O’simlik tushayotgan nurni taxminan 1-5% o’zlashtiradi. Fotosintez barcha tirik organizmlar uchun ozuqa zanjirida energiya manbaidir. Xlorofill to’planishi uchun ham yorug’lik zarur.
2.
Transpiratsiya
Quyosh nurining o’simlikka tushayotgan 75%i o’simlikdan suvni bug’latishga sarf bo’ladi. Bunda suv bug’latish tezlashadi. Bu hol hozirgi davrda suv muammosini hal etishda muhim ahamiyatga ega.
3.
Fotoperiodizm
O’simlik va hayvonlarning hayotini uyg’unlashtirish uchun muhim (ayniqsa ko’payish davrida) ahamiyatga ega.
4.
Harakatlanishi
O’simliklarda kuzatiladigan fototropizm va fotonastiyalar o’simlikni yetarli yorug’lik bilan ta’minlashda muhim ahamiyatga ega. Fototaksis bir hujayrali o’simliklar va hayvonlarda o’ziga xos yashash joyini tanlashda rolь o’ynaydi.
5.
Hayvonlarning ko’rishi
Eng muhim organizmdagi funktsiyalardan biri hisoblanadi.
Odamlarda D vitaminni sintezlanishi, terini qorayishi kabi himoya moslanishlari. Tik tushayotgan nurdan qochish kabi xulqiy harakatlar.
Odam 0,40 – 0,75 mkm to’lqin uzunligidagi nurlarni ko’radi. Qisqa to’lqin uzunlikdagi nurlar ultrabinafsha, uzun to’lqin uzunlikdagilar esa infraqizil nurlar deb ataladi.
Yorug’lik birinchi navbatda yashil o’simliklar uchun zarur. Yorug’lik ta’sirida yashil o’simliklarda eng muhim fizologik jarayon, ya’ni fotosintez amalga oshadi. Bundan tashqari, yorug’lik hujayradagi biokimyoviy va fiziologik jarayonlarga, jumladan fermentlarning faolligiga oqsil va nuklein kislotalarning sintezlanishiga ta’sir etadi. Barg og’izchalarining harakati, gazlar almashinuvi hamda transpiratsiya va boshqalarga ham ta’sir etadi.