2-Ma’ruza: Reja: Dasturlash tillari va ularning klassifikasiyasi.
Yuqori darajali dasturlash tillari.
Interpretatorlar va kompilyatorlar.
Dasturlash yoki kod yozish – bu kompyuterga ba’zi operatsiyalarni qanday bajarishni buyurishdir. Agar siz oldin hech kod yozmagan bo’lsangiz, ehtimol mavjud ilovalardagi narsalarni bosib kompyuter bilan muloqot qilgan bo’lsangiz kerak. Aslida, bu ilovalar komputerga ilovani qanday ko’rsatishni, ma’lumotlarni qayerda saqlash va olib chiqib berishni, hamda siz sichqonchani bosganinizda qanday javob qaytarishni aytadigan kodlardan tashkil topgan.
Butun dasturlash biz yuqorida muhokama qilgan informatikaning tamoyillariga asoslanadi. Shunisi diqqatga sazovorki, mantiq, algoritmlar, ma’lumotlar, tizimli loyihalashtirish kabi bir xil tushunchalar to’plami – siz hozir bu maqolani o’qishda foydalanayotgan brovzerdan tortib samolyotdagi avtopilot dasturini tuzishgacha – hamma joyda qo’llanilishi mumkin.
Ko'pchilik doʻstlarimdan sohamni dasturlashga oʻzgartirsammikin degan fikrlarni eshitaman. Ayniqsa, chet elga chiqqanlarning koʻpchiligi bunday hayolga borgan. Ular uchun bu sohaning baland-pastini sohani oʻzgartirishdan avval bilish faqat foyda keltiradi degan oʻy bilan ushbu maqolani yozishga qaror qildim.
Dasturlash — bu sizning biror bir muammoni hal qilish uchun kompyuterning ulkan imkoniyatlarini foydalanish qobiliyati. Buning uchun siz kompyuterga buyruq bera olishingiz kerak. Lekin bu eshitilganchalik oson ish emas. Kompyuter masalani hal qilishda har qanday insondan tez lekin u insonchalik "farosatli" emas
Dasturchi ham yaxshi ijodkor, ham kuchli mantiqli boʻlishi kerak. Rassom yoki haykaltarosh kabi ijodkor ahlining ilhomi kelmay siqilib, ichkilikka berilganini kinolarda yoki hayotda koʻrgan boʻlsangiz kerak. Dasturchilarda xuddi shunaqa holat koʻp boʻladi:
Menimcha, agar ushbu xususiyatlar sizda boʻlsa, siz dasturlash sohasiga oʻtishni eplaysiz:
Maktab paytingizda matematika, informatika yoki fizika kabi fanlarga qiziqqan va yaxshi oʻqigan boʻlsangiz;
Qandaydir gʻoyangiz boru, uni oʻzingiz amalga oshirishni istaysiz;
Umuman olganda, agar siz dasturlashni sevsangiz, bu erkaliklarini koʻtarish unchalik qiyinmas (ichib-chekish ham shartmas).
Endi tasavur qilaylik, bu sizga qiyinday tuyulyapti: osonrogʻi va tezroq pul topish mumkin boʻlgan boshqa shunga oʻxshash kasblar yoʻqmi?
Dasturlash o’z ichiga ko’plab matematik hisob-kitob va strukturani olsada, u yuqori darajada ijodiy ish hisoblanadi: bir qator kod bilan bir vaqtda mahsulotning tayyor holati haqida o’ylaysiz.
Dasturlash — kompyuterlar va boshqa mikroprotsessorli elektron mashinalar uchun dasturlar tuzish, sinash va oʻzgartirish jarayonidan iborat. Odatda dasturlash yuqori saviyali dasturlash tillari (HTML, CSS, JS, Bootstrap,C, Java, C++, Python) vositasida amalga oshiriladi. Bu dasturlash tillarining semantikasi odam tiliga yaqinligi tufayli dastur tuzish jarayoni ancha oson kechadi.
Dasturlash 1. Elektron mashinalarda masalalarni yechish hamda ularda har xil aqliy mehnat turlarini bajarish nazariyasi va usullarini ishlab chiqish bilan shugʻullanadigan fan; algoritmlar nazariyasining amaliy boʻlimi; insonning mashina bilan aloqa qilish vositasi. Asosiy vazifalaridan biri elektron mashinalar uchun programma (dastur) tuzish usullari, ularni tekshirish va takomillashtirishdan iborat. Yechilishi lozim boʻlgan masala algoritmi Dasturlashda „mashina tili“ga oʻtkaziladi.
Dasturlash — bevosita dasturlash va avtomatik dasturlashga boʻlinadi.