqa yogʻlari tarkibida 40%gacha linol kislotasi boʻlishi zarurligi aniqlangan.
Tabiiy oʻsimlik moylari suyuq boʻladi, bu holat ularni ishlatish sohasini chegaralaydi, ayniqsa novvoylik va qandolat sanoatida ulardan foydalanib boʻlmaydi. Margarin bu kamchilikdan holi boʻlib, reseptura va tayyorlash texnologiyasini oʻzgartirib, turli sohada ishlatiladigan mahsulot olish mumkin.
Dostları ilə paylaş: |