Virusni xotiraga yuklash. Virusni xotiraga yuklash operatsion tizim yordamida virus kiritilgan bajariluvchi obekt bilan bir vaqtda amalga oshiriladi.
Qurbonni qidirish. Qurbonni qidirish usuli boyicha viruslar ikkita sinfga bolinadi. Birinchi sinfga operatsion tizim funktsiyalaridan foydalanib faol qidirishni amalga oshiruvchi viruslar kiradi. Ikkinchi sinfga qidirishning passiv mexanizmlarini amalga oshiruvchi, yani dasturiy fayllarga tuzoq qoyuvchi viruslar taalluqli.
Topilgan qurbonni zaharlash. Oddiy holda zaharlash deganda qurbon sifatida tanlangan obektda virus kodining oz-ozini nusxalashi tushuniladi.
Destruktiv funktsiyalarni bajarish. Destruktiv imkoniyatlari boyicha beziyon, xavfsiz, xavfli va juda xavfli viruslar farqlanadi.
Beziyon viruslar - oz-ozidan tarqalish mexanizmi amalga oshiriluvchi viruslar. Ular tizimga zarar keltirmaydi, faqat diskdagi bosh xotirani sarflaydi xolos.
Xavfsiz viruslar - tizimda mavjudligi turli taassurot (ovoz, video) bilan bogliq viruslar, bosh xotirani kamaytirsada, dastur va malumotlarga ziyon yetkazmaydi.
Xavfli viruslar - kompyuter ishlashida jiddiy nuqsonlarga sabab boluvchi viruslar. Natijada dastur va malumotlar buzilishi mumkin.
Juda xavfli viruslar - dastur va malumotlarni buzilishiga hamda kompyuter ishlashiga zarur axborotni ochirilishiga bevosita olib keluvchi, muolajalari oldindan ishlash algoritmlariga joylangan viruslar.
Boshqarishni virus dastur eltuvchisiga otkazish. Takidlash lozimki, viruslar buzuvchilar va buzmaydiganlarga bolinadi. Buzuvchi viruslar dasturlar zaharlanganida ularning ishga layoqatligini saqlash xususida qaygurmaydilar, shu sababli ularga ushbu bosqichning manosi yoq.
Buzmaydigan viruslar uchun ushbu bosqich xotirada dasturni korrekt ishlanishi shart bolgan korinishda tiklash va boshqarishni virus dastur-eltuvchisiga otqazish bilan bogliq.
Virus paydo bolish belgilari.
Zararlangan kompyuterda eng muhimi virusni aniqlash. Buning uchun virusni asosiy belgilarini bilish kerak:
1.Funktsional dasturlarni ishini toxtatish yoki notogri ishlashi;
2.Kompyuterni sekin ishlashi;
3.OS ni yuklanmasligi;
4.Fayl va kataloglarni yoqolishi yoki ulardagi ma`lumotlarni buzilishi;
5.Fayllar modifikatsiyasining sana va vaqtining ozgarishi;
6.Fayl hajmining ozgarishi;
7.Diskdagi fayllar miqdorining keskin kopayishi;
8.Bosh operativ xotira hajmining keskin kamayishi;
9.Kutilmagan ma`lumotlar va tasvirlarning ekranga chiqishi;
10.Kutilmagan tovushlarning paydo bolishi;
11 .Kompyuterning tez-tez osilib kolishi.
Yuqoridagi belgilar boshqa sabablarga kora ham bolishi mumkinligini eslatib otamiz.