2-Мa’ruza. Tezkor xizmat ko‘rsatish va ishlarni bajarish



Yüklə 0,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/4
tarix19.05.2023
ölçüsü0,52 Mb.
#116796
1   2   3   4
TnRD88dptyPzBZb2UoKEWATLwPInSdqYBlhDmQIZ

— O‘zgarmas tok
 
Eslatma: Ushbu jadvalda hamda bundan keyingi Qoida jumlalarida 3 
kV kuchlanishli elektr uskunalarini 6 kV kuchlanishli elektr 
uskunalariga tenglashtiriladi, kuchlanishi 20 kV elektr uskunalarini 
35 kV ga, 60 kV elektr uskunlarini esa 110 kV ga tenglashtiriladi.

Kuchlanish ostida bo‘lgan elektr uskunani to‘siqsiz tok o‘tkazuvchi qismiga 1-jadvalda qayd 
etilganidan kam masofaga yuk ko‘taruvchi va boshqa mashina-mexanizmlarning hamda 
shaxslarning yaqinlashishi man etiladi. 

Elektrostansiya va podstansiya elektr uskunalarini yakka o‘zi ko‘rib chiqishni elektr xavfsizligi 
bo‘yicha III gruppaga ega bo‘lgan navbatchi yoki tezkor-ta’mirlash xodimi, yoki V gruppaga ega 
bo‘lgan ma’muriy-texnik xodim yoki korxona rahbariyati bajarishi mumkin. 

Elektrotexnikaga aloqasi bo‘lmagan xodimlar elektrostansiya va podstansiya elektr uskunalarini 
ko‘rib chiqishni va ekskursiyani korxona ma’muriyati ruxsati bo‘lgan, yakka o‘zi ko‘rib chiqish 
huquqiga ega bo‘lgan IV gruppali xodim nazorati ostida o‘tkazishi mumkin. 

Elektr uzatish tarmog‘ini ko‘rib chiqish ushbu qoidaning 14.5.1 va 14.5.2 bandlariga binoan 
amalga oshirilishi mumkin. 



Ushbu elektr uskunalarida xizmat qilmaydigan xodimi elektr 
uskunaga navbatchi yoki tezkor-ta’mirlash xodimi yoxud, yakka o‘zi 
ko‘rib chiqish huquqiga ega bo‘lgan xodim hamrohligida ijozat berib 
kirgizish mumkin.

Nazoratchi xodim elektr uskunada ishlashga ruxsat etilgan ishchi 
xavfsizligini to‘la ta’minlashi, hamda tok o‘tkazuvchi qismiga mutlaqo 
yaqinlashmaslik haqida ogohlantirishi kerak. 

1000 V kuchlanishdan yuqori bo‘lgan elektr uskunalarni ko‘rib 
chiqish paytida tok o‘tkazuvchi qismlari 1-jadvalda ko‘rsatilgandan kam 
masofaga 
yaqinlashishga 
qarshi 
qo‘yiladigan 
to‘siqlar 
bilan 
jihozlanmagan xona va xonalarga kirish man etiladi. 

1000 V kuchlanishgacha bo‘lgan elektr uskunni ko‘rib chiqishda 
shchit, elektr uskuna, o‘lchov asbobi joylashgan shkaf, boshqaruv pulti 
va boshqa uskunalar eshigini ochishga ruxsat etiladi. 



Elektr uskunani ko‘rib chiqish jarayonida biror-bir ishni bajarish man 
qilinadi.

6-35 kV kuchlanishli elektr uskunada erga tutashish sodir bo‘lsa, 
xodimlarni yopiq taqsimlovchi elektr uskunada 4-metrdan ochiq 
taqsimlovchi elektr uskuna va uzatish tarmog‘ida 8-metrdan kam 
masofaga yaqinlashishga faqat tarmoqni tezda o‘chirish, iste’molchini 
boshqa tarmoqdan ulash, hamda kuchlanish ta’siriga tushib qolgan 
shaxsni qutqarish uchun ruxsat etiladi. Bunday hollarda, elektr uskunada 
ishlatiladigan himoya vositalaridan foydalanish kerak. 

Kuchlanishi 1000 V dan yuqori qo‘l privodan ajratgich (raz’edini-tel), 
uzgich (otdelitel) va o‘chirgich (vыklyuchatel) uskunalarini o‘chirish va 
yoqishda dielektrikdan qo‘lqopdan foydalanish kerak. 



Saqlagich qo‘yish va olishda ushbu tarmoqdan kuchlanishni olish shart. 

Kuchlanishni olib tashlovchi kommutatsion apparatlar o‘rnatilmagan elektr 
qo‘shilmada, saqlagichni kuchlanish ostida olish va qo‘yish, shu tarmoqqa 
ulangan iste’molchi o‘chirilgan taqdirda ruxsat etiladi. 

Ikkilamchi zanjir va yoritish tarmoqlarida, kuchlanish transformatorida 
saqlagichni quvvatni olmasdan va kuchlanish ostida almashtirishga ruxsat 
etiladi. 

Kuchlanish ostida saqlagichni almashtirish kerak bo‘lib qolsa, quyidagi 
himoya vositasidan foydalanish zarur: 

- 1000 V kuchlanishdan yuqori bo‘lgan elektr uskunada dielektrik qo‘lqop 
va himoya ko‘zoynagini qo‘llagan holda ombir (shtanga) dan; 

- 1000 V
kuchlanishgacha bo‘lgan elektr uskunada izolyasiyalangan ombir 
yoki dielektrik qo‘lqop va himoya ko‘zoynagidan foydalaniladi; 



Kommutatsion apparatlar bilan jihozlanmagan 1000 V kuchlanishgacha 
bo‘lgan shchit va yig‘ilmalarda o‘rnatilgan saqlagichlar (predoxranitellar) 
ustma-ust, fazalar vertikal joylashgan bo‘lsa, saqlagichni olish va qo‘yish 
iste’molchidan quvvatni olmasdan turib, kuchlanish ostida almashtirishga 
ruxsat etiladi. Bunday paytda ko‘zni himoya qilish vositasi o‘rniga yuzni 
(betni) himoya qilish vositasidan foydalanish tavsiya qilinadi. 

Ish olib borilayotgan elektr uskuna xonasidan tashqari, xonada qolgan 
barcha xona, xona, shchit va yig‘ilmalarning eshiklari qulflangan bo‘lishi 
kerak. 

1000 V kuchlanishdan yuqori bo‘lgan elektr uskuna (yopiq komplekt, 
ochiq taqsimlovchi elektr uskunaning xona va xonalari), hamda 1000 V 
kuchlanishdan yuqori bo‘lgan elektr uskuna tashqarisida joylashgan 1000 V 
kuchlanishgacha bo‘lgan shchit va elektr uskuna shchit va yig‘ilmalarning 
kalitlari navbatchi hisobida bo‘lishi shart. Navbatchi bo‘lmagan elektr 
uskunalarida kalitlar ma’muriy-texnik xizmatchi hisobida bo‘lishi mumkin. 



Har bir kalit nomerlangan bo‘lishi darkor. Kalitlarning bir komplekti 
zaxirada saqlanishi shart. Kalitlar tilxat bilan quyidagi xodimlarga berilishi 
kerak: 

- yakka o‘zi ko‘rib chiqish huquqiga ega bo‘lgan xodimlarga-barcha 
xonalarning kalitlari; 

- tezkor-ta’mirlovchi xodimlar ichidan ajratilgan ishlashga ijozat beruvchi 
shaxsga, ish rahbari va ishboshiga, nazorat qiluvchiga-faqat ish olib borilishi 
uchun ajratilgan xona kaliti beriladi; 

Har kuni ish tugagandan so‘ng va elektr uskuna ko‘rib chiqilgandan keyin 
kalitlar albatta qaytarib topshirilishi kerak. Navbatchi bo‘lmagan elektr 
uskunada ish olib borilganda ushbu elektr uskuna joylashgan xona kaliti, 
ko‘rib chiqilgandan yoki ish to‘liq tugallanganidan so‘ng, uzog‘i bilan 
keyingi ish kunidan kechiktirmasdan topshirilishi zarur. 



Elektr uskuna joylashgan xona kalitini uzoq muddatga berish 
elektr tarmog‘i korxonasining taqsimlovchi elektr uskunalarida 
tezkor o‘chirish-yoqish huquqiga ega bo‘lgan iste’molchi xodimiga 
hamda yakka o‘zi ko‘rib chiqish huquqiga ega bo‘lgan navbatchiga, 
tezkor-ta’mirlash va ma’muriy-texnik xodimlarga berish zaruratini 
korxona bosh muhandisi belgilaydi. 

Kalitni olish va qaytarish jarayoni istalgan shakldagi ish jurnali 
yoki tezkor-dispetcherlik jurnallarida qayd qilinishi kerak. 

Elektr tokiga tushib, jarohatlanganni qutqarish uchun elektr 
uskunadan kuchlanishni olish ruxsatsiz bajarilishi mumkin. 



Yüklə 0,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin