Ozbekistonning axborotni shifrlash standarti. Ushbu "Malumotlarni shifrlash algoritmi" standarti Ozbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligining ilmiy-texnik va marketing tadqiqotlari markazi tomonidan ishlab chiqilgan va unda Ozbekiston Respublikasining "Elektron raqamli imzo xususida"gi va "Elektron xujjat almashinuvi xususida"gi qonunlarining meyorlari amalga oshirilgan.
Ushbu standart kriptografik algoritm, elektron malumotlarni himoyalashga moljallangan. Malumotlarni shifrlash algoritmi simmetrik blokli shifr bolib, axborotni shifrlash va rasshifrovka qilish uchun ishlatiladi. Algoritm 128 yoki 256 bit uzunligidagi malumotlarni shifrlashda va rasshifrovka qilishda 128, 256, 512 bitli kalitlardan foydalanishi mumkin.
Rossiyaning axborotni shifrlash standarti. Rosssiya Federatsiyasida hisoblash mashinalari, komplekslari va tarmoqlarida axborotni kriptografik ozgartirish algoritmlariga davlat standarti (GOST 2814-89) joriy etilgan. Bu algoritmlar maxfiylik darajasi ixtiyoriy bolgan axborotni hech qanday cheklovsiz shifrlash imkonini beradi. Algoritmlar apparat va dasturiy usullarida amalga oshirilishi mumkin.
Standartda axborotni kriptografik ozgartirishning quyidagi algoritmlari mavjud:
oddiy almashtirish;
gammalash;
teskari boglanishli gammalash;
imitovstavka.
AQSHning axborotni shifrlash standarti. AQSHda davlat standarti sifatida DES(Data Encryption Standart) standarti ishlatilgan. Bu standart asosini tashkil etuvchi shifrlash algoritmi IBM firmasi tomonidan ishlab chiqilgan bolib, AQSH Milliy Xavfsizlik Agentligining mutaxasislari tomonidan tekshirilgandan song davlat standarti maqomini olgan. DES standartidan nafaqat federal departamentlar, balki nodavlat tashkilotlar, nafaqat AQSHda, balki butun dunyoda foydalanib kelingan.