2-Ma’ruza: Reja


Dastur yaratish bosqichlari



Yüklə 84,61 Kb.
səhifə7/10
tarix21.06.2023
ölçüsü84,61 Kb.
#133825
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
laboratoriya-2

Dastur yaratish bosqichlari[tahrir | manbasini tahrirlash]
Birinchi bosqichda dastur uchun talab aniqlanadi. Ushbu jarayonda dasturning qanday maqsadda qoʻllanilishi, kirish va chiqish maʼlumotlari aniqlanadi. Dastur va resurslarni ishlab chiqish, uni joriy etishning narxi baholanadi.
Ikkinchi bosqichda dastur loyihasi ishlab chiqiladi. Dasturchilar uchun texnik topshiriq va vazifalar shakllantiriladi. Ishchi hujjatlar hamda ish rejasining grafigi tuziladi 
Uchinchi bosqichda dastur kodi yoziladi. Bu kodlash (dasturlash) jarayoni boʻlib, tuzilgan algoritm dasturlash tilida yoziladi. 
Toʻrtinchi bosqichda kodlash jarayoni tugab, dasturdagi xatoliklarni aniqlash va testlash boshlanadi. Bu jarayonda dasturning toʻgʻri tuzilganligi, ishlash samaradorligi va boshqa parametrlariga aniqlik kiritiladi.
Beshinchi bosqichda dastur amaliyotga joriy etiladi. Agar dastur aniq buyurtmachi talabiga muvofiq yaratilgan bólsa, u holds bu bosqich eng muhim bosqich sanaladi. Bunda avvalgi dasturda foydalanilgan qurilma va maʼlumotlar yangi dasturga moslanadi. Ushbu dastur bilan ishlovchi mutaxassislar óqitiladi.
Oltinchi soʻnggi bosqichda qoʻllab- quvvatlash amalga oshiriladi. Bu bosqichda foydalanuvchilarga tavsiyalar berilad
Dasturlash tillari 2 ta katta guruhlarga bo'linadi,
Quyi darajali dasturlash tili ancha murakkab bo'lib ular juda maxsus sohalarda ishlatiladi va ularning mutaxassislari ham juda kam. Chunki quyi dasturlash tillari (masalan: assembler) ko'pincha miktoprotsessorlar bilan ishlashda kerak bo'lishi mumkin. Odatda turli dasturlash ishlari uchun yuqori darajali dasturlash tilidan keng foydalaniladi.


Yuqori darajali dasturlash tillaridagi ko'rsatmalar inson tiliga yaqin bo'lgan so'zlar majmuyidan iborat. Ular yordamida amallarni bajarish quyi darajadagi tillardan ko'ra yengil bo'lib,dasturchidan deyarli adreslar va qurilmalar bilan bevosita bog'liq axborotlarni bilish talab etilmaydi!Bu tilda tuzilgan dasturlarni kompyuterlar bajara olish uchun translyatorlar deb nomlanuvchi maxsus dasturlar raqamli ko'rinishga o'tkazib beradi!

Yuqori darajali (C, C++, Java, Phyton, …) yoki quyi darajali (assembly tillar) dasturlash tillarida yozilgan kodlarni mashina tiliga o'tkazish uchun ishlatiladigan programmalar — translyatorlardeb ataladi.


Translyatorlarning 3 xil turi mavjud:

  • Assembler

  • Kompilyator

  • Interpretator

Assembler bu quyi darajali dasturlash tillarida yozilgan kodni mashina tiliga o'giruvchi translyatorlardir. Bu jarayonlar assmblatsiya (assembling) deb nomlanadi.
Assembler tili dasturlashda alohida o'ringa ega. Assembler tilidagi dastur to'g'ridan-to'g'ri markaziy protsessor buyruqlaridan foydalangan holda tuziladi. Bu esa dasturchiga protsessor imkoniyatlarini chinakam bilishga yordam beradi. Yuqorida ta'kidlanganidek, Assembler tilidan asosan kompyuter qurilmalari bilan to'g'ridan-to'g'ri ishlaydigan va ularni boshqaradigan dasturlar (drayverlar) tuzishda foydalaniladi. Masalan, mashina ishlab chiqaradigan korxonalardagi avtomatlashgan robotlardan boshlab elektron meditsina asboblarigacha barchasi uchun yoziladigan boshqaradigan dasturlar shular jumlasidandir. Ammo hozirgi mavjud barcha qurilmalar uchun boshqaruvchi dasturlar yozilgan-ku, endi Assemblerni o'rganish nimaga kerak degan savol tug'ilishi mumkin. To'g'ri, lekin hayot hozirda mavjud kompyuter imkoniyatlari bilan to'xtab qolmaydi. Kundan-kunga yangi qurilmalar ishlab chiqilayapti va ularni boshqaruvchi dasturlarni tuzish uchun Assembler dasturchilari kerak bo'ladi.
Kompilyator va interpretatorlar esa yuqori darajli dasturlash tillarida yozilgan kodlarni mashina tiliga o'giruvchi translyatorlardir. Bu jarayonlar kompilatsiya va interpretatsiya deb nomlanadi.
Kompilatsiya bu dasturlash tilida yozilgan kodni mashina tushunadigan tilga to'g'ridan-to'gri o'girish jarayoni. Mashina tiliga o'giruvchi programma esa kompilyator deb nomlanadi. Kompilyator butun kodni bir vaqtda skan qiladi va agar kodda xatoliklar bo'lsa koddagi barcha xatoliklarni ko'rsatadi, agar xatolik bo'lmasa uni ishga tushiradi. Kompilyatorga misollar: javac (Java kompilyatori), c (C kompilyatori), cpp (c++ kompilyatori)
Interpretatsiya jarayonida esa dasturlash tilida yozilgan kod mashina tiliga to'g'ridan-to'gri o'girilmaydi. Uning o'rniga boshqa bir programma kodni o'qiydi va uni ishga tushiradi. Ya'ni o'rtada bir boshqa programma vositachi bo'lib turadi. Usha vositachi programmaga interpretator deyiladi. Misol uchun siz kodda «+» amalini bajarmoqchi bo'lsangiz, interpretator siz kodda yozgan «+» amalini o'zining versiyasi bilan almashtiradi va so'ngra uni mashina tiliga o'giradi. Interpretator kodni satrma-satr skan qiladi va agar biror satrda xatolik bo'lsa darhol xatolikni ko'rsatadi va skan qilishni tohtatadi, agar satrda xatolik bo'lmasa darhol usha satrdagi kodni ishga tushiradi. Interpretatorlarga misollar: Ruby, Phyton, GW Basic.
— Ba'zi interpretatorlar o'zining vazifasini bajarish bilan birga kompilyator vazifasini ham bajarishi mumkin. Ya'ni, bir vaqtda ikkita ishni qilishi mumkin.
— Interpretator orqali erishilgan natijaga, kompilyator orqali ham erishish mumkin. Kompilyator orqali erishilgan natijaga, interpretator orqali ham erishish mumkin
— Kompilatsiya jarayoni interpretatsiyaga nisbatan tezroq kechadi, chunki u tog'ridan-tog'ri mashina tiliga o'giriladi.
— Interpretatorlari yaratish onsonroq, chunki yaxshi kompilyator yaratish juda qiyin.
— Interpretatorlar kompilyatorlarga nisbatan portativroq.
— Kompilyator katta hajm talab qiladi, interpretator esa kamroq.

Yüklə 84,61 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin