3-bosqich. XX asr boshlariga mansub bo‘lib, “Elektromexanik” texnologiyalar
bilan farq qiladi Uning asosiy vositalari sifatida telegraf va telefonlardan
foydalanilgan. Bu bosqichda axborot texnologiyasining maqsadi ham o‘zgardi. Unda
asosiy urg‘u axborotni tasvirlash shaklidan, uning mazmunini shaqllantirishga
ko‘chirildi.
4-bosqich. XX asr o‘rtalariga to‘g‘ri kelib, “Elektron” texnologiyalar
qo‘llanilishi bilan belgilanadi. Bu texnologiyalarning asosiy vositasi EHMlar va ular
asosida tashkil etiladigan avtomatlashtirilgan boshqarish tizimlari va axborot izlash
tizimlaridir.
5-bosqich. XX asr oxiriga to‘g‘ri keladi. Bu bosqichda “Kompyuter”
texnologiyalari taraqqiy etdi. Ularning asosiy vositasi turli maqsadlarga
mo‘ljallangan dasturiy vositalarga ega bo‘lgan shaxsiy kompyuterlardir. Bu
bosqichda kundalik turmush, madaniyat va boshqa sohalarga mo‘ljallangan texnik
vositalarning o‘zgarishi ro‘y berdi. Lokal va global kompyuter tarmoqlari ishlatila
boshlandi.
Psixologik va pedagogik adabiyotlarda (N.V.Apatova, V.P.Bespalko,
I.Ya.Lerner, Ye.I.Mashbits, N.F.Talizina, V.S.SHviryov va boshq.) ta’lim jarayoni
axborot uzatishning turli jarayonlari bilan chambarchas bog‘liqligi ko‘p karra
ta’kidlanadi. Agar V.M.Glushakovning axborot texnologiyalari – bu axborotni ishlab
chiqish bilan bog‘langan jarayonlar ekanligi to‘g‘risidagi ta’rifiga amal qilinadigan
bo‘lsa, u holda ta’limda axborot texnologiyalaridan doimo foydalanib kelingan deb
xulosa chiqarish mumkin. Texnologiya tushunchasining o‘zi amaliy tadqiqotlarning
inson faoliyatini tubdan takomillashtirish, uning samaradorligi, jadalligini, texnik
qurollanganligini oshirishga yo‘naltirilganligini aks ettiradi.
Texnologiya tushunchasi moddiy ishlab chiqarish sferasida keng foydalaniladi.
Entsiklopedik va maxsus adabiyotlarda bu tushunchaning turli ta’riflari mavjud.
Entsiklopedik lug‘at mazkur tushunchani “xomashyo, material yoki yarimtayyor
mahsulotga, mahsulot ishlab chiqarish jarayonida amalga oshiriladigan ishlov berish,
tayyorlash, holati, xossalari, shaklini o‘zgartirish metodlari majmuasidir” deb
ta’riflaydi.
Dostları ilə paylaş: