2-ma’ruza mavzu: Axborot texnologiyasi tushunchasi va klasifikatsiyasi Reja



Yüklə 304,31 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/4
tarix22.01.2023
ölçüsü304,31 Kb.
#80070
1   2   3   4
portal.guldu.uz-2-ma`ruza

Texnologiya so‘zi grekchadan tarjima qilinganda san’at, ustalik, malaka 
ma’nosini anglatadi. Texnikada texnologiya deganda ma’lum kerakli material 
mahsulotni hosil qilish uchun usullar, metodlar va vositalar yig‘indisidan 
foydalanadigan jarayon tushuniladi. Texnologiya ob’ektining dastlabki, boshlang‘ich 
holatini o‘zgartirib, yangi, oldindan belgilangan talabga javob beradigan holatga 
keltiradi 
Texnologiya metodlarining tanlanishi tasodifiy emas va ularning hammasi 
yagona maqsadga erishish – konkret mahsulotni olishga yo‘naltirilgan. Boshlang‘ich 
mahsulotni o‘zgartirish metodlarining majmuasi va ketma-ketligi ma’lum ishlab 


chiqarish usulidan iborat. Shunday qilib, texnologiya – bu parametrlari oldindan 
berilgan mahsulotni boshqaruvchi ostida ishlab chiqarish vositalari majmuasidan 
foydalanib ishlab chiqarish usulidir. 
Shuni ko‘rish mumkinki, texnologiya ma’lum faoliyat bilan bog‘langan va faqat 
shu faoliyat natijasida amalga oshirilishi mumkin. Ishlab chiqarish vositalari 
texnologiyada ustivor rolga ega va mahsulotni olishda asosiy yuklamani o‘ziga oladi. 
Demak, texnologiyani o‘zlashtirish, bir tomondan, vositalarni o‘rganish, ikkinchi 
tomondan, mazkur vositalar bilan maqsadga yo‘naltirilgan faoliyatni egallashdir. Shu 
bilan birga, foydalaniladigan vositalarning imkoniyatlarini bilish texnologiyasi 
doirasida faoliyatni optimallashtirish imkonini beradi. 
Axborot texnologiyalarining maqsadi axborotni odam tahlil qilish uchun uni va 
shu tahlil asosida biror sa’y-harakatni bajarish bo‘yicha qaror qabul qilish uchun uni 
ishlab chiqarishdan iborat. Mazkur mavzu doirasida biz axborot texnologiyasi 
deyilganda ob’ekt, jarayon yoki hodisaning holati to‘g‘risida yangi sifatdagi 
axborotni (axborot mahsulotini) olish uchun ma’lumotlarni (birlamchi axborotni) 
to‘plash, ishlab chiqish va uzatish vositalari va metodlari majmuasini tushunamiz. 

Yüklə 304,31 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin