Chekka suvlar bosimidan foydalanib neft uyumini ishlatish sistemasi. Neftlilik chegarasi: 1 – tashqi chegara; 2 – ishki chegara; 3 – suyuqlik chiqaruvshi quduqlar
Ostki suvlar bosimidan foydalanib neft uyumini ishlatish sistemasi. 1 – neft; 2 – suv; 3 – quvurni perforatsiyalash oralig’i; suv neft tutash yuzasi (SNTYU) holati: suv neft tutash yuzasisining (SNTYUb) – boshlang’ish holati, (SNTYUj) – suv neft tutash yuzasisining joriy holati
Neft uyumini ostki suvlar bosimidan foydalanib ishlatish sistemalari. Sistema massiv tipidagi (odatda uyumning hamma maydoni ostida ostki suvlar mavjud bo’lganda) neft uyumlarida qo’llaniladi. Bunday uyumlar suv bosimli yoki faol tarang-suv bosimli rejim bilan tavsiflanadi. Uyumlar ishlanganda neftning suv ta’sirida siqilishidan hamma joyda suv-neft tutash yuzasi sathi ko’tariladi, ya’ni bir xil gipsometrik balandlikda joylashgan uyumlar oralig’i ketma-ket suvlana boshlaydi va uyumlar o’lchami kichrayadi. Uyum maydonida quduqlarning joylashtirilishi va kesimning mahsuldor qismini perforatsiyalash uyumning balandligiga va boshqa parametrlariga bog’liq. Agar uyum balandligi bir necha o’n metrga teng bo’lsa, quduqlar uyum maydoni bo’ylab bir maromda joylashtiriladi va ulardagi qatlamlar ustki qismidan boshlab suv-neft tutash yuzasidan bir necha metr yuqorida belgilangan shartli chegaragacha teshiladi (10.12-rasm). Uyum balandligi 200-300 m bo’lganda (karbonat kollektorlardagi ayrim massiv uyumlarga xos) quduqlarni uyum markazi tomon quyuqlashib boruvchi to’r bo’yicha joylashtirish lozim, bunda har bir quduqqa to’g’ri keladigan neft zaxirasi hisobga olinadi. Shunga ko’ra quduqlardagi kesimning mahsuldor qismini ochish uyumning filtratsiya xususiyatlarini hisobga olgan holda amalga oshiriladi. Agar neft qovushqoqligi past − 1-2 mPa·s gacha, o’tkazuvchanligi yuqori va mahsuldor qatlamning tuzilishi bir tarkibli bo’lsa, bunday sharoitlarda neftga to’yingan jinslarning yuqori qismida neft ochilishi mumkin, u pastda joylashgan neftli qatlamdan yuqoriga siqib chiqarilgan bo’ladi. Neft qovushqoqligi past bo’lib, jins-kollektor har xil tarkibli jinslardan tarkib topgan bo’lsa yoki neft qovushqoqligi yuqori bo’lsa, u holda neftga to’yingan qalinlik asta-sekin ochib boriladi.
Neftdan gazning ajralishi hisobiga hosil bo’ladigan energiyadan foydalanib uyumni ishlatish sistemasi. Neft va gaz uyumlarini erigan gaz rejimida ishlatishda ishlatish quduqlari odatda bir maromda joylashtiriladi, quduqlarni perforatsiyalash neftga to’yingan qalinlikni to’liq qamrab oladi. Qatlam suvlari va gaz qalpog’i gazi bosimlaridan birgalikda foydalanib uyumni ishlatish sistemalari. Bu sistema gaz-neft uyumining neftli qismini ishlatishda uning aralash rejimidan foydalanishni va neftni chegara suvi hamda gaz qalpog’i gazi bilan siqib chiqarishni nazarda tutadi. Ishlatish quduqlari bir maromda joylashtiriladi va neftga to’yingan qalinlikning suv-neft tutash yuzasidan uzoqroqdagi qismigina teshiladi. Suv gazga nisbatan yaxshi yuvish xususiyatiga ega bo’lgani uchun bu sistemani gaz qalpog’i nisbatan kichik uyumlar uchun qo’llash afzalroqdir. A.V.Afanaseva tomonidan bajarilgan hisob-kitoblarga ko’ra suv va gaz bilan neftni siqib chiqarish jarayoni uyumning neftli va gazli qismlarining hajmlari (Vn/Vg) nisbatiga bog’liqdir (jadval). Qatlamga suv(Qc) va gaz(Qg) haydab chiqarib olinadigan neft(%)