Mehmonxona. Umumiy xona, odatda, eng keng xona bo‘lib, undan umumiy oilaviy dam olish, mehmon kutish uchun foydalaniladi. Bu xonaning vazifasi ko‘p bo‘lganligi uchun uni jihozlashga alohida e’tibor berilishi kerak. Deraza oldi, odatda dam olishga ajratiladi. Shu maqsadda bu yerga divan, pastakkina jurnal stoli, bir yoki ikki kreslo, televizor, radiomagnitofon qo‘yiladi.

Xonaning katta-kichikligiga qarab yana servant, bezak ashyolar, kitob javoni qo‘yish mumkin. Mehmon kutiladigan xonada albatta stol, stullar bo‘ladi. Xona keng bo‘lib turishi uchun stol devorga yaqin qo‘yilsa, zarur paytda o‘rtaga olinadi
. Mehmonxona tor bo‘lsa, stol yig‘ma bo‘lgani ma’qul. Xona o‘z nomi bilan mehmonxona bo‘lgani uchun ham aksariyat shu xona bekalarning didi, ichki madaniyatini namoyon etadi. Shuning uchun ham uni jihozlash va bezashga hamma bekalar ham alohida ahamiyat berishadi.

Yotoqxona. Xonalar hajmi va oila a’zolarining soni, tarkibiga qarab yotoqxona, ish kabineti, bolalar xonasi kabilarga ajratiladi. Yotoqxona uchun odatda kichikroq xona tanlanadi. Unga faqat uxlash uchun zarur bo‘lgan mebellar qo‘yiladi. Bolalar xonasi uchun kengroq xona ajratilgani, unda karavotdan chetroqda bolalar o‘ynaydigan joy ham bo‘lgani ma’qul.
Yosh bolalar 3—4 yoshgacha ota-onasining yotoqxonasida bo‘ladi. Bu yerda asosiy yotish joyidan tashqari, albatta, bolalar karavoti uchun ham joy ajratiladi. Xonalar kam bo‘lsa, yotoqxonalar ijodxona (kabinet) vazifa-sini ham o‘taydi.

Demak u yerga shunga mos jihozlar ham kiritiladi. Odatda ish stoli derazaga taqab qo‘yiladi. Stolga yaqinroq devorga kitob javoni o‘rnatilsa, kam joy egallaydi. Kiyim-kechak saqlanadigan shkaf, odatda, yotoqxonada bo‘ladi. Yotoqxonaga pardoz stolchasini qo‘yish mumkin.