2-ma’ruza temir yo‘l avtomatika va telemexanika tizimlaridagi o‘lchash asbob va vositalari



Yüklə 0,87 Mb.
səhifə2/9
tarix21.03.2023
ölçüsü0,87 Mb.
#89002
1   2   3   4   5   6   7   8   9
2-maruza

2.2. O’LCHOV MEXANIZMINING DETALLARI
Ko’p asboblar o’lchov sxema va o’lchov mexanizmiga ega. O’lchov sxemasi o’lchov mexanizmiga ta’sir etuvchi Y elektr kattalik – elementlar to’plamidan iborat bo’ladi: mikrosxema, rezistorlar, kondensatorlar, o’zgartirgichlar, to’g’rilagichlar va boshqalar.
O’lchov mexanizmi elektr va magnit ta’sirlarni mexanik ko’chishlarga o’zgartirish va shu ko’chishlarni sanoq qurilmasiga yetkazish uchun xizmat qiladi. U o’lchash jarayonida o’zaro ta’sir etuvchi harakatlanuvchi va harakatsiz qismlardan iborat, shu bilan birga harkatlanuvchi qismning harakatsizga nisbatan qayrilish burchagi o’lchanayotgan kattalikka mutanosib bo’ladi.
Asbobning harakatsiz qismi (2.1-rasm) g’altak 5 bo’ladi (boshqa tizimli asboblarda – doimiy magnit, elektromagnit, g’altaklar tizimi va b.). harakatlanuvchi qism 2 va 9 tagliklarga tiralib turuvchi o’q 8 bo’ladi. SHkala 6 da kattalikni ko’rsatuvchi 4 strelka va ferromagnitli 10 o’zagi qattiq mahkamlangan.
Spiralli prujina 3 o’lchanayotgan kattalik bilan strelkani burilish burchagining mutanosibligini ta’minlaydi. Harakatlanuvchi qismni tinchlantirish uchun tinchlantiruvchi 7 xizmat qiladi, strelkani nolga to’g’rilash uchun korrektor 1, harakatlantiruvchi qismni muvozanatlantirish uchun pasangi 11 xizmat qiladi. Turli xil tizimli asboblar umumiy qism va detallarga ega. Harakatlanuchi qismning asosiy element sifatida (asbobni tizimiga qarab) ferromagnitli o’zak, alyuminli disk, langar, ramka yoki g’altak ishlatiladi. Harakatlanuvchi qism tayanchga, taranglashgan yoki osma simda o’rnatiladi. Aniqlik darajasi yuqori asboblarda xatolarni kamaytirish uchun harakatlanuvchi qismni egiluvchan tasmali tortmaga yoki osmaga o’rnatishadi. Tortma va osmalar turli bronza yoki platinali qotishmalardan tayyorlanadi.1 SHkalalar tekis bo’ladi, ya’ni qo’shni bo’limlar orasidagi teng masofa bilan (harakatlanuvchi qismning burilish burchagi o’lchanayotgan kattalik ahamiyatidan chiziqli bog’liq asboblar uchun) va notekis, ya’ni shkala bo’limlar orasidagi har xil masofadagi belgilar bilan (o’lchanayotgan kattalik ahamiyatidan burilish burchagining chiziq bog’liqliq asboblar uchun). Qayd qiluvchi sanoq qurilmalar qog’oz lentada o’lchovlar natijasini diagramma yoki raqam ko’rinishda yozadigan qaydlovchi va noshir mexanizmlardan iborat.




2.1-rasm. Bevosita baholash asbob tuzilishi



Sanoq qurilmalari o’lchanayotgan kattalikning qiymatini aniqlash uchun xizmat qiladi. Ular qayd qiluvchilarga, raqamlilarga va shkalalarga bo’linadi.
Raqamli sanoq qurilmalar mexanik va nurlilarga bo’linadi. Mexaniklarda o’lchanayotgan kattalik hisob mexanizmning vallarini burilish burchaklariga munosib o’zgarishiga aylanadi (masalan, elektr energiya hisoblagichi) nurlilarda o’lchanayotgan kattalik impul’sli signallarning ketma-ketligiga aylanadi. O’lchov natijalari nurli tabloda aks ettiriladi.
Tinchlantirgichlar harakatlanuvchi qism bilan strelkani to’xtashdan oldin tebranish vaqtini kamaytirish uchun xizmat qiladi.
Pnevmatik tinchlantirgichlarning ikki xili ishlatiladi:
qanotli (2.2,a-rasm) va porshenli (2.2,b-rasm). Asbobning haraktlanuvchi qismi o’qida 1 alyumin qanotcha 2 (yoki porshen’) o’rnatiladi, uning yopiq joyidagi harakati havoni qarshiligi tufayli sekinlashib boradi.
Magnitoinduksiyali tinchlantirgich (2.2,v-rasm) asbobning harakatlanuvchi qismi o’qida qattiq mahkamlangan va doimiy 1 magnitning tirqishida ko’chadgan alyumin sektor 2 (yoki disk) dan iborat. To’xtatish momenti sektordagi induksiyalangan uyurma toklar va doimiy magnitning magnit oqimi orasidagi ta’siri natijasida paydo bo’ladi.
Korrektor (2.3-rasm) o’lchashdan oldin sanoq qurilma strelkasini nolga to’g’rilash uchun xizmat qiladi.
Noldagi holatdan strelka harorat o’zgarishi natijasidan, silkinishdan va boshqalardan o’zgarishi mumkin.
Korrektor tasma 3 vilkasiga kiradigan yo’naltiruvchi barmoqchali boshcha 1 dan tasmaga qarshi ta’sir etuvchi prujina 4 qalaylab yopishtirilgan. Korrektor boshchasi burilganida, barmoqcha tasmaga taraladi va o’q 2 bilan strelka 5 ni nol’ belgisiga suradi. Ballastli yukchalar 6 bilan asbobning harkatlanuvchi qismi muruvvatiga keltiriladi, bunda harkatlanuvchi qismning og’irlik markazi bilan uni aylanish o’qi mos tushadi. Buning natijasida og’irlik kuchi ta’siridan kelib chiqqan nuqsonlar bartaraf etiladi.





2.2-rasm. Tinchlantirgichlar

2.3-rasm. Korrektor


Arriyetir – bu mahkamlash uchun va joydan-joyga ko’chishda harakatlanuvchi qismning tebranishini chetlatish qurilmasi. Odatda o’qi tortma yoki osmad o’rnatilgan harakatlanuvchi qismli asboblarda qqo’llaniladi.


Yüklə 0,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin