2.4.3 Raqamli o’lchov asboblarining elementlari RO’A da raqamli indikatorlar sifatida gaz razryadli belgili indikatorlar, svetodiodlar va suyuq kristallar ishlatiladi. Gazrazryadli indikatorlarda anod ingichka setka ko’rinishida bajarilgan bo’lib, katod esa raqamlar (0-9) shaklida bajarilgan.
Hozir zamonaviy mikrosxemalarida bajarilgan o’lchov asboblarda gazrazryadli indikatorlardan tashqari, nurlanuvchi diodlar (svetodiodlar) va suyuq kristalli raqamli indikatorlardan keng foydlanilmoqda. Bunday indikatorlarda raqamlar 7 yoki 9 ta segmentdan iborat va svetodiodli indikatorlarda har bir segment alohida boshqariladi. Svetodiodli indikatorlar qator afzalliklarga ega: nurlarning turli ranglari; kichik ishchi tok va kuchlanish; kam quvvat iste’mol qilishi; uzoq muddatli xizmati va hokazolar.
Suyuq kristalli indikatorlar yorug’lik nurini chiqarmaydilar va faqat ularga tushayotgan yorug’likni sindirib qaytaradilar halos. Tasvir kristallga qo’yilgan kuchlanish qism (segment) va atrofdagi fon hisobiga paydo bo’ladi. Bunday indikatorlar ham qator afzalliklarga ega, lekin svetodiodlilarga nisbatan qorong’uda yaxshi ko’rinmaydi. Bundan tashqari, svetodiodli va suyuq kristalli indikatorlarda katta gabaritli raqamlarni amalga oshirish qiyin va shuning uchun gazrazryadli indikatorlar hozir ham keng tarqalgan. Gaz razryadli indikatorlarni boshqarish uchun tipik sxemadan foydalanish mumkin.
2.4.2-rasm. Gazrazryadli indikatorning boshqarish sxemasi.
O’lchov natijalari ARO’ chiqishlarida paydo bo’lib, hisoblagichga yuboriladi. Raqamli hisoblagichlar triggerlarda tuziladi, masalan, RST modul’ k=2m bo’yicha hisoblagich, m ketma-ket ulangan triggerdan iborat. Misol uchun 3.3-rasmda keltirilgan hisoblagich har k=24=16 kirish impul’siga bitta chiqishda impul’s beradi.
2.4.3-rasm. Qo’shuvchi hisoblagich sxemasi.
RO’A da barcha o’zgartirishlarning oxirgi maqsadi raqamli indikator qurilmada (RIQ) tizim hisobida o’lchov natijalarni aks ettirish. RO’A da hisoblagichlar odatda ikkilik-o’nlik tizim hisobida ishlaydi va dekadali degan nom olgan. Har bir dekada 10 ga qaytadan hisoblashni amalga oshiradi, ya’ni har 10 ta kirishdagi impul’slarga dekada bir impul’s chiqishda beradi va har o’nlik sanoq tizimda aks ettirilgan sonlarning razryadiga o’z dekadasi o’rnatiladi. RIQ ni boshqarish yo’nalishida hisoblash dekadaning chiqishdan olinadigan ikkilik-o’nlik kodni o’zgartirish uchun to’rtta kirishli (dekadadagi triggerlar sonidan) va o’nta chiqishlar bilan (RIQ da raqam sonidan) deshifrator DS qo’llaniladi. Deshifrator haqiqiylik jadvali bo’yicha tuziladi va uni shartli belgilanishi 3.4,a-rasmda keltirilgan.
2.4.4,a-rasm. Deshifratorning belgilanishi.
ARO’ hamma raqamli asboblarning majburiy qismidir va kirishdagi analog (uzluksiz) signallarni chiqishda raqamli kodlarga o’zgartirish uchun xizmat qiladi. ARO’ da o’lchanayotgan kattalikni diskretizatsiyalash, kvantlash va kodlash amalga oshiriladi. O’zgartirish uchun asosan uchta quyidagi usul qo’llaniladi: