Pardalar. Xonalarni hajmi, o‘rnidan qat’i nazar, ularni jihozlashda pardalar katta ahamiyatga ega. Odatda pardalar deraza va eshiklarga tutiladi. Ular turli mato, elastik sun’iy plyonka, to‘rlardan, shuningdek somon va ingichka novda, yupqa taxtachalar-dan tayyorlanishi mumkin. Pardalarning rangi, guli xonalar hajmi, devorlar rangi, xona ichidagi jihozlarga mos bo‘lishi kerak. Derazaga odatda ikki parda (to‘r va qalin mato) tutiladi. Keyingi paytlarda deraza tomon devori bo‘ylab yaxlit bir xil parda tutish ham urf bo‘ldi. Uylarning pastki qavatlarida yoki boshqa uylarga yaqin qurilgan joylarda to‘r va qalin mato parda-lardan tashqari (uy ichi tashqaridan ko‘rinmasligi uchun) deraza-ning quyi qismiga kalta pardalar (darparda) ham tutiladi

Uy jihozlash bo'yicha 12 tavsiya
Uyimizni yangi ta'mirdan chiqarish jarayonida biz ko'pgina xatoliklarga yo'l qo'yishimiz oqibatida uning shinamligiga putur etkazib qo'yishimiz mumkin.
Hozirda sizlarga uyimizni jihozlash bo'yicha bir nechta foydali maslahatlarni berib o'tmoqchimiz!
Uyingizdagi yorug'lik ajoyib bir muhit yaratibgina qolmay, u sizning kayfiyatingizga ham ta'sir qilish hususiyatiga ega, shuning uchun uyingizda markazga joylashtirilgan yagona qandil to'g’ri kelmaydi. Maslahatimiz, yoritgich joylashishi mumkin bo'lgan joylarga qarab uning sonini oshiring.
Kichik gilamchalar uyingizdagi muvozanatni buzib qo'yishini hisobga olgan holda, unga to'g'ri o'lcham tanlash juda muhim hisoblanadi. Katta gilamlar esa tasavvurni kengaytirib, xonani ko'rkam qilish uchun xizmat qiladi.
Televizorni joylashtirish uchun eng qulay joy bu - bo'sh devor hisoblanadi. Televizoringizni oynaga qarama-qarshi tomonga yoki unga yaqin o'rnatmang, bu ko'rish qobiliyatiga salbiy ta'sir ko'rsatibgina qolmay, tasvirni anglash ko'rsatkichini pasaytirib yuboradi. Televizor hamda divan orasidagi masofa esa televizor ekranining o'lchamiga bog'liq.
Divaningiz uchun mo'lallangan yostiqlar uyingizdagi muhitni a'lo darajada bo'lishiga xizmat qiladi. Yostiqlarni tanlashda uyingiz yoki divaningiz rangiga e'tibor qaratingiz zarur.
Bu usul katta xonalar uchun qo'llaniladi. Agarda xonangiz o'lchami katta bo'lsa, divanlarni devor yoniga emas, uni ko'zga ko'rinadigan joyga joylashtirganingiz ma'qul. Har holda uyingiz raqs tushuvchi sinfga emas, mehmonxonaga ko'proq o'xshaydi.
Agar qora rangli mebellaringiz bo'lsa uyingizdagi yorug'lik o'rnini qorong'ulik egalllashi turgan gap. Uncha katta bo'lmagan mehmonxonagiz uchun kichikroq va yorqinroq divan va stollar tanlang!
Shuni e'tiborga olishingiz hohlar edikki, mebelning chiroyli bo'lishi emas, u sizning xonangiz uchun qanchalik mos tushishi muhim. Asosiysi, mebelni siz uchun qulayligini hisobga oling.
Mebellarning ham o'z uslubi mavjud. Juda katta suyanchiqqa ega mebellar o'z ahamiyatini yo'qotib qo'ygan. E'tiboringizni an'anaviy divanlarga qaratgan holda, iloji boricha takrorlanmas ranglarni tanlang.
Eng ajoyib joy - poldan rasm markaziga 153 sm oraliqdagi joy hisoblanadi. Agarda sizda rasmlar juda ham ko'p bo'lsa, ularni uyning har bir burchagiga emas, alohida belgilangan joyga ilishingiz tavsiya etiladi.
Tez-tez yo'l qo'yiladigan xatolik - uydagi o'lchami to'g'ri kelmaydiga mebellardir. Buning oqibatida uydan zavq olish uchun hech qanday joy qolmaydi. O'z xonangizga iloji boricha ikki o'rindiqli divan hamda kreslolardan joylashtiring.
Agar sizning uyingiz kvadrat shaklda bo'lsa uni kitob javoni hamda shkaf yordamida to'ldirib, muvozanatni salqab qolishingiz mumkin.
Xonadagi pardalarning ham joylashuvi uning ko'rkiga juda katta ta'sir o'tkazadi. Kalta pardalar xona ko'rinishini qisib qo'yishi mumkin. U qancha uzun va balandroqda ilingan bo'lsa, uyingiz chiroyini shuncha ochib yuboradi.