Ikkinchi o‘rin — Java Java asosan backend va android loyihalarining server tomonida ishlatiladi. Dasturchilar ayrim hollarda Java’dagi ramkalar yordamida saytning frontend qismini yaratishadi. Ko’pgina mashhur video o‘yinlar Java’da yozilgan.
Uchinchi o‘rin — C O‘yinlar va ilovalar kabi amaliy dasturlar odatda C dasturlash tilida yozilmaydi. Lekin u o‘rnatilgan dasturiy ta’minot uchun javob beradi. Uning sintaksisi C++, C#, Java va Objective-C uchun asos bo‘lgan.
To‘rtinchi va beshinchi o‘rinlarni mos ravishda C# va C++ dasturlash tillari egallagan.
Avvalambor mashxur shaxslardan biri Stiv Jobsning so’zlarini keltirib o’tmoqchiman “Mamalakatdagi har bir bola dasturlashni o’rganishi kerak chunki bu ularni mantiqiy fikrlashga o’rgatadi”. Aynan bizning O’zbekistonda dasturlashni rivojlantirish kerak chunki dasturlash matematika singari anchayin murakkab jarayon. O’zbekistonda esa matematika azaldan yaxshi rivojlangan. Jahon miqyosida yaxshi dasturchilarga extiyoj katta bo’lgan bir vaqtda nima uchun O’zbekistonliklar chet elda g’isht urish ko’cha va supurish bilan shug’ullanishi kerak. Dasturlashni o’rganishga 3 ta sabab bor:
Dasturchi bo’lish uchun.
Mantiqiy fikrlash, ijodiy fikrlash va o’z-o’ziga ishonchni oshirish uchun.
Faoliyati davomida qo’llash uchun.
Zamon texnika rivojlanishi natijasida dasturlash deyarli barcha sohalarga kirib bordi. http://econdataus.com saytidagi 2013 yilda tahlillar natijasiga ko’ra AQSH ning o’zida 2020 yilda 1 400 000 ta dasturlash bo’yicha mutahasis zarur bo’ladi, shu yo’nalish bo’yicha tahsil olayotganlar esa 400 000 tani tashkil etgan. Yana 1 mln ishchi o’rni bo’sh. Bu gaplarni gapirishimdan maqsad ko’pchilik dasturlash sohasidadan ketishni hohlamaydi bunga sabab quyidagi noto’g’ri mulohazalar:
Dasturi tuziladigan narsani o’zi qolmadi,
O’zbekistonda dasturchi bo’lib ishlaydigan joyning o’zi yo’q
Uchchala fikrni ham xato deb hisoblayman. Odamzod yaralibdiki kashf qilishdan to’xtamadi. Dasturlash ham to’htamaydi. Shunchaki hayotdagi muammolarni dasturlash yordamida yechiladigan g’oyalar tiqilib yotibdi.
O’zbekistonda dasturlash sohasi jadal rivojlanmoqda va anchagina ishchi o’rni ham bor.
Dasturlash bilan qanchalik chuqur shug’ullanganingiz buni imkonsiz emasligini sizning ham qo’lingizdan kelishiga shunchalik ishonib borasiz. Bora-bora e bu osonku degan fikr kela boshlaydi.
Dasturlash mantiqiy fikrlash, ijodiy fikrlash va o’z o’ziga ishonchni oshiradi. Hech dasturlash bilan shug’ullanayotgan bolani ko’rganmisiz.
Miyyasiga ko’plab axborotni bir vaqtda ushlab turishga majbur bo’ladi.
Nima uchun, nima bo’layapdi o’zgaruvchilar bir-biriga qanday ta’sir ko’rsatayapdi, biron qiymat yoki parametrni o’zgartirsa dastur qanday o’zgarayotganini tahlil qilib, mantiqiy fikrlashi o’sib boradi.
Dasturlash matematikaga bog’liq lekin farqi ham bor dasturlashda rasm chizish, musiqa bastalash kabi o’zi xohlaganday ijod qilish mumkin.
Ko’pchilikni hayratga solayotgan kompyuter siz aytganday ishlashi, ya’ni biron harakatga javobini oldindan nazorat qila olish bu har kim ham qila olmaydigan ishni bajarish. Aynan shu o’quvchilarni o’ziga ishonchi ortishiga va yana ham yuqori marralarga qarab intilishga undaydi.
Faoliyatingiz kompyuter bilan bo’gliqmi demak siz uchun dasturlashni o’rganish foydali. Aytaylik do’konda tovar aylanishini nazorat qilish uchun dastur kerak. Bunday dasturni topish, unga haq to’lash, uni o’rganish o’rniga o’zingiz soddagina dastur yaratib olishingiz mumkin. Siz o’qituvchimisiz? demak faningizga oid biror animatsiya yoki o’yin yaratishingiz mumkin. Siz statistika bilan shug’ullanasizmi? demak dasturlash sizga kerak va hokazo.