Bevosita Dasturlashda programmaning umumiy sxemasini ishlab chiqishdan kodlash va mashinaga kiritishgacha boʻlgan barcha ishni programmachi bajaradi.
Avtomatik dasturlashda esa programmachi faqat programma sxemasini tuzib, uni qisqartirilgan simvolik kurinishda yozadi, programma tuzish va uni kodlash kabi texnikaviy ishlarni esa mashinaning oʻzi maxsus dasturlash programmasi yordamida bajaradi.
Dasturlash jarayoni, odatda, quyidagi bos-qichlarga boʻlinadi:
Dasturlash tili programmalar tuzishning asosiy vositasidir.Dasturlashni informatika bo’yicha ta’limning bir qismi sifatida o’rganishning qator foydalari bor:
Uni o’zing bajar: agar siz kod yoza olsangiz, (dastur)narsalarni o’zingizga yaratib olishingiz mumkin. Soddasidan boshlashingiz mumkin: bir qancha rasmlarni nomini o’zgartirish uchun script yozish yoki soliqlarni hisoblashga yordam beradigan Excel formula yaratishingiz mumkin. Keyin, yanada tasavvurni kengaytirib: o’zingiz haqingizda sayt tayyorlashingiz; kompaniyangiz uchun mobil ilova tayyorlashingiz; o’rtoqlaringiz bilan o’ynash uchun o’yin tuzishingiz mumkin.
Kamchiliklarni bartaraf qilish: o’zingiz mustaqil bir nechta dastur yaratishingiz bilan, boshqa dasturlar ham soddaligini tushunib qolasiz. Kompyuterdan noma’lum bir narsa sifatida qo’rqishdan to’xtashingiz bilan, texnik yordam bo’yicha usta bo’lasiz. Texnologiya haytoning har bir jabhasiga kirib borishi bilan, undan foydalanishni bilish o’qishni bilishdek muhim bo’lib boradi.
Kasb: informatikani o’rganishdan maqsad professional dasturchi bo’lish emas. Biz hammamiz maktabda matematika, fizika va kimyoni o’rganamiz, biroq hammamiz professional matematik, fizik va kimyogar bo’lmaymiz. Shunday bo’lsada, agar sizda informatikaga kuchli ishtiyoq bo’lsa dasturiy ta’minot ishlab chiqish eng yuqori reytingga ega, eng ko’p maosh to’lanadigan va eng tez o’sib borayotgan ish ekanligini ko’rasiz.
Agar dasturlash tillarini o’rganishni o’ylayotgan bo’lsangiz, siz tanlamoqchi bo’lgan birinchi til nimani o’rganmoqchi ekanligingiz, bu qobiliyat bilan nima qilmoqchi ekanligingiz va natijada nimalarga erishmoqchi ekanligingizga ko’p jihattan bog’liq. Shunday bo’lsada, ba’zi tillarni boshqalari orasidan tanlab olishi osonroq, chunki ularni o’rgannish uchun manbalar ko’p yoki ularni o’rgansangiz foydaliroq ko’nikmalarga ega bo’lishingiz mumkin. Quyida Lifehacker sayti tomonidan o’tkazilgan so’rovnoma natijalariga ko’ra eng yaxshi beshtasini keltirib o’tamiz.
Shuni aytib o’tish kerakki – dasturlashni o’rganishga qaror qilgan bo’lsangiz biz avval qaysi tilni o’rganish masalasini mutlaq hal qilmoqchi emasmiz. Har kim o’z fikriga ega va tilni o’rganish uchun sabablardan kelib chiqib bu tillarning hech biri sizga mos kelmasligi ham mumkin. Bu yerda eng mashhur nominantlar ro’yhati keltirilgan.
Java Oracle korporatsiytasining Java dasturlash tili veb sohasida uzoq vaqtdan beri foydalanib kelinaytogan, barqaror va kuchli tillardan biri. Siz Javani veb yoki veb bo’lmagan “application”larning asosida, barcha platformalar, operatsion tizimlar va qurilmalarda topishingiz mumkin. U chuqur darajada klasslarga asoslanga (class-based), obyektga yo’naltirilgan (object-oriented) dasturlash tili bo’lib imkoni boricha oson ko’chirib yurishga va ko’plab platformalarda ishlashga moslashtirilgan. Shu sababli, u dunyodagi eng mashxur dasturlash tillaridan biri. Agar dasturlashni o’rganishga qiziqsangiz uni o’rganish juda ham foydali.
Java eng mukammal dasturlash tili emas, shuning uchun ko’pchilik kurslar C va C++ dan boshlanadi, chunki Java ko’p sintaksislarni ana o’sha oldingi tillardan oladi. Java sizni dasturchilardek o’ylashga undaydi – mantiqiy va tahliliy fikrlash, komputer axborotni qanday qilib qayta ishlashini yaxshi tushunishga o’rgatadi. U boshqa tillar va texnologiyalarga o’tganingizda ham sizga yordan beradigan asosiy konsepsiyalarning fundamental to’plami hisoblanadi.
Ruby Ruby dinamik, ochiq kodli (open-sorce), obyektga yo’naltirilgan dasturlash tili bo’lib, 90-yillarda kompyuter olimi Yukihiro Matsumoto tomonidan ishlab chiqilgan eng yosh tillardan biri hisoblanadi. Bu tilda o’qish va yozish uchun sodda sintaksisdan foydalanilgan, juda ko’p buyruqlarni o’rganib chiqish shart emas. Shuning hisobiga, bu tilni o’rganish nisbatan oson. Tilning o’zi obyektga yo’naltirilgan bo’lsada, protsedurali, funksional va imperativ dasturlashni ta’minlashligi bu tilni juda ham tez moslashuvchi tillardan qiladi.
Ruby nisbatan oson o’zlashtirilishi bilan dong taratgan, chamasi 20 minutlik foydalanuvchi uchun yo’riqnomadan (bu tilning rasmiy veb saytidan topishingiz mumkin) ba’zi asoslarini juda qisqa muddat ichida tanishib chiqishingiz mumkin. Perl va Pythonning ishqibozlari mavjud ba’zi o’xshashliklarni topadilar. Bu tilga ovoz berganlar uni tushunish va o’rganish, kerak bo’lganda o’qish osonligini va bu tilning muvaffaqiyatiga sabab bo’lgan yirik, faol hamda jo’shqin dasturchilar jamiyatiga egaligini maqtashadi.