2-ma’ruza Mavzu: Tabiatni muhofaza qilishning ilmiy nazariy asoslari


O’simliklarning yorug’lik omiliga moslashishi



Yüklə 239,25 Kb.
səhifə6/10
tarix25.12.2023
ölçüsü239,25 Kb.
#196588
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
2-ma`ruza

O’simliklarning yorug’lik omiliga moslashishi
O’simliklarni yorug’likka bo’lgan munosabatiga ko’ra uch guruhga ajratish mumkin:
1. Yorug’sevar (geliofit) o’simliklar. Ular yorug’lik yetarli bo’lgandagina normal o’sishi va rivojlanishi mumkin. Bunday o’simliklarga dasht, cho’l zonalaridagi o’simliklar, o’tloqzorlardagi qo’ng’irboshdoshlar va boshqa ba’zi turlar, o’rmon o’simliklar jamoasining birinchi qatlamini tashkil etuvchi baland bo’yli daraxtlar, O’rta Osiyo sharoitidagi qisqa vegetatsiya qiluvchi ko’p yillik o’t o’simliklarining efemeroid tipidagi hayot shakllari va boshqalar kiradi.
2. Soyasevar (stsiofitlar) o’simliklar. Ular kuchsiz yorug’lik tushayotgan joylarda o’suvchi o’simliklardir. Bularga o’simliklar qoplamining pastki qatlamlarida o’suvchi turlar, moxlar, plaunlar, paporotniklar, yong’oqzolar ostida o’suvchi yovvoyi xina, tog’gunafsha kabilarni ko’rsatish mumkin. Yorug’sevar va soyasevar o’simliklar morfologik, anatomik va fiziologik xususiyatlari bilan bir-birlaridan farqlanadi.
Hayvonlarning yorug’lik omiliga moslashishi
Yorug’lik hayvonlar hayotida muhim rol o’ynaydi. Chunonchi: a) yorug’lik ko’pchilik hayvonlar uchun fazoda mo’ljal olishda yordam beradi. Masalan, asalarilar asalshira ko’p bo’lgan joyni bildirish uchun iniga qaytgach, uzoq muddat davomida gir aylanib Quyosh bilan ozuqa joylashishiga nisbatan ma’lum burchak hosil qilgan holda to’htaydi.
Qushlar esa uzoq joylarga uchib ketayotganida Quyoshga qarab mo’ljal oladi; b) dengiz va okean suvlari tagida yashaydigan jonivorlar, quruqlikda yashaydigan baxzi qo’ng’izlar o’z tanasidan nur chiqarish xususiyatiga ega. Bu hodisa biolyuminestsentsiya deb ataladi. Bunday xususiyat sodda hayvonlardan tortib baliqlargacha xosdir. Bakteriyalar, zamburug’lar va ayrim tuban o’simliklar ham shunday xususiyatga egadir. Biolyuminestsentsiya hayvonlar hayotida signal vazifasini o’taydi. Signal tufayli ular turli hayot jarayonlari (jinsiy marosim, dushmandan himoyalanish, dushmanni chalg’itish, o’ljaga tashlanish kabilar)ni bajaradi; v) yorug’lik organizmlarning rivojlanishiga ham ta’sir ko’rsatadi. Masalan, o’rmon suvsariga qish mavsumida qo’shimcha yorug’lik ta’sir etilgan uning homiladorligi tezlashib, muddatidan oldinroq bolalagan.
Harakatda bo’ladigan hayvonlar o’ziga joy tanlashda yoritilish darajasini ham hisobga oladi. Kecha-kunduz davomidagi faollik uchun ma’lum darajada yorug’lik talab etiladi. Hayvonlar kunduzgi, tungi va g’ira-shirada faol hayot kechiruvchi turlarga ham ajratiladi.
Shunday qilib, hayvonlar ham yorug’likka bo’lgan munosabatiga ko’ra bir necha guruhga chunonchi, yorug’sevar, soyasevar hayvonlarga va yorug’likning o’zgarishiga keng yoki tor (qisqa) doirada moslashgan guruhlarga bo’linadi.

Yüklə 239,25 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin