Kompyuter viruslari qanday hosil boladi?
Biologik viruslardan farqli olaroq, kompyuter viruslarini inson tomonidan tuziladi. Viruslar kompyuter foydalanuvchilariga katta zarar yetkazadi. Ular kompyuter ishini toxtatadi yoki qattiq diskdagi ma`lumotlarni ochiradi. Virus sistemaga bir necha yollar bilan tushishi mumkin: malumot tashuvchi qurilmalar, dasturiy ta`minot yuklangan CD-ROM, tarmoq interfeysi yoki modemli boglanish, global Internet; tarmogidagi elektron pochta.
Malumot tashuvchi qurilma virusdan zararlanishi oson. Zararlangan kompyuterga malumot tashuvchi qurilmani solib oqitilganda diskning bosh sektoriga virus tushadi.
Internet ma`lumotlar almashinishiga katta imkoniyat yaratadi. Lekin, kompyuter viruslari va zararli dasturlar tarqalishi uchun yaxshi muhit yaratadi. Albatta Internetdan olingan barcha ma`lumotlarda virus bor deb bolmaydi. Kompyuterda ishlovchi kopchilik mutaxassislar va operatorlar qabul qilinadigan ma`lumotlarni viruslardan tekshirishni doimo bajaradi. Internet da ishlayotgan har bir kishi uchun yaxshi antivirus himoya zarur. «Kasperskiy laboratoriyasi» texnik ta`minot xizmati statistikasiga kora, viruslardan zararlangan xolatlarning 85% i elektron pochta orqali sodir bolgan. 1999 yilga nisbatan xozirgi kunda bu korsatkich 70 % tashkil etadi. «Kasperskiy laboratoriyasi» elektron pochtalarga yaxshi antivirus himoyasi kerakligini ta`kidlaydi.
Virus tuzuvchilarga elektron pochta juda qulay. Amaliyot shuni korsatadiki, ommabop dasturlar, operatsion sistemalar, ma`lumotlarni uzatish texnologiyalari uchun viruslar koplab tuzilmoqda. Xozirda elektron pochta biznes va boshqa sohalarda muloqot uchun asosiy vosita bolib qolmoqda. Shuning uchun virus tuzuvchilari elektron pochtaga diqqatini qaratmoqda.
Kompyuter virusining kop tariflari mavjud. Birinchi tarifni 1984 yili Fred Koen bergan: "Kompyuter virusi - boshqa dasturlarni, ularga ozini yoki ozgartirilgan nusxasini kiritish orqali, ularni modifikatsiyalash bilan zaharlovchi dastur. Bunda kiritilgan dastur keyingi kopayish qobiliyatini saqlaydi". Virusning oz-ozidan kopayishi va hisoblash jarayonini modifikatsiyalash qobiliyati bu tarifdagi tayanch tushunchalar hisoblanadi. Kompyuter virusining ushbu xususiyatlari tirik tabiat organizmlarida biologik viruslarning parazitlanishiga ohshash.
Hozirda kompyuter virusi deganda quyidagi xususiyatlarga ega bolgan dasturiy kod tushuniladi:
asliga mos kelishi shart bolmagan, ammo aslining xususiyatlariga (oz-ozini tiklash) ega bolgan nusxalarni yaratish qobiliyati;
hisoblash tizimining bajariluvchi obektlariga yaratiluvchi nusxalarning kiritilishini taminlovchi mexanizmlarning mavjudligi.
Takidlash lozimki, bu xususiyatlar zaruriy, ammo yetarli emas. Korsatilgan xususiyatlarni hisoblash muhitidagi zarar keltiruvchi dastur tasirining destruktivlik va sir boy bermaslik xususiyatlari bilan toldirish lozim.
Viruslarni quyidagi asosiy alomatlari boyicha turkumlash mumkin:
yashash makoni;
operatsion tizim;
ishlash algoritmi xususiyati;
destruktiv imkoniyatlari.
Kompyuter viruslarini yashash makoni, boshqacha aytganda viruslar kiritiluvchi kompyuter tizimi obyektlarining xili boyicha turkumlash asosiy va keng tarqalgan turkumlash hisoblanadi.
Yashash makoni boyicha kompyuter viruslarining turkumlanishi.
Fayl viruslari bajariluvchi fayllarga turli usullar bilan kiritiladi (eng kop tarqalgan viruslar xili), yoki fayl-yoldoshlarni (kompanon viruslar) yaratadi yoki faylli tizimlarni (link-viruslar) tashkil etish xususiyatidan foydalanadi.
Yuklama viruslar ozini diskning yuklama sektoriga (boot - sektoriga) yoki vinchesterning tizimli yuklovchisi (Master Boot Record) bolgan sektorga yozadi. Yuklama viruslar tizim yuklanishida boshqarishni oluvchi dastur kodi vazifasini bajaradi.
Makroviruslar axborotni ishlovchi zamonaviy tizimlarning makrodasturlarini va fayllarini, xususan MicroSoft Word, MicroSoft Excel va h. kabi ommaviy muharrirlarning fayl-xujjatlarini va elektron jadvallarini zaharlaydi.
Tarmoq viruslari ozini tarqatishda kompyuter tarmoqlari va elektron pochta protokollari va komandalaridan foydalanadi. Bazida tarmoq viruslarini "qurt" xilidagi dasturlar deb yuritishadi. Tarmoq viruslari Internet-qurtlarga (Internet boyicha tarqaladi), IRC-qurtlarga (chatlar, Internet Relay Chat) bolinadi.
Kompyuter viruslarining bajarilish davri, odatda, beshta bosqichni oz ichiga oladi:
1. Virusni xotiraga yuklash.
2. Qurbonni qidirish.
3. Topilgan qurbonni zaharlash.
4. Destruktiv funktsiyalarni bajarish.
5. Boshqarishni virus dastur-eltuvchisiga otkazish.
Dostları ilə paylaş: |