2-Ma’ruza: Reja


Interpretator ta'rifi. Interpretatorlar



Yüklə 84,61 Kb.
səhifə8/10
tarix21.06.2023
ölçüsü84,61 Kb.
#133825
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
laboratoriya-2

Interpretator ta'rifi. Interpretatorlar va translyatorlarning farqi

Bir biriga o‘xshagan kompilyator va translyator tushunchalaridan tashqari, ulardan prinsipial farq qiladigan interpretator tushunchasi xam mavjud.



Interpretator bu dastlabki tilda yozilgan kiruvchi programmani o‘zlashtirib uni buyruqlarini muntazam bajaruvchi programmadir.
Translyatordan prinsipial farqi shundaki u natijaviy programma yaratmaydi . Interpretator dastlabki programma matnini taxlil qiladi va kodni ma'nosiga qarab uni bajaradi. Agar joriy komandada xato bo‘lsa xabar berib ishni to‘xtatadi.
Albatta u dastlabki programmani xar bir komandasini mashina tiliga o‘tkazadi va keyin bajaradi. Lekin mashina kodini foydalanuvchi ko‘rmaydi va uni kodga kirish imkoniyati yo‘q. Bu mashina kodlari interpretator tomondan yaratiladi va bajariladi va o‘chiriladi. Foydalanuvchi faqat natijani ko‘radi.


7.7. Translyator, kompilyator va interpretatorlarning vazifalari
Birinchi programmalar bevosita mashina tilida yozilardi. Bu juda qiyin mexnatga arzimaydigan ish edi. Lekin kompyuterni odam tilini tushinadigan qilish xaligacha xal bo‘lmadi va xech qachon bo‘lmasa kerak.
Shuning uchun programm ta'minoti rivojlanishi yangi kompilyatorlar yaratish yo‘lida ketmoqda.
Birinchi kompilyatorlar Assembler tili uchun yaratilgan edi. Bu tilda mashina tilni buyruqlari simvolik ko‘rinishda yani mnemokod orqali yozilardi. Endi programma tuzish yengillashdi. Bunday programmani mashina tiliga o‘tkazidigan kompilyator ancha sodda edi va ular xozirgacha ishlatiladi.
Keyingi bosqichda yuqori darajali tillar paydo bo‘ldi. Bu tillarda oddiy tillardagi so‘zlar ishlatiladi, lekin bunday so‘zlar soni ko‘p emas. Oddiy tildan farqi shundaki gaplar aniq qoidalar bo‘yicha tuzilgan bu qoidalar formal grammatika yordamida ta'riflangan. Yuqori darajali tillar programmalash jarayonini ancha soddalashtirdi va yengillashtirdi, lekin bari bir programmani xammasi xam yoza olmasdi.
Oldin bunday kompilyatorlar bir ikkita edi keyinchalik onta, keyichalik 100dan ortiqcha bo‘ldi.
Kompilyatorlar, interpretatorga nisbatan sodda va natijaviy programma tezroq ishlaydi. Lekin kompilyatordan chiqqan programmani kamchiligi xam bor. Bunday programma aniq mashinani arxitekturasiga bog‘langan. Xozir S, S++ ,Paskal tillar kompilyatorlari rivojlan'yapdi. Interpretator faqat dastlabki til bilan bog‘liq, va bitta dastlabki programma xar xil mashinalarda ishlashi mumkin. Interpretatorlar uncha rivojlanmagan edi ma'lum interpretatorlardan biri Baysik edi.Xozirgi zamonda internet rivojlanishi bilan interpretatorlar tez rivojlana boshladi. Xozirgi interpretatorlar bu Java,JavaScript,C++ tillar va boshqalar

Yüklə 84,61 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin