2-maruza. Tuproq unumdorligi, madaniyligi va strukturasi tuprcq unumdorligi



Yüklə 98,5 Kb.
səhifə3/4
tarix20.11.2023
ölçüsü98,5 Kb.
#162304
1   2   3   4
2- maruza

Begona o‘tlar klassilikatsiyasi

Parazit begona o‘tlar

Noparazit begona o‘tlar

Haqiqiy parazitlar

Yarim
parazitlar

Kam yillik begona o‘tlar

Ko‘p yillik begona o‘tlar

  1. Poya parazitlari

  2. Ildiz parazitlari

Ildiz yarim parazitlari

Efemerlar.
Bahorgilar:

  1. erta bahorgi.

  2. kech bahorgi qishlovchilar, kuzgilar,

ikki yilliklar.

  1. o‘q ildizlilar

  2. popuk ildizlilar

  3. ildizpoyalilar

  4. ildiz bachkililar

  5. tuganak ildizlilar

  6. piyozlilar

  7. sudralib o‘suvchilar.



Ingichka poyali parazitlarga sebarga zarpechagi, kipriksimon zarpechak, zig‘ir zarpechagi kiradi.


O‘zbekistonda yo‘g‘on poyali parazitlardan Leman zarpechagi yoki devpechak ko‘proq uchraydi.
Ildiz parazitlariga shumg‘iyalarning barcha turlari kiradi. Ulardan eng zararlisi quyidagilardir: tamaki shumg‘iyasi, kun- gaboqar shumg‘iyasi, misr shumg‘iyasi, beda shumg‘iyasi.
O‘zbekistonda shumg‘iyaning ikki turi: kungaboqar va misr shumg‘iyasi uchraydi.
Noparazit begona o‘tlar. Bu guruhga yashil bargga va ildiz sistemasiga ega bo‘lgan hamda tuproqdagi suv oziq moddani bevosita o‘zi o‘zlashtiradigan va mustaqil hayot kechiradigan begona o‘tlar kiradi. O‘suv davrining qisqa yoki uzunligiga qarab, begona o‘tlar bir yillik, ikki yillik va ko‘p yilliklarga bo‘linadi. Bir yillik va ikki yillik begona o‘tlar o‘z hayoti davomida bir marta, ko‘p yilliklari esa har yili bir necha marta urug‘ beradi.
Bir yillik begona o‘tlar eng ko‘p va keng tarqalgan biologik guruh hisoblanadi. Ular faqat urug‘idan ko‘payadi. Ko‘pchilik bir yillik begona o‘tlar (itqo‘noq, oqsho‘ra, olabo‘ta va boshqalar) geterokarpiya, ya’ni har xil kattalikdagi urug‘ hosil qilish xusu- siyatiga ega.
Bir yillik begona o‘tlar o‘z navbatida urug‘larining unib chiqish muddatlariga qarab efemerlar, bahorgi, qishlovchi va kuzgi begona o‘tlar kabi bioguruhlarga bo‘linadi.
Efemerlarning o‘suv davri qisqa bo‘lib ularning hayoti unib chiqishidan urug‘ yetilguncha 1,5-2 oy davom etadi. Bunga lolaqizg‘aldoq, yulduz o‘t va boshqalar misol bo‘ladi. Kuzda unib chiqqanlari qishlaydi. Ular kuzgi boshoqli g‘alla, birinchi yilgi beda, kuzgi piyoz va boshqa ekinlar orasida ko‘p uchraydi.
Bahorgi begona o‘tlar o‘z navbatida erta va kechki bahorgilarga bo‘linadi. Erta bahorgi begona o‘tlarning maysalari bahorda va kuzda chiqadi, mavsumda bir marta urug‘ beradi. Bularga yovvoyi suli, olabo‘ta kabi o‘tlar misol bo‘la oladi.
Kechki bahorgi begona o‘tlarning urug‘i tuproq yetarli qizi- gandagina unib chiqib, sekin rivojlanadi. Masalan, yovvoyi gultojixo‘roz, semizo‘t, shamak, ituzum, tuyaqorin va boshqalar.
Begona o‘tlarga qarshi kurashda ular urug‘larining tinim davrini va ma’lum vaqtda hayotchanligini saqlash qobiliyatini bilish katta ahamiyatga ega. Ma’lumki, bir qancha mayda urug‘li bahorgi begona o‘tlarning urug‘i 1-2 sm chuqurlikdan bemalol unib chiqsa, 5 sm va undan ortiqroq chuqurlikda esa mutlaqo unib chiqmaydi. Itqo‘noqning urug‘i 10-12 sm, yovvoyi suli 20 sm chuqurlikdan ham unib chiqishi mumkin.
Yovvoyi suli - g‘allasimonlar oilasiga mansub bo‘lib bir yillik begona o‘t hisoblanadi. Yovvoyi sulini ko‘pchilik qora ko‘za deb ham ataydi. Boshpoyasining balandligi 20-80 sm bo‘lib tik o‘sadi. Maysalari och yashil bo‘lib, tashqi ko‘rinishidan madaniy suliga o‘xshaydi. Asosan, bahorgi don ekinlari va ko‘pincha suli orasida o‘sib, urug‘idan ko‘payadi. Har bir ro‘vakda o‘rtacha 40­60 tagacha boshoqcha bo‘ladi. Urug‘i yetilishi bilanoq, sochilib ketib, madaniy sulidan farq qiladi, har bir tupida 600 donagacha urug‘ bo‘ladi.
Oq sho‘ra, olabo‘ta - sho‘radoshlar oilasiga kiruvchi eng ko‘p tarqalgan begona o‘tlar hisoblanadi. O‘zbekistonda oq sho‘ra, sassiq sho‘ra, xushbo‘y sho‘ra keng tarqalgan.
Xushbo‘y sho‘ra - sarg‘ish-yashil rangli, xushbo‘y hid chiqaradigan, bezli tukchalar bilan qoplangan. Hamma ekinlar orasida uchraydi.
Sassiq sho‘ra - o‘ziga xos o‘tkir hid chiqaradi. Sug‘oriladigan ekinlar bilan bir qatorda hovlilarda, ariq va yo‘l yoqalarida, partov yerlarda ko‘p uchraydi.
Oq sho‘ra - barglari, unsimon dog‘lar bilan qoplangan bo‘lib, sug‘oriladigan ekinlar, ayniqsa g‘o‘za orasida keng tarqalgan. Poyasi to‘g‘ri, bo‘yi 40-100 sm ga yetadigan sershox, yaproqlari tuksimon, cheti qirrali bo‘lib o‘sadi. Sho‘ra juda serurug‘ bo‘lib, bir tupda 1,5 mln tagacha urug‘ hosil bo‘ladi.
Yovvoyi gultojixo‘roz - gultojixo‘rozlar oilasiga mansub bo‘lib, bir yillik kech bahorgi begona o‘tlardan hisoblanadi. Bir tup yovvoyi gultojixo‘roz 500 mingtagacha urug‘ qiladi.
Shamak, qorakurmak - g‘alladoshlar oilasidan bo‘lib, bir yillik kech bahorgi begona o‘t hisoblanadi. Poyasi tuksiz bo‘lib, bo‘yi 80-100 sm ga yetadi. Yaproqlari tasmasimon cheti g‘adir- budur, pastdan shoxlangan bo‘ladi.
Itqo‘noq - boshoqdoshlar oilasiga kiruvchi, bo‘yi 70 sm gacha yetadigan kech bahorgi bir yillik o‘t, uning 2 turi bor. Ko‘k itqo‘noq va oq itqo‘noq.
Qishlovchi begona o‘tlar. Bu guruhga maysalari qishlash qobiliyatiga ega bo‘lgan o‘simliklar misol bo‘la oladi. Kuzda ungan urug‘lar ildiz yonidan to‘pbarg hosil qilib hamma rivojlanish pallasida, hatto gullash fazasida ham qishlashi mumkin. Bunga jag‘-jag‘ misol bo‘la oladi.
Jag‘-jag‘, achambiti - butgullilar oilasiga kiruvchi, bo‘yi 10 sm, ba’zan 70 sm keladigan bir yoki bir qancha poyaga ega bo‘lgan bir yillik o‘tdir.
Kuzgi begona o‘tlar. Bu o‘tlarning urug‘i kuzda unib chiqadi. Ularning maysasi yaxshi o‘sishi va rivojlanishi uchun kuzgi, qishki davrdagi past harorat zarur. Kuzgi begona o‘tlarning urug‘i qaysi vaqtda unib chiqishidan qat’i nazar, faqat kelgusi yili poya, gul, meva va urug‘ beradi. Bularga yovvoyi supurgi, yaltirbosh, qoramiq kabi o‘tlar kiradi.
Ikki yillik begona o‘tlar. Ayrim o‘tlarning o‘sishi, rivojlanishi va urug‘ hosil qilishi uchun 2 yil zarur. Bu biologik guruhdagi begona o‘tlarning urug‘i bahorda, yozda unib chiqsa bir qish, kuzda unib chiqsa ikki qish qishlaydi.
Ikki yillik begona o‘tlarga qashqarbeda, sigirquyruq, sariq yovvoyi beda, lattatikan, oq karrak, sutcho‘p, yovvoyi sabzi kabi o‘simliklar kiradi.
Ko‘p yillik begona o‘tlar. Bu biologik guruhdagi begona o‘tlar turli xil oilaga mansub bo‘lib, 322 turni tashkil etadi. Ko‘p yillik begona o‘tlar generativ (urug‘idan) va vegetativ (ildizpoya, ildiz kurtaklaridan) usulda ko‘payadi.
Ko‘p yillik begona o‘tlar: o‘qildizlilar, popuk ildizlilar, ildiz- poyalilar, ildizbachkililar, tugunakildizlilar, piyozlilar va sudralib o‘suvchilarga bo‘linadi.
O‘q ildizli ko‘p yillik begona o‘tlarga otquloq, sachratqi, oqquray, kampirchopon, qoqio‘t, izen, erman va boshqalar kiradi.
Popuk ildizlilarga bir nechta ko‘p yillik o‘simliklar mansub bo‘lib, vegetativ usulda ko‘payish uchun ularning maxsus organ- lari yo‘q. Shuning uchun bu guruhga kiruvchi begona o‘tlar faqat urug‘dan ko‘payadi. Bularga zupturum, bargizub va boshqalar kiradi.
Ildizpoyali ko‘p yillik begona o‘tlarga g‘umay, ajriq, qamish, salomalaykum, dala qirqbo‘g‘imi, achchiq miya, oq miya kabi o‘tlar kiradi.
Ildizbachkililarga - qo‘ypechak, yantoq, kakra, qizilmiya, bo‘ztikan kabi o‘tlar kiradi.
Tuganakildizli begona o‘tlarning juda qisqargan asosiy o‘q ildizi bo‘ladi, bulardan tuganak shaklida qo‘shimcha ildizlar chiqadi. Bularga qirqbo‘g‘im, salomalaykum va hokazolar kiradi.
Piyozli ko‘p yillik begona o‘tlar: anzur piyoz, gulpiyoz, qumpiyoz, cho‘chqapiyoz, otashak piyoz, tog‘ piyoz, dasht piyoz.
Sudralib o‘suvchi o‘tlarga ayiqtovon, tugmabosh, quyono‘t, olmoso‘t va boshqalar kiradi.
Bu ko‘p yillik begona o‘tlardan ildizpoyalilar va ildizbach- kililar ekinlar orasida tarqalgan ashaddiy begona o‘tlar hisob­lanadi. Ularni yo‘qotish ancha qiyin, chunki ildizidagi har bir kurtakdan yangi o‘simta hosil qiladi.
G‘umay - boshoqdoshlar oilasiga kiradi. Hamma ekinlar orasida o‘sadi. May-iyun oylarida gullaydi, iyul-oktabrda hosil tugadi. Poyasining bo‘yi 1,5 m gacha yetadi, past tomonidan shoxlaydi.
Ajriq - u ham boshoqdoshlar oilasiga kiradi. Poyasi bo‘g‘imli, ko‘p bargli, shoxlangan, bo‘yi 30-50 sm gacha bo‘ladi.
Qo‘ypechak - pechakguldoshlar oilasiga kiradi. Barcha ekinlar orasida uchrashi mumkin. Poyasi ingichka, chirmashib o‘sadi, uzunligi 30-100 sm. O‘zbekistonda may-avgustda gullaydi. Bitta o‘simligi 600 tagacha urug‘ tugishi mumkin.
Dalalardagi yoki ekin maydonlaridagi begona o‘tlarga qarshi samarali kurashish uchun, avvalo ularni hisobga olish kerak.
Chunki u yoki bu tadbirni qo‘llashdan oldin ifloslantiruvchi begona o‘tlarning biologik xususiyatlarini bilish lozim. Ekin maydonlari begona o‘tlar bilan qay darajada ifloslanganligini bilish va xarita tuzish ularga qarshi kurash tadbirlarini to‘g‘ri tashkil etishga yordam beradi.
Bunda begona o‘tlar ikki xil usulda: yurib ko‘z bilan chamalab (taxminan) va aniq hisobga olinadi.
Yurib ko‘z bilan chamalash usuli. Bu usul oson va qulay, chunki bunda dalaning dioganali bo‘ylab ma’lum oraliqda yurilib, begona o‘tlar taxminan hisobga olinadi va ballarga ajratiladi.
Ballga ajratishda akademik A.I. Malsevning quyidagi to‘rt balli shkalasidan foydalaniladi.


  1. Yüklə 98,5 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin