2-Мa’ruza. Tezkor xizmat ko‘rsatish va ishlarni bajarish



Yüklə 0,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/4
tarix19.05.2023
ölçüsü0,52 Mb.
#116796
1   2   3   4
TnRD88dptyPzBZb2UoKEWATLwPInSdqYBlhDmQIZ

II. Ish bajarish tartibi. 

Ishlab turgan elektr uskunada bajariladigan ishlar naryad bilan olib borilishi kerak. 
Naryad nusxasi va uni to‘ldirishga oid ko‘rsatma 5-ilova-da ko‘rsatilgan. 

Ushbu Qoidada ko‘rsatilgan hollarda ishni farmoyish asosida bajarishga ruxsat 
beriladi. 

O‘zboshimchalik bilan ishlash hamda naryad yoki farmoyishda ko‘rsatilgandan ortiq 
ish bajarish, ish joyini va ish hajmini kengaytirish man qilinadi. 

Naryad bilan ish qilinayotgan elektr uskunada har qanday boshqa ishni olib borish, 
naryad bilan ish olib borayotgan shaxs yoki ushbu naryadni bergan shaxs bilan 
kelishilgan holda bajarilishi lozim. 

Kelishuv, ish joyini tayyorlashdan oldin, naryadda «Kelishildi» degan so‘z yozilib, 
kelishilgan shaxs imzosi bilan rasmiylashtiriladi. 

1000 V kuchlanishdan yuqori bo‘lgan elektr uskunasini hamda kuchlanishidan qat’iy 
nazar havo elektr uzatish tarmog‘ini to‘liq ta’mirlash texnologik karta yoki ish 
bajarish loyihasi bilan bajarilishi shart. 



Elektrostansiya va podstansiyalarning 1000 V kuchlanishgacha 
bo‘lgan elektr uskunalari va kabel elektr uzatish tarmog‘ida kuchlanish 
ostida ish bajarilayotganda quyidagilarni bajarish kerak: 

- ish joyiga yaqin joylashgan kuchlanish ostidagi bexosdan tegib 
ketish ehtimoli bo‘lgan elektr uskunani to‘sish; 

- dielektrik kalishda, bo‘lmasa izolyasiyalangan taxtachada yoki 
dielektrik gilamchada turib ishlash; 

- izolyasiyalangan dastakli asboblar yordamida (otvyortkada bundan 
tashqari sterjeni ham izolyasiyalangan bo‘lishi kerak) ishlash, mabodo 
bunday asbob bo‘lmasa, dielektrik qo‘lqopdan foydalanish zarur. 

Engi kalta yoki engi shimarilgan kiyimda ishlash, shuningdek pichoq, 
arra, egov, metalli metr va boshqa shunga o‘xshash asboblardan 
foydalanish man qilinadi. 



Agar elektr uskuna ichida egilib ishlayotgan shaxc qaddini rostlaganda, elektr 
uskunani tok o‘tkazuvchi qismi bilan shaxc orasidagi masofa 1-jadval-da 
ko‘rsatilgan masofadan kam bo‘ladigan bo‘lsa, bunday holatda ishlash man 
qilinadi. 

6-110 kV kuchlanishli elektrostansiya va podstansiyalarning elektr uskunasidagi 
to‘siqsiz tok o‘tkazuvchi qismi, ishlayotgan shaxsning orqa yoki ikki yon 
tomonida joylashgan holatlarida ish bajarishi man qilinadi. 

Kuchlanish ostida bo‘lgan uskuna izolyatorlariga himoya vositasisiz tegish man 
qilinadi. 

Havo elektr uzatish va aloqa tarmog‘ini kuchlanish ostidagi qismini (simlar, 
trosslarni) ulash yoki kesishdan oldin ularning potensiallarini tenglashtirish 
kerak. Qismlar potensialini tenglashtirish esa, ularni (kesilishi kerak bo‘lgan 
joyning ikkala tarafini) bir-biriga sim orqali ulash yoki bo‘linishi kerak bo‘lgan 
qismining ikkala tomonini alohida-alohida erga ulab, so‘ngra ularni har birini 
umumiy bir erga ulagich uskunasiga ulash kerak. 



Elektr himoya vositasidan foydalanib (izolyasiyalangan shtanga va 
ombirdan, o‘lchov shtangasi va ombirdan, kuchlanishni o‘lchovchi asboblar 
bilan) ishlaganda xodimning shu himoya vositalarini izolyasiyalangan qismi 
uzunligidan boshlab, to elektr uskunaning kuchlanish ostida bo‘lgan tok 
o‘tkazuvchi qismigacha bo‘lgan masofagacha yaqinlashishga ruxsat etiladi. 

Ochiq taqsimlovchi elektr uskuna va havo elektr uzatish tarmog‘ini 
kesishishgan oralig‘ida kuchlanish ostida bo‘lgan simdan pastda joylashgan 
sim (tros) va unga taalluqli izolyator va armaturalarni almashtirishda, yuqorida 
joylashgan kuchlanish ostida bo‘lgan simga, almashtirish uchun mo‘ljallangan 
simni siltab tortganda, tegib ketmasligi uchun ushbu o‘zgartirilayotgan sim 
ustiga o‘simlik yoki sintetik toladan to‘qilgan arqon tashlanadi. 

Kesishgan oraliqda joylashgan simning ikki erdan ikkala tarafga arqon 
tashlab, uning uchlarini langar, inshoot poydevori yoki boshqa joyga tortib 
mahkamlash kerak. Simni (trosni) ko‘tarish asta-sekin bir me’yorda bo‘lishi 
kerak. 



Podstansiya va elektr uzatish tarmoqlarida kuchlanish ostidagi simlardan 
(troslardan) yuqorida joylashgan simlar (troslar) va ularga taalluqli izolyator 
va armaturada ishlash korxona rahbariyati tasdiqlangan ish bajarish loyihasi 
bo‘yicha olib borilishi kerak. Ish bajarish loyihasida simni osilib tushib 
ketmasligi chorasi hamda ishlab turgan elektr uzatish tarmog‘i ta’sirida hosil 
bo‘lgan kuchlanishga qarshi himoya choralari ko‘zda tutilishi kerak. 

Bunday ishlarni bajarishda kesishgan oraliqda joylashgan simdan 
kuchlanishni olmasdan turib sim (tros) almashtirish man qilinadi. 

Xodim doimo shuni esda tutishi kerakki, agar elektr uskunada kuchlanish 
to‘satdan yo‘q bo‘lib qolsa, ogohlantirmasdan unga yana kuchlanish berilishi 
mumkin. 

Qorong‘i tushgan paytda ish olib berilayotgan joy, yo‘lkalar, u erga borish 
yo‘li va ish joyi yoritilgan bo‘lishi kerak. 



YOritilish darajasi bir xil bo‘lib ishchi ko‘zini tindirmasligi kerak. 
YOritilmagan joyda ishlash man qilinadi.

Momaqaldiroq paytida havo elektr uzatish tarmog‘i, havo aloqa tarmog‘i, 
ochiq va yopiq taqsimlovchi elektr uskunalaridan chiqqan elektr uzatish 
tarmog‘ida va elektr tarmog‘idagi ajratgichda, havo elektr tarmog‘iga ulangan 
kabelda, xamda aloqa apparatlari joylashgan xonani aloqa liniyasi kirgan 
qismida va antenna-ustun joylashgan inshootlardagi barcha ishlar to‘xtatilishi 
kerak. 

Elektrostansiya va podstansiyani ishlab turgan elektr uskuna joylashgan 
binosida (boshqarish uskunasi, rele himoyasi va shu uskunalar joylashgan 
binodan tashqari), yopiq taqsimlovchi elektr uskuna, ochiq taqsimlovchi 
elektr uskuna, quduq, er osti yo‘li va xandaqlarda ishlovchi barcha ishchilar 
hamda havo elektr uzatish tarmog‘ida xizmat qiluvchi va joriy ta’mirlovchi 
barcha xodimlar himoya kaskasidan foydalanishi lozim. 



Kompressor (bosqon) va havo yig‘uvchi, akkumulyator batareyasi va 
zaryadlovchi uskunalarga xizmat qiluvchi xodim elektr xavfsizligi bo‘yicha 
III gruppaga ega bo‘lishi kerak. 

Boshqarish shchitida va taqsimlovchi elektr uskunalarida joylashgan 
schyotchiklarning va boshqa o‘lchov asbob ko‘rsatkichlarini korxona yoki 
boshqa tashkilot xodimi (xizmat safariga kelgan xodimning huquqidan 
foydalangan kabi) yakka o‘zi navbatchi ruxsati bilan yozib olishi mumkin. 
Agar elektr uskunada navbatchi bo‘lsa bu xodim elektr xavfsizligi bo‘yicha II 
gruppaga, navbatchisiz elektr uskunada esa III gruppaga ega bo‘lishi kerak. 

Er kovlash va tekislash ishlarini bajarishda «Qurilishda texnika 

Yüklə 0,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin