2-Ma’ruza. Mavzu: Pnevmatik va aralash arqoq tashlash usullari va ularning taxlili. Aylana va ko’p fazali to’quv dastgoxlari. Reja


Pnevmatik arqoq tashlash usulini afzalliklari



Yüklə 0,75 Mb.
səhifə2/3
tarix20.11.2023
ölçüsü0,75 Mb.
#164611
1   2   3
Pnevmatik arqoq tashlash usulini afzalliklari:

  • yuqori unumdorligi; arqoq tashlash tezligini yuqoriligi (1200 ayl/min, 2900 m/min gacha);

  • boshqarishni oddiyligi va harakatlanuvchi detallarni kamligi ularni ishdan chiqishini kamayishini ta’minlaydi;

  • dastgohni kam maydon egallashi;

  • dastgoh titrash darajasi va shovqinini kamligi;

  • dostgohni arzonligi; milk chiqindisini kamligi (faqat bir tomonda bo’ladi);



Kamchiliklari:

  • arqoq tashlashni davriyligi (uzlukli);

  • shaklli tig’ni qimmatligi;

  • energiya sarfini ko’pligi.



Pnevmatik to’quv dastgohlarini tavsiflari.

Dreyper” (AQSH) firmasi yaqin yillardan boshlab X-3000 rusumli pnevmatik to’quv dastgohini ishlab chiqara boshladi. Bu dastgohga Xant tipidagi tanda rostlagichi o’rnatilgan bo’lib, to’qima tortish va o’rash uchun mokili to’quv dastgohlarini to’qima tortish va o’rash mexanizmidan, arqoq ipini tashlash uchun esa “Gyunne” (Germaniya) firmasi dastgohlaridagi arqoq tashlash sistemasidan foydalanilgan. Dastgohni tezligi 400-500 min-1 ni, eni 127, 162, 182 smni, unumdorligi esa 770 metr arqoq minutni tashkil etadi. X-4000 dastgohini esa tezligi 450-600 min-1 ni, eni 190 va 280 smni, unumdorligi esa 1440 metr arqoq minutga etadi.


Gyunne” (Germaniya) firmasida ishlab chiqarilgan Air Jet 830 dastgohida chiziqli 7-75 teks, yuza zichligi (1 kv.m. to’qima oqirligi) esa 500 g/m2 gacha bo’lgan to’qimalarni ishlab chiqarish imkoniyatiga ega. Dastgoh eni 140-250 sm (10sm qadam bilan) bo’lib, tezligi 650 min-1, unumdorligi esa 1100 metr arqoq minutgacha etadi. Dastgoh fotoelektronli arqoq nazoratchisi va elektron tanda rostlagichi bilan ta’minlangan bo’lib, dastgohni ASUTP sistemasidagi EO’Mga ulash imkoniyati ham mavjud.
Picanol” (Belgiya) firmasi oxirgi yillarda pnevmatik to’quv dastgohlarini ishlab chiqarishga katta e’tibor bermoqda. Firmaning RAT air Tronic dastgohini tezligi 485-700 min-1, eni 190-330 sm bo’lib, texnologik jarayonlar mikroprotsessorlar yordamida nazorat qilinadi va amalga oshiriladi. “Zaurer” (SHvetsariya) firmasini oxirgi yillarda pnevmatik to’quv dastgohlarini ishlab chiqarishga katta e’tibor bermoqda. Firmaning RAT air Tronic dastgohini tezligi 485-700 min-1, eni 190-330 sm bo’lib, texnologik jarayonlar mikroprotsessorlar yordamida nazorat qilinadi va amalga oshiriladi.
Zaurer” (SHvetsariya) firmasini Saurer 600 to’quv dastgohini tezligi 430- 650 min-1, eni 185-285 sm bo’lib, dastgoh 4 rangli arqoq tashlash mexanizmi bilan ta’minlangan va asosiy texnologik jarayonlar mikroprotsessorlar yordamida rostlanadi.
Zultser -Ryuti” (Shvetsariya) firmasi L 5000 df L 5001 rusumli to’quv dastgohini ishlab chiqaradi va dastgoh tezligi 500 min-1 gacha, eni esa 190-380 sm bo’lib, unumdorligi 1500 metr arqoq minutga etadi. Dastgohdagi texnologik jarayonlar to’liq mikroprotsessorlar yordamida nazorat qilinadi va amalga oshiriladi.
Pnevmatik to’quv dastgohlarining guruxi juda keng bo’lib, ular Jettic 280NB dastgohi, 190 NB dastgohi, PN dastgohi, OK-PS dastgohi (sobiq Chexoslavakiya), “Vamateks” (Italiya) dastgohi,”Nissan motor”, Tsudakoma (Yaponiya) dastgohlari va bashqa dastgohlar kiradi.

6.1-rasmda Zultser Ryuti L5100 pnevmatik to’quv dastgohining estafetali purkagichlari ko’rsatilgan. SHaklli tig’dan foydalanish havo bosimi orqali arqoq ipini yo’naltirib, uni tanda ipidan ajratib turadi. Bunday shaklli tig’ni tunnelli tig’ deyiladi.





6.1-rasm. Zultser Ryuti L5100 pnevmatik to’quv dastgohining estafetali purkagichlari

6.2-rasmda shaklli tig’ va purkagich turlari keltirilgan. Purkagichlar dastgoh turi, arqoq ipining turi va chiziqli zichligi kabi ko’rsatgichlarga qarab tanlab olinadi.





6.2-rasm.Shaklli tig’ va purkagich turlari a) ko’p teshikli; b) bir teshikli.

6.3-rasmda Elitex pnevmatik to’quv dastgohini texnologik sxemasi keltirilgan. Dastgohni kam joy egallashi uchun 36 keyinchalik 450 qiyalikda ishlab chiqarilgan. Biroq bunday ishlanma dastgohni taxilash, unga xizmat ko’rsatish paytlarida noqulayliklar keltirganligi uchun xozirda ishlab chiqarilmaydi. Dastgoh tezligi 1200 ayl/min, arqoq tashlash tezligi esa 1920 m/min. ga etgan.





6.3-rasm. Elitex pnevmatik to’quv dastgohi.


Dastgohni afzalligi:


− kam joy egallashi;
− tanda g’altagi va to’qima valigini bir tomondaligi;
− shodalar 450 da joylashgan.
Kamchiliklari:
− iplarni o’tkazishni noqulayligi;
− to’qima enini chegaralanganligi, faqat 110 smgacha;
− faqat 2-8 shodali kulachokli xomuza hosil qilish mexanizmidan foydalanish;
− og’ir to’qimalarni ishlab chiqarish imkoniyatini yo’qligi;
− iplarni qayta ishlash imkoniyatini chegaralanganligi, 20-100 dtex.

6.4-rasmda Sulzer L9400 pnevmatik to’quv dastgohini estafetali arqoq tashlash sxemasi keltirilgan. Dastgoh ilmiy texnika yutuqlarini oxirgi ishlanmalaridan foydalagan holda ishlab chiqarilgan. Bunda kam havo sarfi bilan yuqori samaraga erishish asosiy omil qilib olingan. Dastgohda ikkita havo rezervari 9, 10 o’rnatilgan bo’lib, ulardagi havo bosimi har xil bo’ladi. Sistemada ikkita havo rezervaridan 9,10 foydalanish chiziqli zichligi yuqori bo’lgan iplarni ham kayta ishlash imkoniyatiga ega bo’lingan. Dastgohda eni 430, 460 va 540 sm bo’lgan to’qimalar ishlab chiqarish imkoniyati mavjud. Arqoq bobinasidan 1 arqoq ipi 6 chuvalib chiqib, arqoq to’plagich 2, dastlabki saplo 3, asosiy saplolardan 4 o’tib, tig’ kanali 5 orqali xomuzaga tashlanadi. Sensor 7 arqoq ipini etib kelgan yoki kelmaganligini tnazorat qilib turadi. Estafetali saplolarga 8 , havo ikkita rezervuarlardan etkazilib turiladi. Sensor 7, vaqt nazoratchisi 11 va kompressor 12 bir-biriga bog’liq holda ishlaydi.





6.4-rasm. Sulzer L9400 pnevmatik to’quv dastgohini estafetali arqoq tashlash sxemasi


1-arqoq bobinasi, 2-arqoq to’plagich, 3- dastlabki saplo, 4-asosiy saplo, 5-tig’ kanali, 6- arqoq ipi, 7- sensor, 8-estafetali saplolar, 9,10- rezervuarlar, 11-vaqt nazoratchisi, 12-kompressor.
Pnevmatik arqoq tashlash usulida havo bosimi eng asosiy ko’rsatgich bo’lib, uning miqdori qator texnologik omillarga (to’qima eni, ipning chiziqli zichligi, tanda iplarini soni, dastgoh tezligi, ip tarangligi va x.k.z.) bog’liq bo’ladi. Arqoq tashlash tezligi havo bosimiga bevosita bog’liq bo’lib, havo bosimini ortishi arqoq tashlash tezligini ortishiga olib keladi (6.5-rasm).



6.5-rasm. Arqoq tashlash tezligi va havo bosimini bog’liklik grafigi


6.6-rasmda arqoq tashlash va dastgoh tezligini to’qima eniga bog’liq grafigi keltirilgan.


Dastgohda ishlab chiqariladigan to’qima enini ortishi bilan arqoq tashlash tezligi ortib, dastgoh tezligi esa kamayib boradi. To’qima enini ortishi bilan arqoq tashlash vaqti ham mos ravishda ko’payib boradi va bu esa dastgoh tezligini kamayishiga olib keladi.



6.6-rasm. Dastgoh (1) va arqoq tashlash (2) tezliklarini to’qima eniga bog’liqligi
6.7-rasmda zamonaviy Mythos (Promatech, Italiya) pnevmatik to’quv dastgohi ko’rsatilgan.
Dastgoh quyidagi texnologik imkoniyatlarga ega:
− dastgohni tig’ bo’yicha eni, sm - 190-380;
− arqoq tashlash tezligi, m/min - 2500;
− iplarni qayta ishlash imkoniyati, yigirilgan ip - 7÷143 teks, filament ip - 20÷1100dtex,
− to’qima og’irligi, g/m2 - 800 gacha;
− arqoq ipi zichligi, arq/sm - 4-200 − arqoq ipinazoratchisi - sensorli.



6.7-rasm. Zamonaviy Mythos (Promatech, Italiya) pnevmatik to’quv dastgohi


Ko’p fazali to’quv dastgohlarini ishlash printsipi bir fazali to’quv dastgohlaridan tubdan farq qiladi, chunki bir fazali dastgohlarda to’qima hosil bo’lishidagi 5 ta jarayon ketma-ket bajariladi (9.1,a-rasm). SHuning uchun ko’pfazali to’quv dastgohlarini to’quv dastgohlarini uchinchi avlodi deyish mumkin.



9.1-rasm. Bir (a) va ko’p (b) fazali to’quv dastgohlarida homuza hosil qilish printsipi.


Ko’pfazali to’quv dastgohlarida to’qima ikki yo’nalishda hosil bo’ladi:


1. Tanda yo’nalishi bo’yicha. Bunda homuza hosil qilish, arqoq tashlash va jipslashtirish jarayonlari dastgoh bo’ylamasi (tanda ipi yo’nalishi) bo’yicha amalga oshiriladi.
2. Arqoq yo’nalishi bo’yicha. Bunda homuza hosil qilish, arqoq tashlash va jipslashtirish jarayonlari dastgohning ko’ndalangi (arqoq ipi yo’nalishi) bo’yicha amalga oshiriladi.
Ko’p homuzali to’quv dastgohlarida homuzaga arqoq ipi ichida erkin aylanuvchi g’altakka o’rnatilgan moki yordamida tashlanadi. Moki ichidagi g’altakchaga to’qima eniga yyetarli bo’lgan bitta arqoq uzunligidagi ip o’ralgan bo’ladi. Moki ichida shuningdek, qo’zg’aluvchan va qo’zg’almas qisqichlardan tashkil topgan ip taranglagich o’rnatilgan. Bir necha arqoq tashlovchilar birin-ketin tig’ yo’naltiruvchisi orqali to’qima eniga yetarli bo’lgan bitta arqoq uzunligidagi ipni bir vaqtda homuzaga tashlaydi. Arqoq ipi arqoq tashlagichga doimiy ravishda bitta arqoq uzunligida o’rab boriladi. Arqoq tashlagichlarni tezligi va soni aqoq tashlash normasidan kelib chiqib aniqlanadi. Har bir arqoq tashlagich ma’lum masofadan o’tgandan so’ng, o’sha joy maxsus tig’ yordamida jipslashtiriladi va keyingisi uchun yana homuza ochilib, arqoq tashlanib, jarayon uzluksiz davom etaveradi.



9.2-rasm. To’qima shakllantiruvchi baraban diskining jipslashtiruvchi va homuza hosil qiluvchi elementlari





9.3-rasm. To’qima shakllantiruvchi baraban


1-homuza hosil qiluvchi element, 2- jipslashtiruvchi grebenka, 3-arqoq tashlash kanali, 4-tanda yo’naltiruvchi, 5-yuqori homuza uchun tanda ipi, 6-pastki homuza uchun tanda ipi.

To’qima shakllantiruvchi baraban ikki xil diskdan: jipslashtiruvchi va homuza hosil qiluvchi va arqoq tashlash kanali bor elementlardan tashkil topgan(9.2- rasm). Disklar navbatma-navbat ma’lum masofada umumiy valga o’rnatilib chiqiladi (9.3-rasm).







9.4-rasm. Pnevmatik arqoq tashlash elementini ko’rinishi

1-Arqoq bobinalari, 2-arqoq ipini o’lchash mexanizmi, 3-arqoq nazoratchisi, 4- to’qima shakllantiruvchi baraban.


To’qima shakllantiruvchi barabanda quyidagi elementlar mavjud:


− homuza hosil qiluvchi element;
− jipslashtiruvchi grebenka;
− arqoq tashlash kanali;
− tanda yo’naltiruvchi;
− yuqori homuza uchun tanda ipi;
− pastki homuza uchun tanda ipi.

To’quv g’altagi va to’qima shakllantiruvchi baraban orasiga 2tadan 4 tagacha bo’lgan ajratuvi chiviqlar (prutok) o’rnatilgan bo’lib, ulardagi teshikchalardan barcha tanda iplari o’tkaziladi (9.3-rasm). Chiviqlar soni to’qima o’rilishini rapportiga bog’liq ravishda o’rnatiladi. Agar to’qima polotno o’rilishida bo’lsa, u holda 2 ta chiviq o’rnatilib tanda iplari navbatma-navbat 1-chi va 2-chi chiviqlardan o’tkaziladi. Agar o’rilish turi sarja 2/1 bo’lsa - 3ta chiviq, sarja 3/1 bo’lsa - 4ta chiviq o’rnatiladi. Chiviqlar tanda iplari yo’nalishiga ko’ndalang o’rnatiladi va ilgarilanma-qaytma harakatlanadi. Agar chiviqlar o’ng tomonga siljisa, undan o’tkazilgan tanda iplari ham birga o’sha tomonga siljiydi va to’qima shakllantiruvchi baraban soat strelkasiga qarshi tomonga aylanishi natijasida tanda iplarini homuza hosil qiluvchi elementni 1 (9.4-rasm) qabariq qismi ilib oladi va harakat davomida homuzani yuqorigi qismi hosil bo’ladi. Agar tanda chivig’i chap tomonga siljisa, unda homuza hosil qiluvchi elementni 1 (9.4-rasm) qabariq qismi tanda ipini ilib olmaydi va harakat davomida homuzani pastki qismi hosil bo’ladi. Arqoq iplari havo purkagich yordamida homuza hosil qiluvchi elementni qabariq qismida joylashgan kanalga 3 (9.4-rasm) tashlanadi. To’qima shakllantiruvchi baraban harakati davomida arqoq ipini jipslashtiruvchi element yordamida to’qima chetiga jipslashtiriladi va shuning bilan to’qimani bitta elementi hosil bo’ladi. Yuqoridagi jarayon bitta arqoq ipini tashlash ketma-ketligi yoritildi.


Dastgohda birdaniga 4 ta arqoq ipi bir vaqtda homuzaga tashlanadi va jarayon uzluksiz davom etadi.

Yüklə 0,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin