Scopus uchun minimal mezon Scopusda indeksatsiya qilish butun dunyo bo’ylab jurnallar uchun katta yutuq hisoblanadi va bu jihat ilmiy jamiyatning boshqa a’zolari uchun jurnalning sifatini tasdiqlab beradi.
jurnal taqriz asosidagi kontentga ega bo’lishi kerak;
jurnal muntazam ravishda nashr etilishi kerak (ISSN xalqaro markazida ro’yxatdan o’tgan ISSN bo’lishi kerak);
kontent xalqaro auditoriya uchun dolzarb va tushunarli bo’lishi kerak (lotin transkripsiyasida bo’lishi, maqola nomi va annotatsiyasi ingliz tilida ham berilishi kerak);
jurnalning etika qoidalari mavjud bo’lishi;
bundan tashqari, umumiy amaliyotga ko’ra, jurnal Scopus (ikkinchi bosqich) ga qo’shilish uchun arizani ko’rib chiqishdan kamida ikki yil oldin chop etila boshlangan bo’lishi lozim.
Scopusga kirgan jurnalning qanday afzalliklari bor? Scopusga qabul qilingan jurnal:
Global ilmiy hamjamiyatni rag’batlantirish va ixtisoslashtirilgan fan sohalariga hissa qo’shish imkoniyatiga ega bo’ladi.
Jurnalning Scopusda keltirilganligini bilish qanchalik muhim? Jurnalning Scopusga kiritilganligi uni ilmiy jamoatchilik uchun potensial ahamiyatga ega ekanligini anglatadi. Scopusga kiritilgan jurnallar boshqa shu sohadagi jurnallardan o’zining ahamiyati bilan farqlanadi, ya’ni Scopus bazasiga kiritilgan nashrlar jurnallarni baholash jarayonida yuqori o’rinda turadi. Bundan tashqari, Scopusga kiritilgan jurnallar shu sohada ilmiy tadqiqot qilish uchun eng yaxshi indikatorlardan hisoblanadi.
Nima uchun maqolaning annotatsiyasi ingliz tilida bo’lishi kerak? Ingliz tili xalqaro ilmiy hamjamiyatning asosiy tili. Shuning uchun, Scopus (sarlavha, annotatsiya, kalit so’zlar)da taqdim etilgan barcha kontent ingliz tilida bo’lishi kerak. Bundan tashqari, Scopusda kontentni indeksatsiya qilish, profillash va qayta ishlash ingliz tilida amalga oshiriladi.
Scopusga kiritilgan nashrlarning to’liq matni istalgan tilda yozilishi mumkin (sarlavha, annotatsiya va kalit so’zlar ingliz tilida yozilgan bo’lsa). Hozirgi vaqtda Scopus 40 tilda ilmiy maqolalarni nashr etadi.