2-ma’ruza Mavzu: Tabiatni muhofaza qilishning ilmiy nazariy asoslari


Tirik organizmlarning harorat omiliga



Yüklə 239,25 Kb.
səhifə7/10
tarix25.12.2023
ölçüsü239,25 Kb.
#196588
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
2-ma`ruza

Tirik organizmlarning harorat omiliga
munosabati
Ko’pchilik tirik organizmlar hayoti 0o bilan 50oS o’rtasida o’tadi. Temperatura 0o dan past yoki 50oS dan yuqori bo’lganda barcha hayot jarayonlari mutlaqo to’xtaydi yoki keskin darajada sekinlashib qoladi. Demak, tirik organizmlar hayotiga harorat optimum, minimum va maksimum darajada ta’sir etadi.
Ayrim suvo’tlar va umurtqasiz hayvonlarning hayoti 0oS dan past bo’lgan temperatura ta’sirida normal o’tadi. Ba’zi bakteriyalar va zamburug’larning sporalari hamda ba’zi umurtqasiz hayvonlar (kolovratka, tixoxodka va ne’matodlar, hasharotlar) tanasi suvsizlantirilgach, ularga – 190o, - 273oS li past temperatura ta’sir ettirilganda ham hayotchanligi saqlanib qolgan. YOki ko’k-yashil, diatom va yashil suvo’tlar ayrim vakillarining 73o, - 93oS li qaynar buloqlarda normal o’sishi aniqlangan. SHimoliy qutbda suvning temperaturasi 0oS ga teng bo’lganda ham ko’pgina suv hayvonlari normal yashab suvo’tlar bilan ovqatlanadi. Shimol bug’usi, oq ayiq, tyulen va pingvinlar hayoti ham past haroratda normal kechadi.
O’simliklarning harorat omiliga qarab ekologik guruhlarga ajralishi
Barcha o’simliklarni haroratga bo’lgan munosabatiga ko’ra ikkita ekologik guruhga ajratish mumkin: yuqori harorat ta’sirida yaxshi o’sib rivojlanadigan termofil o’simliklar va past harorat ta’sirida yashovchi psixrofil o’simliklar. Har ikki guruhga mansub o’simlik turlari o’ziga xos moslanish xususiyatlariga ega. Termofil o’simliklar hujayrasi issiqlikka chidamliligi, organlar yuzasining kichrayishi, tuklarning yaxshi rivojlanganligi, efir moylariga ega bo’lishi, o’zidan ortiqcha tuzlarni ajratib chiqarishi, uzoq muddat davomida tinim davrini o’tkazishi va boshqa xususiyatlari bilan tavsiflanadi. Psixrofil o’simliklar sovuq sharoitni har xil holatlarda (ya’ni tinim yoki vegetatsiya davrida) anotomo-morfologik moslanish orqali o’tkazadi. Bunday moslnishlarga poyasining yer bag’irlab o’sishi, novdaning yotiq yo’nalishi, to’planish bo’g’imi va ildiz bo’ynining yer ostida joylanishi, hazonrezgilik, po’kak qavatning yaxshi rivojlanishi, oq tanaga ega bo’lish kabilarni ko’rsatish mumkin.

Yüklə 239,25 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin